KASBIY TA’LIM
METODIKASI
128
boshlang‘ich mehnat usullarini, ishlab chiqarish opperatsilarini bajarishni, ularni
mustaxkamlashni hamda mustaqil ish bajarish yo‘llarini ishlab chiqarishni ta’limi
ustasi-ustoz rahbarligida amalga oshiradi.
2. Ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirish ancha
murakkab bosqich bo‘lib, bu davrda o‘quvchilar o‘quv ustaxonalarida olgan bilim
bilan malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishadi. YAngi jixozlar bilan tanishadi.
Ilg‘or ish tajribalar bilan tanishadi va o‘quvchilarga mo‘ljallangan ish normallari
asosida mustaqil ish bajarishadi. Natijada, ular mehnat jamoasi an’annalariga
hurmat, o‘z qo‘ligi ishonch, jamiyat oldidagi burch hamda o‘z kasbiga bo‘lgan
muhabbat fikrlash kabi xislatlar shakllanib boradi. Bu bosqichda o‘quvchilar
faoliyatiga ishlab chiqarish korxonasining ilg‘or ishchilari, ishchilarga rahbarlik
kilishadi. Ustoz esa ular bilan xamkorlikda o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi
dasturi materiallarining bajarilishini kuzatib boradi hamda birgalikda rahbarlik
qilali.
3. Uning yakunlovchi bosqich-bu bitiruv oldi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘lib,
bu boskichda o‘quvchilar o‘z kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini
mustaxkamlashadi, yuqori ish umumdorligi eslatgan jihozlar, qurilmalar, uskunalar,
moslamalar bilan tanishadi va ularda ishlash yo‘llariga ega bo‘lishadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida bo‘lajak mutaxassislarining mutaxassis
sifatida ishlab chiqarishda ma’lum darajadagi aniq ishlarni bajarishlari, uskunalarga
xizmat ko‘rsatish, talab darajasida (me’yorida) ish bajarishadi va amalga oshiriladi.
Bu davrda ishlab chiqarish ustasining asosiy vazifasi o‘quvchilarni ish joyi bilan
ta’minlash, zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari, materiallar, asboblar,
texnikaviy jihozlar, ko‘rsatmali materiallar va boshqalar bilan tanishtiradi,
ta’minlash va ularning hamma ishlab chiqarish talablariga rioya qilish, bosqichlarini
kuzatish bo‘ladi.
Ishlab chiqarish amaliyotti har bir soha uchun har xil davrda, hajmda amalga
oshiriladi. Masalan xozirgi davrda sanoat sohasi uchun ishlab chiqarish, amaliyoti
uchun 648 soat ajratilgan. Bu ishlab chiqarish ta’limining ____ foizini tashkil qiladi.
YA’ni 18 hafta yoki 108 kun demakdir.
Ishlab chiqarish amaliyotini amalga
oshirish uchun ishlab, chiqarish
ustasi-ustoz amaliyot boshlanishdan eng kamida bir oy oldin unga tayyorgarlik
ishlarini amalga oshiradi. Buning uchun u quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1. Ishlab chiqarish amaliyoti ob’ekti (korxona, zavod, fabrika, jamoa xo‘jaligi,
brigada va boshqalar) bilan tanishadi. Bu ob’ektlar bajariladigan ishlab chiqarish ish
jarayonining amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan maqsadlarga mos kelishgan ya’ni,
dastur mazmunini amalga oshirishi imkoniyatlari aniqlandi. Ish joylari tanlanadi va
amaliyotni bajarish mumkinligini uning samaradorligi belgilanadi.