O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

Qo‘shimcha topshiriqlar 

 

1.  Minoritar  aksiyadorlar  va  majoritar  aksiyadorlarning 

aksiyadorlik  jamiyatlarini  boshqarishdagi  va  faoliyatidagi  ishtiroki 

bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring. 

 

Minoritar aksiyadorlar 

Majoritar aksiyadorlar 

1. 


2. 

...


 

1. 


2. 

...


 

 

2.  Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasi  tashkil  etilishi  va  faoliyat 

mexanizmi bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring. 

 

Minoritar aksiyadorlar 



Majoritar aksiyadorlar 

1. 


2. 

...


 

1. 


2. 

...


 

 

 

 


 

216 


 

 

XI bob. DAVLAT ULUSHI MAVJUD AKSIYADORLIK 

JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV 

 

11.1. Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy 

munosabatlarning iqtisodiy mohiyati 

 

Bugungi jahon iqtisodiyotidagi integratsiyalashuv va moliyaviy 

globallashuv  sharoitida  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanishi  va 

aholi  turmush  farovonligining  yuksalishi  mamlakat  moliya 

tizimining  barqarorligiga  va  rivojlanishiga  bevosita  bog‘liqdir. 

Moliyaviy  munosabatlarning  markaziy  bo‘g‘ini  sifatida  davlat  va 

korporativ  tuzilmalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  moliyaviy  munosabatlar 

moliya  tizimida  muhim  o‘rin  egallashidan  kelib  chiqqan  holda 

bunday  moliyaviy  munosabatlarni  samarali  tashkil  etish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  davlat  va  korporativ 

tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o‘rganishda, avvallo 

umumiy moliyaviy munosabatlarni, korporativ moliya nazariyalarini 

puxta  va  har  tomonlama  o‘rganishimiz  maqsadga  muvofiqdir. 

Korporativ  moliya  nazariyalarini  o‘rganish  o‘z  navbatida  bizga 

korporativ moliyaviy munosabatlarni hamda ularni samarali tashkil 

etish  yo‘nalishlarini  ochib  berishga  keng  imkoniyat  yaratib  beradi. 

Shundan kelib chiqqan holda fikrimiz avvalida korporativ moliya va 

umumiy moliyaviy munosabatlar xususida to‘xtalib o‘tamiz. 

Fikrimiz  avvalida  moliyaviy  munosabatlarning  o‘zi  to‘g‘risida 

to‘xtalib  o‘tish  lozim,  deb  o‘ylaymiz.  Moliyaviy  munosabatlar 

iqtisodiy  munosabatlarning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  turli 

darajadagi 

iqtisodiy 

tizimlar 

subyektlari 

o‘rtasidagi 

pulli 

munosabatlarni 



o‘zida 

aks 


ettiradi. 

Bunday 


moliyaviy 

munosabatlarga 

davlatlararo 

moliyaviy 

munosabatlar, 

korxonalararo  moliyaviy  munosabatlar,  moliyaviy  muassasalararo 

moliyaviy  munosabatlar,  aholi  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlar, 

davlat  va  korxona  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlar,  davlat  va 

aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar va hokazolar kiradi. 

Korporativ  moliyaviy  munosabatlar,  ularning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari,  tashkil  etish  mexanizmi,  korporativ  moliyaviy 

munosabatlarni samarali tashkil etish,  xususida mamlakatimiz va 




 

217 


xorijiy  davlatlardagi  iqtisodchi  olimlar  va  ilmiy  tadqiqotchilar 

tomonidan  atroflicha  o‘rganilgan.  Shundan  kelib  chiqqan  holda 

ayrim iqtisodchi olimlarning korporativ moliya va umumiy moliyaviy 

munosabatlarga qaratilgan ilmiy qarashlarini keltirib o‘tamiz. Bu o‘z 

navbatida  ilmiy  tadqiqot  ishi  mavzusining  iqtisodiy  mohiyati 

ochilishiga 

xizmat 

qiladi. 


Frantsiyalik 

professorlar 

Pierri 

Vernimmen,  Paskal  Kuiri,  Maurizo  Dallochio,  Yaan  Le  Fur  va 

Antonio Salvilar ham muallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya: 

nazariya va amaliyot” nomli darslikda - “Korporativ moliya, bu – pul 

oqimlari  va  boylikni  ko‘paytirish  konsepsiyalariga  tayanadi, 

korporativ  moliyada  eng  asosiy  masala  pul  mablag‘larining  vaqt 

bo‘yicha qiymatlarini aniqlash hamda kompaniya kapitalini oshirish 

bo‘lib hisoblanadi

51

” – deb, keltirilgan.  



Amerikalik  iqtisodchi  olimlar  R.Breyli,  S.Mayers  va  F.Allenlar 

hammuallifligida  tayyorlangan  “Korporativ  moliya  printsiplari” 

nomli  darslikda,  “Korporativ  moliya  –  kompaniya  biznes  qiymatini 

oshirishga  yo‘naltiriladigan  pulli  munosabatlardir,  korporativ 

moliyaning  bosh  maqsadi  esa  kompaniya  biznes  qiymatini 

maksimallashtirish”

52

, - deya ta’riflar keltirilgan. 



Rossiyalik  iqtisodchi  olim  Yu.M.Chebotar  o‘z  ilmiy  tadqiqot 

ishlarida  -  “Korporativ  moliya  (korporatsiya  moliyasi)    xo‘jalik 

subyektlari  va(yoki)  ularning  birlashmalari  moliyaviy  resurslarini 

shakllantirish,  taqsimlash  va  foydalanish  jarayonida  yuzaga 

keladigan  pulli  munosabatlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  aks 

ettiradi


53

”- deya, o‘ziga xos ta’rif keltirib o‘tadi. 

Korporativ  moliya  korporativ  tuzilmalar  moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyatini  yuritish  jarayonida  yuzaga  keladigan  barcha  pulli 

moliyaviy  munosabatlar  tizimini  anglatadi.  Bunda  korporativ 

tuzilma  doirasida  pul  fondlarini  shakllantirish  va  taqsimlash, 

ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida 

xizmat qiladi.  

N.Tursunova  tomonidan  korporativ  moliyaga  alohida  e’tibor 

qaratilgan,  ya’ni  “Korporativ  moliya  esa  bevosita  korporativ 

                                                           

51

 Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvi. Corporate Finance: 



Theory and Practice. Copyright . 2005 John Wiley & Sons Ltd, The Atrium, Southern Gate, Chichester, 

West Sussex PO19 8SQ, England. 1032 p., 29th page. 

52

 R.A.Brealey, S.C.Myers, F.Allen “Principles of Corporate Finance”, 11th Global Edition. 1341 p. 65



-

p. 


53 Чеботарь Ю.М. Корпоративные финансы и корпоративный контроль: монография /— М.: 

Автономная некоммерческая организация «Академия менеджмента и бизнес-администрирования», 

2016 — 250 с., C. 8. 



 

218 


tuzilmalar  faoliyatida  yuzaga  keladigan  moliyaviy  munosabatlarni 

qamrab oladi”

54



Yuqorida  keltirilgan  iqtisodchi  olimlarning  fikrlarini  o‘rganib 



chiqqan  holda  korporativ  moliyaning  mohiyatini  quyidagicha 

ifodalash  lozim  deb  hisoblaymiz:  “Korporativ  moliya  –  xo‘jalik 

yurituvchi subyektlarning korporativ shakldagi tuzilmalarni tashkil 

etishdan  ko‘zlangan  asosiy  maqsadga  erishish  hamda  ta’sischilar 

kapitalini  oshirishni  ta’minlash  uchun  turli  pul  fondlarini 

shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  bilan  bog‘liq  pulli 

munosabatlar yig‘indisidir

55

”. 



Korporativ  tuzilmalar  va  davlat  o‘rtasidagi  moliyaviy 

munosabatlar tizimi haqida fikr yuritilganda, avvalo davlat moliyasi 

va  korporativ  moliya  va  ular  har  ikkalasining  umumiy  moliyadagi 

tarkibiy tuzilishi ko‘z oldimizga keladi. Korporativ moliya va davlat 

moliyasi  umumiy  moliya  tizimining  asosiy  tarkibiy  qismlari 

hisoblanadi.  Krassimir  Petrov  o‘zining  “Financial  management” 

nomli  video  ma’ruzasida

56

 moliyaning  tarkibiga  korporativ  moliya, 



moliyaviy  iqtisodiyot,  investitsiya,  uy  xo‘jaligi  moliyasi  va  davlat 

moliyasi kiritilishini ta’kidlab o‘tadi. Bizning fikrimizcha esa moliya 

o‘z ichiga davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va 

uy  xo‘jaligi  moliyasini  oladi.  Investitsiya  esa  ulardan  har  birining 

tarkibida mavjuddir.  

Davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va uy 

xo‘jaligi  moliyasining  har  biri  har  doim  bir-biri  bilan  chambarchas 

bog‘liq  holda  o‘zaro  moliyaviy  munosabatlarga  kirishadi.  Moliyaviy 

iqtisodiyot  umumiy  iqtisodiyotning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  o‘z  ichiga 

moliya  bozori,  moliya  institutlari,  moliyaviy  instrumentlarni  oladi. 

Mamlakatimizda  moliyaviy  iqtisodiyot  tushunchasi  o‘rnida  ko‘p 

holatlarda moliyaviy sektor tushunchasi qo‘llaniladi.  

Davlat  va  korporativ  tuzilmalar  o‘rtasidagi  moliyaviy 

munosabatlar  umumiy  moliya  tizimining  eng  muhim  va  ajralmas 

qismi  bo‘lib,  bunday  munosabatlar  o‘z  ichiga  soliq,  majburiy 

ajratmalar,  davlat  investitsiyalari,  davlat  qimmatli  qog‘ozlari, 

                                                           

54

 Турсунова Н. Корпоратив молияни бош



қ

аришда молиявий таъминотни самарали ташкил этиш 

йўллари.  Монография. – Т.: “И

қ

тисод-Молия”, 2017. – 152 б., 9-бет. 



55 Муаллифлик таърифи. 

56

 https://www.youtube.com/watch?v=mX9nd0eQ-6g    (Krassimir  Petrov  -  Financial  Management  - 



Lecture 01) 


 

219 


litsenziyalash, davlat xaridi, jarima va sanktsiyalarning qo‘llanilishi 

hamda boshqa munosabatlarni o‘z ichiga oladi (11.1-rasm). 

 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish