O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “tasdiqlandi”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga



Download 1,78 Mb.
bet25/178
Sana16.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#376875
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   178
Bog'liq
Мутахассислик МАЪРУЗА МАТНИ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga

SHARH

Keyingi vaqtlarda aholini va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

SHu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlar mazkur sohada mahalliy farmatsevtika tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim tizimli kamchiliklar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, bugungi kunga qadar farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning yagona strategiyasi ishlab chiqilmagan hamda mahalliy farmatsevtika korxonalarining faoliyatini, shu jumladan tegishli mahsulotlarni aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining ularga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha lozim darajada muvofiqlashtirish ta’minlanmagan.

Tarmoqdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan mazkur mahsulotlar narxini belgilash mexanizmlarini takomillashtirishga, farmatsevtika sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi. Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. SHu bilan birga, “O‘zfarmsanoat” konserni tugatildi. Agentlikka farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqish va amalga oshirish, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. SHu bilan birga, Agentlik dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashni, farmatsevtika korxonalarini tegishli ishlab chiqarish amaliyoti xalqaro qoidalarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi. Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi, O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “SHarq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti Agentlikning tasarrufiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” davlat korxonasi “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlanib, Agentlikning tasarrufiga o‘tkazildi. Bunda “O‘zmedimpeks” O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining yagona etkazib beruvchisi etib belgilandi, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va etkazib berish bo‘yicha agenti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ–2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatildi. Endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari uchun qat’iy narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Farmonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish, narxini belgilash tartibini takomillashtirish, qonunchilikka “in bulk” mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini belgilash tartibiga alohida e’tibor qaratildi. SHuningdek, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini ularning xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlari, shuningdek, davlat sog‘liqni saqlash muassasalari hamda davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan boshqa bino va inshootlar negizida ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi tasdiqlanadi. Umuman olganda, mazkur Farmon farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, shu jumladan mahalliy dori vositalarining xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini izchil yo‘lga qo‘yish, asl farmatsevtika ishlanmalarini ko‘paytirish, shuningdek, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon va sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojining to‘liq qanoatlantirilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI FARMATSEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA” 2017 yil 18 dekabrda 993-son qarori qabul qilindi.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish