KASBIY TA’LIM METODIKASI
119
O‘quvchilar ish o‘rnini jihozlashning asosi-yakka tartibda foydalaniladigan
uskuna, ya’ni o‘quvchilarga o‘z kasblari uchun xos bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish
ishlarini bajaradigan uskunadir. Ular kasbga mos bo‘lishi, zamonaviy bo‘lishi,
universal va boshqarish oson, ixcham foydalanishda qulay, ishda xavfsiz bo‘lishi
shart.
O‘quvchilarning ish o‘rinlari yakka tartibda foydalanadigan asbob-uskunalar
bilan ham jihozlanadi. Asboblar turkumini belgilashda uning universalligi,
foydalanish muddati, qiymati hisobga olinadi. Odatda, o‘quvchilarning ish o‘rinlari
eng ko‘p ishlatiladigan asboblar bilan jihozlanadi. O‘quvchilarga ishda kerak
bo‘ladigan asboblar ustozdan yoki asboblar omboridan olinadi.
Eng ommaviy o‘quv ustaxonasi-umumiy slesarlik ustaxonasi bo‘lganligi uchun
slesar ish o‘rnini yakka tartibda foydalaniladigan doimiy asboblar bilan
jihozlashning taxminiy ro‘yxatini keltirib o‘tamiz: iskanjani o‘quvchi bo‘yiga
moslash uchun kalit
dasta - 1; metalldan yasalgan o‘lchov lineykasi-1; chizg‘ich-1; belgi
qo‘yadigan sirkul-1; kerner-1; tekshirishda foydalaniladigan shakldor lineyka-1;
slesarlar tekshirishda foydalanadigan yassi uchburchak lineyka-1; shtangensirkul-
SHS 1-1; slesarlik iskanasi-1; slesarlik kreysmeyseli-1; vazni 400-500 gramm
bo‘lgan slesarlik po‘lat bolg‘asi-1; № va №2-4-5 tishli xilma-xil egovlar; shchetka-
supurgi-1.
Bunda eng muhimi-hamma narsa o‘zining aniq o‘rniga ega bo‘lishi, doimo
qo‘l etadigan joyda turishi, ta’limning turli tegishli vositalarining yaxshi
saqlanishidir.
O‘quv ustaxonasida o‘quvchilar ish o‘rnini rejalashtirish va joylashtirish
ularning uskunalar bilan jihozlanishiga, o‘quv ustaxonasining tipik mahsulotiga,
derazalar qanday o‘rnatilganligiga, binoning hajmi va shakliga bog‘liq. Ish o‘rinlari
uskunalarini joylashtirish normativlari turli kasblar uchun turlicha bo‘lib, ular
vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish sexlari va
uchastkalari normativlariga muvofiqlashtirilgan. SHu bilan birga mo‘ljal uchun
dastgoh va boshqa yirik uskunalarni o‘quv ustuxonasida joylashtirishning o‘rtacha
normativlaridan foydalanish mumkin: devor va ustundan dastgoh, qurilma,
agregatning yon yoki orqa tomoni o‘rtasidagi masofa kamida 0.5 m; uskunalarning
qatorlari orasidagi yo‘lning kengligi kamida 1,5 m; bir qatordagi dastgohlar,
qurilmalar, agregatlarning yon tomonlari o‘rtasidagi masofa kamida 0,5 m;
markaziy yo‘lak kengligi-kamida 2m;
Uskunalarning derazaga nisbatan joylashuvi - deraza ishlayotgan
o‘quvchining chap yoki old tomonida bo‘ladi.
O‘quvchilarning ish o‘rinlariga o‘rnatiladigan uskunalardan, ya’ni yakka
tartibda foydalanadigan uskunalardan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: