Yaxlit iqtisodiyot
bo‘yicha
: moliya bozori barqarorligi
Jamiyat farovonligining
ta’minlanishi
20
xususiylashtirish bilan bog‘liq turli yondashuvlar o‘rganildi va
O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri keladigan xususiylashtirish yo‘llari
ishlab chiqildi. Mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari
shakllantirildi
10
. Dastlab 1991-yil 19-noyabrda O‘zbekiston Respub-
likasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Natijada xususiy mulkchilikka
imkoniyat berilgan holda ayrim sohalar bo‘yicha davlat mulkini
xususiylashtirish amaliyoti boshlandi va bu amaliyot korporativ
munosabatlarga ham yo‘l ochib berdi hamda aksiyadorlik
jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etila
boshlandi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
1994-yil
21-
yanvardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulk himoya-
sini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqulashtirish
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 1994-yil
8-aprelda Toshkent respublika fond birjasi tashkil etildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solib borish
maqsadida
1996-yil
26-aprelda
O‘zbekiston
Respublikasi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun asosida
aksiyalar muomalasi, aksiyalar paketlarini yirik investorlarga sotish
orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyoti keng
yo‘lga qo‘yildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni
keng jalb qilish maqsadida 1998-yilda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (2014-yilda yangi
tahrirda qabul qilingan), “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi,
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya
qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Natijada chet el
kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni va ularning
faoliyat ko‘lami kengayib bordi.
2014-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga ko‘ra ochiq
va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bir xil aksiyadorlik
jamiyati deb yuritila boshlandi. 2014-yil 2-iyulda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra yangi
tahrirdagi
qonun
asosida
korporativ
boshqaruv
tizimi
takomillashtirildi.
10
Суюнов Д. Корпоратив бош
қ
арув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия,
2007. – Б. 100.
21
Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mah-
kamasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
Islom Karimov “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va
yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi
iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ
menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi”
11
,
deya qat’i ta’kidlab o‘tdi va aksiyadorlik jamiyati faoliyatini
rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishi sifatida belgilandi.
Bunda korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati
samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana
shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarurligi alohida
belgilandi.
Belgilangan vazifadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi “Aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ
boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish
to‘g‘risida”gi 2327-sonli Qarori qabul qilindi. 2015-yil davomida
komissiya tomonidan barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati
to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki
ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga
o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish, bu borada xorijiy menejerlarni
faol jalb qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida
etakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil yetish tizimini
chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining
namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
11
Каримов И.А. 2015 йилда и
қ
тисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш,
модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш
ҳ
исобидан хусусий мулк ва
хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор вазифамиздир. – Т.: “Ўзбекистон”, 2015.
– 72 б.
22
2015-yilning 1-iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik
jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan
qat’i nazar, «davlat» so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi
belgilandi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv
xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga
haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan, xorijiy
mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan
daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad
solig‘i, shuningdek, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga
to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2015-yil
21-
dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb
qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2454-
sonli Qarori asosida esa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida
xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lmasligidan iborat
tartib joriy etildi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ boshqaruv
kodeksi ichki hujjat bo‘lsada, aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini
tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ
boshqaruv
kodekslari
amalda
1990-yillardan
qo‘llanila
boshlangan
12
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-
apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
4720-sonli Farmoni talablari asosida respublikamizda ham
Korporativ boshqaruv kodeksi namunaviy tarzda ishlab chiqildi va
amaliyotga joriy etildi. Unga ko‘ra korporativ boshqaruv kodeksi
quyidagi qismlardan iborat:
I. Umumiy qoidalar.
II. Faoliyat ochiqligini ta’minlash.
III. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish.
IV. Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirilishini ta’minlash.
12
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press,
2012. – P. 14.
23
V. Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish
strategiyasi va vazifalarni belgilash.
VI. Ijroiya organining aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro
samarali hamkorligining mexanizmlarini joriy etish.
VII. Manfaatlar qarama-qarshiligi.
VIII. Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish.
IX. Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro
standartlari asosida e’lon qilish.
X. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringi.
XI. Yakuniy qoidalar.
Ayni
paytda
respublikamizdagi
barcha
aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ boshqaruv kodeksi ishlab chiqilgan va
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan holda
amaliyotga joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |