276
aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish
muddatlari hamda shartlari belgilanadi.
Aksiyadorlik
jamiyati
ustav
kapitalini
ko‘paytirish
joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida
ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon
qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi
joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi
kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori
to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning
dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent
mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal
qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika byudjetiga yig‘im
to‘laydi. Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy
qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent
mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal
qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika
byudjetiga yig‘im to‘laydi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini ko‘paytirish jalb qilingan
investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar
hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshirilishi mumkin. Ustav kapitalini o‘z kapitali hisobidan
ko‘paytirishda qo‘shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida
taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar
tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar
soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav
kapitali ko‘paytirilishi natijasida ko‘paytirish summasining bitta
aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan
bo‘lsa, ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyalarning nominal
qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini
qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini
keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish
yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin. Lekin bu amaliyotga aksiyadorlik
jamiyati ustavida nazarda tutilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek ustav kapitalini kamaytirish ustav kapitalini
kamaytirish bo‘yicha minimal chegaradan pasayib ketmasligi lozim.
Ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli
o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilish jarayonida
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish
sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay
277
o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi.
Kreditorlar jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida
o‘zlariga bildirish yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan
kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin
bajarishini va ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning
o‘rnini qoplashini talab qilishlari mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda aksiyalarning nominal qiymati
5000 so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 2014-yilgacha
aksiyalarning nominal qiymati 100 so‘mdan past bo‘lmasligi
shartligi amalda edi, yuqori talab esa mavjud emas edi.
Quyidagi jadvalda aksiyadorlik jamiyatlari misolida aksiyalar
soni, nominal qiymati va ustav kapitali haqida ma’lumotni
keltiramiz (13.3-jadval).
13.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: