Dars quyidagi umumiy talablarga javob berish kerak
;
1. Har bir dars ma’lum maqsadni amalga oshirishda qaratilgan va puxtpa
rejalashtirilgan bo‘lmog`i lozim.
2. Har bir dars mustahkam g`oyaviy-siyosiy va ilmiy qadriyatlar yo`nalishiga
ega bo‘lmog`i lozim.
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog`langan bo‘lmog`i lozim.
Fan nomi
Ochiq dars
mavzusi
Ochiq dars
muallifining
F.I.SH.,
toifasi ilmiy
daraja va
unvoni
Taklif
etilayotgan
tashqi
ekspertlar,
lavozimi, ish
joyi
Ochiq dars
o‘tadigan
akademik guruh,
kun, joy va vaqti
2
3
4
5
6
Kafedraning nomi
KASBIY TA’LIM METODIKASI
92
4. Har bir dars xilma-xil shakl, metod va vositalardan unumli foydalangan
holda olib borilmog`i lozim.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanish
kerak.
6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligi ta’minlamog`i
lozim.
7. Darsda o‘quv materialining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnika
vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatlarini yoritmog`i lozim.
8. Dars mashg`ulotlarini butun guruh bilan olib borish bilan birga bunda har
qaysi o‘quvchilardan individual psixologik xususiyatlari, ularning mustaqilligini
oshirish hisobga olinishi kerak.
9. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy
pedagogik me’rosiga murojaat qilish va undan foydalanish imkoniyatini izlamoq
kerak.
O‘qituvchilarning har bir darsini aniq maqsad qo‘yilgan holda kuzatilsa, uni
ilmiy, metodik, didaktik va umumiy pedagogik tahlil qilinsagina bu borada yaxshi
natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Dars tahlillarining quyidagi turlari mavjud:
ilmiy tahlil
metodik tahlil
didaktik tahlil
umumpedagogik tahlil
psihologik tahlil
Ilmiy tahlil.
Berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihati, o‘quvchi
bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiq yo`nalishi jihatdan to‘g`riligini
aniqlash demakdir. Bunda asosan quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga
muvofiqdir:
1. O‘qituvchining shu kungi darsga ilmiy-metodik jihatdan tayyorlanganlik
holati;
2. O‘z mutaxassisligiga oid fan bo‘yicha eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar
bilan qurollanganligi;
3. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g`ri bayon etilishi hamda
ilmiy atamalarning o‘quvchilar ongiga singdi-rilib borilishi;
4. Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi;
5. O‘quvchi va o‘qituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil
ishlarning ilmiy-nazariy jihatdan maqsadga muvofiqligi;
6. O‘quvchilar mavzuni ilmiy jihatdan to‘g`ri,qisqa va mukammal bayon
etishini o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
7. Dars davomida, yangi mavzuni bayon etishida o‘qituvchining o‘quvchilarni
nazorat qilishi, ta’limni tarbiya bilan bog`lab olib borilishi.
8. O‘qituvchi va o‘quvchilarning nutq madaniyati.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
93
Do'stlaringiz bilan baham: |