O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


Moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining turli bosqichlarida



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining turli bosqichlarida 

bankning roli

99  

 

Rivojlanish bosqichlari 

Bankning funksiyalari 

1. Bank ishtirokisiz savdo-

sanoat korporativ tuzilmasi. 

Banklar 


korporatsiyaga 

moliyaviy 

xizmatlarning 

asosiy 


turlarinigina 

ko‘rsatishadi.  

2. Mustaqil bank ishtirokidagi 

korporativ tuzilma. 

Asosiy  funksiyalarni  bajarishdan  tashqari 

korporatsiyaning  moliyaviy  xizmatlarga  doir 

turli xil ehtiyojlarini ta’minlaydigan bitta bank 

bilan  yaqin  xamkorlik  qiladi.  Moliyaviy 

funksiyalarning 

bir 


qismi 

sho‘ba 


kompaniyalaridan foydalanish orqali markaziy 

kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. 

3. Ichki bankka ega bo‘lgan 

korporativ tuzilma. 

Bank  korporatsiyaning  moliyaviy  xizmatlarga 

doir 


turli 

xil 


ehtiyojlarini 

ta’minlaydi. 

Korporativ 

tuzilma 


moliyasining 

joriy 


boshqaruvini amalga oshiradi. 

4. Boshqaruv bankiga ega 

bo‘lgan korporativ tuzilma. 

Bank 


korporativ 

tuzilmaning 

markaziy 

kompaniyasiga 

aylanadi 

va 


moliyaviy 

xizmatlarni  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

barcha  masalalarni  o‘z  zimmasiga  oladi. 

Moliyaviy 

munosabatlarni 

boshqarish 

maqsadida  bank  korporativ  tuzilma  tarkibini 

shakllantiradi, 

alohida 

korxona 


va 

tashkilotlarni 

o‘ziga 

jalb 


qiladi. 

Korporatsiyaning  boshqaruv  markazi  sanoat 

ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohasi  bilan 

birgalikda  moliyani  boshqarish  sohasini  ham 

o‘ziga qamrab oladi.  

                                                           

99

 Атаниязов  Ж.  Жа



ҳ

онда  молия-саноат  гуру

ҳ

лари  шаклланиши  ва  ривожланишининг  назарий-



методологик  асослари.  //  “И

қ

тисодиёт  ва  инновацион  технологиялар”  илмий  электрон  журнали.  – 



Тошкент, 2016. - №1. 

http://www.iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/10_J_Ataniyazov.pdf

 



 

326 


5. Rivojlangan moliya guruhiga 

ega bo‘lgan korporativ tuzilma. 

Korporatsiyada  bir  nechta  banklardan  iborat 

bo‘lgan 


bank 

guruhi 


shakllantiriladi. 

Korporatsiya  tarkibiga  banklardan  tashqari 

barcha 

asosiy 


moliyaviy 

funksiyalarni 

mustaqil  ta’minlashda  korporativ  tuzilmaga 

imkon 


yaratadigan 

boshqa 


moliyaviy 

tashkilotlar 

ham 

kiritiladi. 



Moliyaviy 

kompaniyalar  korporatsiya  ichida  alohida 

moliya guruhini shakllantiradi. 

 

Bugungi kunga kelib korporativ birlashmalar faoliyatida tijorat 



banklaridan  tashqari,  sug‘urta  kompaniyalari,  pensiya  fondlari, 

investitsiya  fondlari,  pay  fondlari  faoliyati  ham  ahamiyat  kasb 

etayotganligini shu o‘rinda qayd etib o‘tish zarur. 

Konsern  tomonlar  manfaatlar  umumiyligi,  moliyalashtirish, 

ishlab  chiqarish  hamkorligi  o‘rnatilgan,  yagona  mulkchlilik  va 

nazorat  organiga  ega  bo‘lgan  korporativ  tuzilmalar  birlashmasi 

hisoblanadi.  Nazorat  korporativ  tuzilma  ustav  kapitalida  ishtirok 

etish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunga  avtokontsernlar  yaqqol  misol 

bo‘ladi  va  bunda  oxirgi  tayyor  mahsulotning  yig‘uvchi  korporativ 

tuzilma  tomonidan  bozorga  olib  chiqilishi  kuzatiladi.  Avtokontsern 

tarkibidagi  korporativ  tuzilmalar  esa  o‘z  mahsulotlarini  faqatgina 

yig‘uvchi korxonaga yetkazib beradi.  Ixtisoslashuv va kooperatsiya 

darajasi  yuqoriligidan  kelib  chiqqan  holda  vertikal  va  gorizontal 

konsernlar  o‘zaro  farqlanadi.  Konsern  tashkil  qilish  odatda 

ma’muriy tartibda ham tashkil etilishi mumkin. 

Korporativ  birlashmalar  tashkil  etishda  konglomeratlar 

amaliyoti  ham  ko‘p  kuzatiladi.  Bunda  yuqorida  keltirilganidek 

texnologik  jihatdan  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  ko‘p  sonli 

tashkilotlarning  birlashishi  nazarda  tutiladi.  Lekin  konglomeratlar 

tashkil  etilishida  ham  faoliyatni  diversifikatsiyalashdan  tashqari 

boshqa ma’lum bir maqsadlar ham belgilab olingan bo‘ladi.  

Kontsortsium – yuridik va xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha 

mustaqil  korporativ  tuzilmalarning  vaqtinchalik  birlashmasi  bo‘lib, 

sanoat, moliya-kredit, transport,  savdo (markenting), loyihalash va 

boshqa  tashkilotlarning  yirik  loyihalarni  amalga  oshirish 

maqsadidagi  birlashuvini  nazarda  tutadi.  Bunda  kontsortsium 

shartnoma  asosida  tashkil  etiladi  va  ishonchli  boshqaruvchi 

tomonidan  boshqariladi.  Yirik  sanoat  loyihalarini  ishlab  chiqish, 

amalga 

oshirish 

va 

foydalanishga 



topshirish 

bo‘yicha 




 

327 


kontsortsiumlar  tashkil  etish  amaliyoti  dunyo  bo‘ylab  ko‘p 

kuzatiladi.  Masalan,  Uz-Kor  Gas  Chemical  qo‘shma  korxonasi 

kortsortsum tuzish asosida tashkil etilgan edi. 

Sindikatning  faoliyat  mexanizmi  yirik  loyihalarni  birgalikda 

amalga  oshirishga  asoslanadi.  Bunda  boshqaruv  va  foydaning 

taqsimlanishi  tegishli  ulush  asosida  amalga  oshiriladi.  Bunda 

sindikatli  moliyalashtirish  amaliyoti  eng  ko‘p  kuzatiladigan 

holatlardan biridir. 

Kartel  ishlab  chiqarish  (xizmat  ko‘rsatish)  hajmi,  tovarlar 

(xizmatlar)  narxi,  savdo  shartlari,  bozorlarni  cheklash  masalalari 

bo‘yicha  kelishib  olish  maqsadida  faoliyat  yo‘nalishi  bo‘yicha  bir-

biriga  yaqin  bo‘lgan  mustaqil  xo‘jalik  subyektlarining  birlashmasi 

hisoblanadi.  Keltirilgan  ta’rifdan  ham  ko‘rinib  turibdiki,  xo‘jalik 

subyektlarining  marketing  faoliyatini  o‘zaro  muvofiqlashtirish 

maqsadida  kartellar  tuziladi.  Maqsad    bozor  qonuniyatlari  to‘la-

to‘kis  ishlamaydigan  holatlarda  bitta  bozor  subyektlarining  xatti-

harakatlarini  o‘zaro  muvofiqlashtirish  hisoblanadi  va  natijada 

tovarlar  va  xizmatlar  narxlarida  o‘zgarishlar  kuzatiladi.  Kartel 

tarkibiga  kiruvchi  tashkilotlar  o‘zlarining  yuridik  va  moliyaviy 

jihatdan  mustaqilligini  aslo  yo‘qotmaydi.  Ular  o‘zaro  bitim  tuzish 

asosida  faoliyat  yuritadi.  Bunga  yaqqol  misol  sifatida  neft  eksport 

qiluvchi  davlatlar  tashkiloti  hisoblangan  OPEKni  keltirishimiz 

mumkin. Neftning jahon bozoridagi narxini oshirish maqsadida bu 

tashkilotning  neft  qazib  chiqarishni  qisqartirish  to‘g‘risida  qaror 

qabul  qilish  holatlari  uchrab  turadi.  Mamlakatimizda  uyali  aloqa 

kompaniyalari  tomonidan  uyali  aloqa  xizmatlari  narxlarining  mos 

ravishda  o‘zgarishi  kuzatilishi  ham  ma’lum  ma’noda  kartellar 

faoliyatiga misol hisoblanadi. Lekin bu amaliyot  monopoliyaga olib 

kelishi  sabab,  antimonopol  qonunchilik  asosida  ta’qib  qilinishini 

ham qayd etib o‘tish zarur. 




Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish