KASBIY TA’LIM METODIKASI
147
1-MAVZU: KASBIY TA’LIMNING TASHKILIY SHAKLLARI
Reja:
1. Ta’limning sinf-dars tizimi
2. Kasb ta’limining boshqa tashkiliy turlari
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lum bir belgilangan
tartibda amalga oshiriladigan faoliyatining tashkil ko‘rshshshp ta’limshshg tashkiliy
shaklini bslgilaydi. Ta’limning tashkiliy shakllari o‘qituvchi va o‘quvchining
hamjihatlikdagi faoliyatini aniqlab beradi, ommaviy talim va alohida (individual)
holdagi ta’limning nisbatlarini belgilaydi.
O‘rta Sharq ta’limi alohidalik, ayrimlik, yakka holda o‘rgatish xususiyatlariga
ega edi, o‘rta asr davrida esa mashg‘ulotlar o‘quvchilarning uncha katta bo‘lmagan
guruhlarida o‘tkazildi. XVI asrda dunyo maktablarining tajribalarini o‘rganish
asosida YA.A.Komenskiy xarakterli jihati dars shaklidagi ta’limni tashkil etishdan
iborat ta’limning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan tushuntirib berdi. Ta’limning
tashkiliy shaklida - dars davomida o‘quv mashg‘ulotlari o‘qituvchining
rahbarligida, bir xil yoshdagi va ma’lum muddat mobaynidagi tayyorgarlik darajasi
hamda o‘rnatilgan jadvalga ko‘ra doimiy bo‘lgan o‘quvchilarning guruhi bilan
mashg‘ulotlar olib boriladi. Dars davomida o‘qituvchi tomonidan katta miqdordagi
o‘quvchilarni bir vaqtda o‘qitish mumkinligi imkoniyatlari tug‘iladi. Ta’limning
sinf-dars shakli XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada yoyildi va
bellankater tizimi deb nomlandi. Bu nom uni taklif etgan mualliflar A.Bella va
D.Lakkaster ism-shariflaridan hosil qilingandir. Kichik harakatlar asosida yosh
avlodga oddiy ta’limnpng keng joriy etishdek jamiyatning ehtiyojini aks ettiradigan
bu tizim o‘qituvchining bir vaqt mobaynida 600 va undan ko‘proq o‘quvchilar bilan
ishlashini nazarda tutar edi. Tajribali o‘qituvchilarning faoliyati katta yoshdagi
o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga tayyorlashga yo‘naltiriladi, ular o‘z navbatida o‘quv
mashg‘ulotlarini o‘zlarining kichik yoshdagi o‘rtoqlari guruhi bilan o‘tkazardilar,
ularning ishlarini kuzatib borar va nazorat etardilar. Sinf-dars tizimi amalda ko‘p
jihatdan ustun ekanligini namoyon etdi va ko‘pgina mamlakatlarda qo‘llana
boshlandi. O‘quvchilarning anglash faoliyatlarini yanada faollashtirish uchun
qilingan harakatlardan biri ta’limning yangi tashkiliy turi bo‘ldi. Bu asrning
boshlarida AQSH xalq ta’limining jamoat arbobi bo‘lgan E.Tarkxerst tomonidan
taklif etilgan edi. Bu dalton - reja deb nomlanib, ta’limni individuallashtirish va har
bir o‘quvchiga o‘rgatishda mustaqil ravishda hamda o‘z tezligida ilgari siljish
imkoniyatini beradigan ta’lim turi edi. XX yillarda dalton-rejaning ba’zi bir jihatlari
Do'stlaringiz bilan baham: