KASBIY TA’LIM
METODIKASI
120
xususiyatiga, o‘quv ustaxonasining mahsulotiga, o‘quv yurtida o‘rganilayotgan
kasblarga, o‘quv yurtida yordamchi xizmat xonalarining mavjudligiga va boshqa bir
qator omillarga bog‘liq. Bunday uskunalarning asosiy vazifasi – ishlab chiqarish
ta’limi dasturining to‘la va sifatli bajarilishini ta’minlashdir.
O‘quv ustaxonada o‘qitishni rejalashtirish
Ustoz amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchisining ish o‘rnining
oqilona
jihozlanishi va tashkil etilishi o‘quv ustaxonasida o‘quvchilarga muvoffaqiyatli
ishlab chiqarish ta’limi berishda katta ahamiyatga ega. O‘quv ustuxonasining
nimaga ixtisolanganligidan qat’iy nazar, ustozning ish o‘rni quyidagi umumiy
talablarga javob berishi kerak: Namunali o‘quv-texnika jihozlari, estetik bezagi va
doimo saranjom bo‘lishining o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’siri katta bo‘lib, ular
uchun o‘rnakdir. O‘quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat harakatlari va
usullarini yaqqol ko‘rsatish uchun zaruriy sharoit yaratilishi-maxsus qurilmalar
bilan ta’minlanishi, ular qulay joylashtirilishi, yorug‘lik, fon yaxshi bo‘lishi kerak;
barcha o‘quvchilar aniq ko‘rishi uchun qulay bo‘lishi;
Uskunalar, jihozlar, o‘quv-texnika hujjatlari, ta’limiy-didaktik va texnik
vositalar joylashtirilishi, saqlanishi va foydalanishining qulayligi-hamma narsa qo‘l
etadigan joyda bo‘lishi, qidirish va foydalanish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflash
talab
qilinmasligi;
O‘quvchilarga kirish, joriy va yakuniy yo‘riqlar berish paytida ular tanlaydigan
maxsus maydonchalarning mavjudligi;
Ta’lim mazmunining takomillashtirilishiga, ilmiy tavsiyalarga hamda
pedagogik tajribaning yutuqlariga muvofiq o‘quv-texnika va didaktik
materiallarining sistematik to‘ldirib va yangilanib turishi.
Ustoz ish o‘rnining tashkil etilishi va jihozlanishi tegishli kasb xususiyatlariga,
o‘quv yurtining imkoniyatlariga, ustozning tajribasiga, bilim yurtidagi o‘quv-
material ta’minotining umumiy uslubiga bog‘liq. SHartli ravishda ustoz ish o‘rnini
asosiy
qo‘shimcha (takomillashtirish maqsadida vujudga keltiriladigan) jihozlashga
ajratish mumkin. Asosiy jihozlarga quyidagilar: ustoz ish o‘rnining uskunalari
o‘rnatiladigan podium (supacha)
ish
stoli va stuli, sinf doskasi,
videoproektor;
o‘rganiladigan barcha operatsiyalar va tipik ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha
didaktik vositalar va o‘quv-texnika hujjatlari;
o‘quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat harakatlari va usullarini
namoyish qilish uchun moslama (namoyish qilinadigan dastgoh panel, dastgoh,
elektr yig‘uv shchiti, o‘quv xonasi, payvandlash posti va hokazo);
asboblar, moslamalar, materiallar, hujjatlar, ta’limning didaktik va texnika
vositalarini saqlash uchun moslama (shkaflar, qutilar, kassetalar, peshtahtalar va
KASBIY TA’LIM METODIKASI
121
hokazo); ta’limning didaktik va texnik vositalaridan foydalanish va saqlash uchun
moslama (namoyish
taxtalari, plakatlar osiladigan joy, ekran va hokazo);
Ta’limning texnik vositalari (TTV), signalizatsiya va o‘quvchilar bilan tezkor
aloqa bog‘lashni masofadan boshqarish pulti; o‘quvchilarning ish o‘rniga energiya
– elektr toki, siqiq havo, issiq gaz va hokazolarni etkazib berish va to‘xtatib qo‘yish
uchun maxsus shchit.
Ustozning ish o‘rnini didaktik vositalar bilan ta’minlash alohida ahamiyatga
ega. Bu masalaga kompleks yondoshish kerak, ya’ni ustaxonada o‘rganiladigan
o‘quv dasturining har bir mavzusi uni o‘quvchilar to‘la va sifatli o‘rganilishini
ta’minlaydigan «eng maqbul miqdordagi» vositalar bilan jihozlanishi lozim.
Ish o‘rnida albatta barcha zarur ma’lumotnoma jadvallari, standartlar jadvali,
ma’lumotnoma adabiyoti, tegishli kasb bo‘yicha barcha darsliklar va
qo‘llanmalaribo‘lishi shart. Bularning hammasi ustoz ishini tartibga soladi, ish
vaqtini ancha tejaydi, uning obro‘si oshishiga yordam beradi. O‘quvchilarning ish
jarayonida ularda asosiy ma’lumotnoma materiallari bo‘lishi haqida ham
g‘amxo‘rlik qilish kerak. Ustaxona devorlariga osilgan ma’lumotnoma jadvallari
o‘rnatilgan taxtalar, yoki asosiy ma’lumotnoma jadvallarining to‘plamlari shular
jumlasiga kiradi.
Ustaxona tashqi bezagi taxminiy eng ixcham ro‘yxatini quyidagicha tuzilishi
mumkin:
«Mahorat tavsifi» stend–plakati.
«O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi qoidalari» stend-plakat.
«YOng‘indan saqlanish qoidalari» stend-plakati.
«O‘quv ustaxonasida o‘quvchilarning xulq-atvori qoidalari» stend-plakat.
«Mehnatni va ish o‘rnini tashkil etish yuzasidan o‘quvchilarga esdalik»
stend-plakat.
Tipik o‘quv-ishlab chiqarish ishlari namunalari taxtasi.
Tez-tez ishlatib turiladigan ma’lumotnoma jadvallari.
Guruh devoriy gazetasi.
Do'stlaringiz bilan baham: