O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

3.2. Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari  

va kamchiliklari 

 

Aksiyadorlik  kompaniyalari  faoliyatining  rivojlanib  borishi 



mulkdorlar  (aksiyadorlar)ning  guruhlanishiga  olib  keldi.  Bunda 

biznesga boshqa mulkdorlar aralashuvining oldini olish maqsadida 

yopiq  tarzda  aksiyadorlar  guruhining  amal  qilishi  natijasida  yopiq 

aksiyadorlik  kompaniyalari  shakllandi.  Aksiyalar  oldi-sotdisi  orqali 

daromad olish imkoniyatining yuzaga kelishi esa ochiq aksiyadorlik 

kompaniyalari  faoliyatiga  asos  bo‘lib  xizmat  qildi  va  bunda 

kompaniyaning  o‘zi  ham  qo‘shimcha  aksiyalar  joylashtirish  orqali 

qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish imkoniyati tug‘ildi. 

Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari sifatida 

quyidagilarni keltirish mumkin: 

Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar chiqarish orqali 

qisqa muddatda katta miqdorda pul mablag‘lari jalb qilish va bu o‘z 

navbatida keng ko‘lamli biznes faoliyatini yuritish imkonini beradi. 

Bunda  ustav  kapitali  va  aksiyadorlar  soni  bo‘yicha  yuqori 

chegaralar mavjud emasligi ham cheklanmagan sonda aksiyadorlar 

birlashuviga imkon berishini alohida qayd etib o‘tish lozim. 

Ikkinchidan,  aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  katta 

miqdorda kapital jalb qilinishi o‘z navbatida fan-texnika taraqqiyoti 

yutuqlarini keng miqyosda joriy etish imkonini beradi. 

Uchinchidan,  aksiyadorlik  jamiyatlari  bir  birlik  mahsulotga 

xarajatlarni  pasaytirish,  xomashyo  va  materiallarning  yirik 

zaxirasiga  egalik  qilish,  qulay  shartlarda  (foizlarda)  qisqa  va  uzoq 

muddatli  kreditlar  jalb  qilish,  keng  ko‘lamli  diversifikatsiyalangan 

innovatsion  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  bo‘yicha  keng 

imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 

To‘rtinchidan,  bozor  ishtirokchilari  uchun  aksiyadorlik 

jamiyatlari  faoliyatining  ochiqligi  aksiyalar  chiqarish  bilan  birga 

turli  qarz  munosabatini  anglatuvchi  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish 

orqali ham kapital jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi. 

Beshinchidan,  aksiyadorlik  jamiyatlarining  mulki  to‘liqligicha 

aksiyadorlar mulkidan ajratilgan. Aksiyador o‘zi uchun ma’qul risk 



 

62 


darajasini  o‘zi  belgilaydi  va  bankrotlik  holatida  aksiyaga  kiritgan 

kapitalini yo‘qotadi. 

Oltinchidan,  istalgan  aksiyadorning  jamiyatdan  chiqishi, 

aksiyadorlik  jamiyati  faoliyatining  to‘xtatilishiga  olib  kelmaydi, 

shuning  uchun  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishning  boshqa 

shakllariga  nisbatan  taqqoslaganda  faolit  davomiyligi  uzoq  hamda 

chegaralanmagan bo‘ladi. 

Yettinchidan,  birlashgan  kapitalni  boshqarish  professional 

asosda amalga oshiriladi. 

Bizga  ma’lumki,  rivojlangan  bozorlarga  ega  davlatlar 

kompaniyalar aksiyadorlik kapitaliga mablag‘lar jalb qilish imkonini 

beruvchi  yuqori  darajadagi  ichki  investitsion  imkoniyatlar  va 

infratuzilmaga  ega  hisoblanadi.  Shunday  bo‘lsada,  G‘arbiy 

Yevropada  aksariyat  xususiy  mulkdorlar  (xususiy  kompaniyalar) 

aksiyalarni  ochiq  joylashtirishga  intilmaydilar.  Bunga  sabab 

aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyati  bilan  bog‘liq  kamchiliklardir. 

Umumiy  holda  aksiyadorlik  jamiyatlarining  kamchiliklari  sifatida 

quyidagi jihatlarni keltirish mumkin: 

Birinchidan,  kapitalning  haddan  tashqari  markazlashuvi 

aksiyadorlik jamiyatlarining tarmoq bozorlaridagi iqtisodiy ustunligi 

kuchayishini  keltirib  chiqaradi  va  ularning  monopollashuvi  salbiy 

oqibatlarga olib keladi. Kompaniyalar tez-tez mayda raqobatchilarni 

bozordan  chiqarish  maqsadida  bosim  o‘tkazishga  intiladi, 

shuningdek  o‘zining  bozordagi  ustunligini  suiiste’mol  qiladi.  Bu 

jihat kichik biznesning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Ikkinchidan,  aksiyadorlik  jamiyatining  ochiqligi  va  shaffofligi, 

barcha  moliyaviy  hisobotlarni  e’lon  qilishga  majburligi  uning 

raqobatbardoshligini  saqlab  qolish  uchun  sezilarli  darajada  yuqori 

kuch talab qiladi. 

Uchinchidan,  kapitalga  egalik  qilishning  boshqaruvdan 

ajratilishi  mulkdorlar  tomonidan  yollanma  menejment  ustidan 

samarali  nazoratni  ta’minlash  zarurati  bilan  bog‘liq  risklarning 

yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Professional  boshqaruv  tez-tez 

mulkdorlar  boyligi  va  aksiya  kursiga  ta’sir  etuvchi  nizolarga  olib 

keladi. Bosh menejerlarning o‘z boyligini oshirish maqsadida yuqori 

riskli  operatsiyalarni  amalga  oshirishi,  ba’zida  o‘z  mansabini 

suiiste’mol  qilishi  (masalan,  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  bog‘liq 

firibgarliklar) va boshqa holatlar inqirozli holatlarga olib keladi. 

To‘rtinchidan,  mayda  va  o‘rta  darajadagi  aksiyadorlar  odatda 

ta’sirli  nazoratni  amalga  oshirish  uchun  zarur  va  yetarli  darajada 

axborotga  ega  bo‘la  olmaydi.  Mayda  investorlarning  manfaatlari 

qanoatlantirilmasdan qolish holatlari ko‘p uchrab turadi. 




 

63 


Beshinchidan,  aksiyadorlik  jamiyatlarida  qaror  qabul  qilish 

jarayoni murakkab hisoblanadi. Strategik masalalar bo‘yicha ijroiya 

organ  direktorlar  kengashi  va  aksiyadorlarning  roziligini  olishi 

lozim, buning uchun esa umumiy yig‘ilish chaqirish talab etiladi. 

Oltinchidan, kompaniya aksiyalarining erkin muomalasi uning 

boshqa kompaniyalar tomonidan qo‘shib olinishi yoki uning ustidan 

nazoratning almashinuviga imkoniyat yaratadi. 

Yettinchidan,  ochiq  bozorga  chiqish  katta  miqdordagi 

xarajatlarni  talab  qiladi.  Aksiyalarni  birlamchi  ochiq  joylashtirish 

(IPO)  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish  vaqtida  kompaniya  operatsiyani 

o‘tkazish  rejalashtirilayotgan  birjaning  barcha  listing  talablarini 

o‘rganishi shart. 

Sakkizinchidan,  aksiyadorlik  jamiyatlarida  foydani  ikki  marta 

soliqqa tortish kuzatiladi. Ya’ni hisobot davrida erishilgan foydadan 

yuridik  shaxslar  foyda  solig‘i  (rivojlangan  davlatlarda  korporativ 

soliq)  undiriladi.  Shuningdek  soliqlar  to‘langandan  keyingi  foyda 

aksiyadorlar  o‘rtasida  dividend  tarzida  taqsimlanganda  ikkinchi 

marta soliqqa tortiladi. Mazkur jihat jahon amaliyotida aksiyadorlik 

jamiyatlari faoliyatidagi o‘ziga xos kamchilik sifatida tilga olinadi. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish