O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

18.3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi 

 

Aksiyadorlik jamiyatining tugatilishi huquq va majburiyatlarni 

huquqiy  vorislik  tartibida  boshqa  shaxslarga  o‘tkazmagan  holda 

jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi. 

Aksiyadorlik  jamiyati  ixtiyoriy  ravishda  tugatilgan  taqdirda, 

tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va 

tugatuvchini  yoki  tugatish  komissiyasini  (bundan  buyon  matnda 

tugatuvchi  deb  yuritiladi)  tayinlash  to‘g‘risidagi  masalani 

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.  

Ixtiyoriy  ravishda  tugatilayotgan  jamiyat  aksiyadorlarining 

umumiy  yig‘ilishi  jamiyatni  tugatish  va  tugatuvchini  tayinlash 

haqida qaror qabul qiladi.  

Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini 

tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Tugatuvchi  tayinlangan  paytdan  e’tiboran  jamiyat  ishlarini 

boshqarish  bo‘yicha  barcha  vakolatlar  unga  o‘tadi.  Tugatuvchi 

tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.  

Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda, 

tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini 

tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi. 

Tugatuvchi  jamiyatning  tugatilishi  haqida,  shuningdek  uning 

kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari 

to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot 

vositalarida  e’lon  beradi.  Kreditorlar  tomonidan  talablar  taqdim 

etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon 

qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi lozim. 

Agar  tugatish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan  paytga  kelib 

jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-

mulki  ushbu  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning 

huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunning  100-moddasiga 

muvofiq aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. 

Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish 

chora-tadbirlarini  ko‘radi,  shuningdek  kreditorlarni  jamiyatning 

tugatilishi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. 

Kreditorlarning  talablar  qo‘yishi  uchun  belgilangan  muddat 

tugaganidan  keyin  tugatuvchi  oraliq  tugatish  balansini  tuzadi, 

mazkur  balansda  tugatilayotgan  jamiyat  mol-mulkining  tarkibi, 

kreditorlar  tomonidan  taqdim  etilgan  talablar,  shuningdek  ularni 

ko‘rib  chiqish  natijalari  haqidagi  ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  Oraliq 

tugatish  balansi  tugatilayotgan  jamiyat  aksiyadorlarining  umumiy 

yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. 



 

380 


Agar  tugatilayotgan  jamiyatdagi  mavjud  pul  mablag‘lari 

kreditorlarning  talablarini  qanoatlantirish  uchun  etarli  bo‘lmasa, 

tugatuvchi  jamiyatning  mol-mulkini  sud  qarorlarini  ijro  etish 

uchun  belgilangan  tartibda  kimoshdi  savdosida  sotishni  amalga 

oshiradi. 

Tugatilayotgan  jamiyat  kreditorlariga  pul  summalarini  to‘lash 

tugatuvchi  tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  navbat 

tartibida  oraliq  tugatish  balansiga  muvofiq,  ushbu  balans 

tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi. 

Kreditorlar  bilan  hisob-kitoblar  tugaganidan  keyin  tugatuvchi 

tugatish  balansini  tuzadi,  tugatish  balansi  tugatilayotgan  jamiyat 

aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.  

Tugatuvchi 

nazarda 


tutilgan 

tegishli 

tartib-taomillar 

tugallanganidan 

keyin 

jamiyat 


qimmatli 

qog‘ozlari 

chiqarilishlarining  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganligini  bekor  qilish 

yuzasidan zarur tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 

va muddatlarda amalga oshiradi. 

Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan 

keyin  qolgan  mol-mulki  tugatuvchi  tomonidan  aksiyadorlar 

o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi:  

birinchi  navbatda  qaytarib  sotib  olinishi  lozim  bo‘lgan 

aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi; 

ikkinchi  navbatda  imtiyozli  aksiyalar  bo‘yicha  hisoblangan, 

biroq  to‘lanmagan  dividendlarni  va  jamiyat  ustavida  imtiyozli 

aksiyalar  bo‘yicha  belgilangan  tugatish  qiymatini  to‘lash  amalga 

oshiriladi; 

uchinchi  navbatda  tugatilayotgan  jamiyatning  mol-mulkini 

oddiy  aksiyalar  egalari  bo‘lgan  aksiyadorlar  o‘rtasida  taqsimlash 

amalga oshiriladi. 

Mol-mulkni har bir navbat bo‘yicha taqsimlash avvalgi navbat 

bo‘yicha  mol-mulk  to‘liq  taqsimlab  bo‘linganidan  keyin  amalga 

oshiriladi. 

Agar  jamiyatdagi  mavjud  mol-mulk  hisoblangan,  biroq 

to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish 

qiymatini 

imtiyozli 

aksiyalarning 

egalari 


bo‘lgan 

barcha 


aksiyadorlarga  to‘lash  uchun  etarli  bo‘lmasa,  mol-mulk  imtiyozli 

aksiyalarning  egalari  bo‘lgan  aksiyadorlar  o‘rtasida  ularga  tegishli 

aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 

Mol-mulkni  tugatish  qiymatining  chet  ellik  investor  bo‘lgan 

aksiyadorga  o‘tkaziladigan  qismini  jamiyat  xorijiy  valyutaga 

ayirboshlab berishi shart. 

Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  yuridik  shaxslarning  yagona 

davlat  reyestriga  tegishli  yozuvni  kiritgan  paytdan  e’tiboran 




 

381 


jamiyatni  tugatish  tamomlangan,  jamiyat  esa  faoliyatini  tugatgan 

deb hisoblanadi. 

Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  jamiyat  tugatilganligi  haqidagi 

tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari 

davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganligi  bekor  qilinganidan  keyingina 

kiritadi. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish