Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki
afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
Kamchiliklari
1. Strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot
soha va tarmoqlarida samarali davlat
nazorati o‘rnatiladi;
2. Strategik muhim tarmoqlarning
rivojlanishi
uchun
shart-sharoit
yaratiladi;
3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshiradi;
4.
Yirik
aksiyadorlik
jamiyatlari
bankrotligining
oldi
olinadi
va
tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
5. Davlat byudjeti soliqlardan boshqa
daromadlariga ega bo‘ladi;
6. Monopoliya tartibga solib turiladi va
narxlar barqarorligi ta’minlanadi;
7. Professional boshqaruv amalga
oshiriladi va boshqalar.
1. Davlatning haddan tashqari ko‘p
aralashuvi
korporativ
tuzilmaning
mustaqilligini chegaralaydi;
2. Oltin aksiya asosida veto qo‘yish
huquqining berilishi qarorlar qabul
qilishning ortga surilishiga olib keladi;
3. Veto qo‘yish huquqi davlat vakili
tomonidan
qaror
qabul
qilish
aralashtirib
yuborish
holatlari
uchraydi.
4.
Aksiyadorlik
jamiyatlariga
investorlarning qiziqishlari nisbatan
past bo‘ladi;
5. Xususiy mulkdorlar sinfining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
6. Boshqa aksiyadorlarning huquqlari
chegaralanishiga olib keladi;
7.
Dividend
amaliyotlari
deyarli
kuzatilmaydi va boshqalar.
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ma’lum bir ulushga
egalik qilish. Bunda davlat o‘z egaligidagi aksiyalarning ustav
226
kapitalidagi ulushiga mos tarzda ovoz berish orqali korporativ
boshqaruvda ishtirok etadi. Agarda aksiyalar ulushi asosida
kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zolarini ko‘rsatish
vakolatiga ega bo‘lsa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida
kuzatuv kengashiga yoki taftish komissiyasiga o‘z nomzodlarini
taqdim etadi va kumulyativ ovoz berishda ishtirok etadi;
- oltin aksiya amaliyotini joriy etish. Mazkur amaliyotda davlat
ustav kapitalida hech qanday ulushga ega bo‘lmasdan yoki
aksiyalar nazorat paketiga egalik qilmagan holda korporativ
boshqaruvda o‘z vakili orqali qarorlar qabul qilishga ta’sir
ko‘rsatadi.
Davlatning korporativ boshqaruvdagi, umuman korporativ
tuzilmalar
faoliyatidagi
ishtiroki
qator
afzalliklarga
va
kamchiliklarga ega (11.1-jadval).
Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki strategik
ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat
nazorati o‘rnatish orqali ijtimoiy-iqtisoiy taraqqiyot uchun muhim
tarmoqlarning rivojlantirish imkonini beradi. Iqtisodiyotda tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali davlat aholi turmush
farovonligini oshirishga intiladi. Keltirilayotgan bu jihatlarga
erishish uchun esa mamlakatda yirik aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyat yuritishi muhim hisoblanadi. Chunki yirik aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyati aholi bandligi va daromadliligi ta’minlanishida,
davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi shakllanishida, keskin
xalqaro raqobat sharoitida mamlakat eksport salohiyatini
oshirishda va hokazolarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu
boisdan yirik aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida, korporativ
boshqaruvida davlatning ishtiroki moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
holatlarida ular bankrotligining oldini oladi va tugatilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bunga misol sifatida 2008-yilda boshlangan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Amerika qo‘shma shtatlarida
milliy avtokontsernlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ustav
kapitaliga davlat ulushini kiritish amaliyoti qo‘llanilganligini
keltirishimiz
mumkin.
Dunyodagi eng
rivojlangan
davlat
hisoblangan Amerika qo‘shma shtatlarida bunday amaliyotning
qo‘llanilishini mamlakatning eksport salohiyatini saqlab qolish,
tashqi ishlab chiqaruvchilarning amerika bozorini egallashlariga
227
yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatda ishsizlik darajasining oshib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik, davlat byudjeti daromadlari qisqarishining oldini
olish kabilarga qaratilgan chora-tadbir sifatida baholashimiz
mumkin. Shu o‘rinda yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan
to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar davlat byudjeti
daromadlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etishini ham qayd etish
lozim. Bunda davlat ishtiroki yirik aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan to‘lanadigan dividendlarning ham bir qismiga egalik
qilish orqali davlat byudjetining soliqlardan boshqa daromadlarini
oshirishga imkon beradi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda
tabiiy monopoliyalarni tartibga solish orqali davlat narx
barqarorligini ta’minlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-
quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ham qayd etish zarur.
O‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning
korporativ boshqaruvdagi faol ishtiroki ma’lum bir muammoli
holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, davlatning korporativ
tuzilmalar faoliyatiga haddan tashqari ko‘p aralashuvi tadbirkorlik
subyekti sifatida korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi.
Bunda oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi
qarorlar qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi va bu, o‘z
navbatida tezkor moliyaviy qarorlar qabul qilish shart bo‘lib turgan
bir vaqtda korporativ tuzilma faoliyat samaradorligi pasayishiga olib
keladi. Shuningdek kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishlari ma’lum bir qarorlariga veto qo‘yish huquqi
davlat vakili tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan
chalkashtirib yuborilish holatlari ham uchrab turadi. Bu masalalar
o‘z navbatida davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga
investorlar
qiziqishlarini
keskin
pasaytiradi.
Boshqa
aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishi natijasida norozilik
holatlari va korporativ nizolar yuzaga keladi. Qo‘shimcha ravishda
xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan erishilgan foydaning yangi
loyihalarga muntazam yo‘naltirilishi tufayli dividend amaliyotlari
deyarli kuzatilmaydi.
Har bir mamlakatda yuqorida keltirilgan kamchiliklardan kelib
chiqqan holda hamda xususiy sektorni keng rivojlantirish
maqsadida davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtirokini
228
kamaytirishga harakat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning
ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish
Do'stlaringiz bilan baham: |