6-chizma.Ma’lumotlarning mavhumlik darajasi.
Bilimlarni berishda mavhumlikning har bir darajasi aniq ahamiyatga ega.
Amaliyot o‘qituvchisi tegishli vaziyatda mavhumlikning qaysi darajasi eng
yahshiligini bilishi kerak. Asosan real vaziyatda o‘rganishni afzal deb bilishi kerak.
Boshqa hulosa dalolat beradiki, o‘quvchilarning turli o‘zlashtirish darajalarini
hisobga olib, amaliyot o‘qituvchisi mavhumlikning har xil bosqichiga mos
vositalardan foydalanishi kerak. Bu texnik vositalar oqilona aralashtirib ishlatilishi
kerak.
O‘rganish
–bu og‘ir va charchatadigan mehnatdir. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, agar aniq bilimlar aniq usullar bilan berilsa, unda katta yoshdagi
o‘quvchining diqqat bilan o‘rganish vaqti eng ko‘pi bilan 20 daqiqani tashkil etadi.
Taxminan 60 daqiqadan so‘ng diqqat-etiborlilik eng past darajasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |