O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “tasdiqlandi”



Download 1,78 Mb.
bet162/178
Sana16.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#376875
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   178
Bog'liq
Мутахассислик МАЪРУЗА МАТНИ

Davolashda keratolitlar ishlatiladi: salitsil kislota, vitamin A kislotasi, yog‘larning chiqishini kamaytirish uchun simetidin, benzol peroksid, vitamin A kislotasi (linolen, linol) yoki antimikrob vositalar (benzil peroksid, eritromitsin va boshqa antibiotiklar) ishlatiladi.

Husnbuzarni siqish, qo‘l bilan ishqalash va tegish ma’n etiladi, chunki husnbuzar ko‘payib ketishiga olib keladi.



Ajin — bir tomondan organizmning so‘lib borayotganligidan darak beruvchi belgi desak ham bo‘ladi. CHunki qarish jarayonida terida bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: qon, limfa aylanishi buziladi. Natijada eng avval yuz, keyinchalik qo‘l panjalarining terisida shunday o‘zgarishlar yuzaga keladi. Lekin ikkinchi tomondan mimik ajinlar ham mavjud, ular odamning har bir mimikani doimo takrorlashi oqibatida paydo bo‘ladi. Masalan, doim peshanani tirishtirish, qoshlarni yuqoriga ko‘tarish yoki qovoq solish, ko‘z, lablarni qisish, ko‘p kulish ham ilgari ajin tushishiga sabab bo‘ladi.

Tashqi va ichki muhitning noqulay omillari: quyosh nurlari, sovuq shamol, quruq havo ta’siri va organizmning uzoq kechadigan surunkali kasalliklari ham ajin tushishiga sabab bo‘ladi.

 YUz terisini parvarish qilish qoidalariga rioya qilinmasa, spirtli eritmalar, terini oqartiradigan surtmalar ko‘p ishlatilsa, surtilgan kosmetpk vositalardan terini vaqtida tozalab turilmasa ham ajinlar paydo bo‘ladi.

Ajin tushishining oldini olish uchun umuman salomatlikni yaxshilash, to‘g‘ri ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish rejimiga amal qilish, sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, badanni oftobda me’yori bilan toblash, yuzni qattiq shamoldan ehtiyot qilish zarur.

Umrbod ajin tushishidan saqlaydigan kosmetika vositalari yo‘q, albatta, lekin yuz, bo‘yin, qo‘l terisini muntazam to‘g‘ri parvarish qilib borish ajinlarni kamroq seziladigan qiladi.

Teri nuqsonlari — qurish, ajin kamroq tushishi uchun har xil krem va maskalar ishlatiladi. Kosmetika vositalariga kiradigan moddalarga qarab, shifobaxsh maskalar (ularning tarkibiga dori preparatlari kiradi) hamda terini oziqlantirish, tozalash va oqartirish uchun mo‘ljallangan kosmetika maskalariga bo‘linadi. SHifobaxsh maskalar (husnbuzar, pigment dog‘lar, terini qattiqlashgan, qontalash joylarini davolaydi) kosmetolog maslahatiga muvofiq tayyorlanishi kerak.

Teri dog‘lari — pigmentli va pigmentsiz dog‘larga bo‘linadi. Pigmentli dog‘lar tug‘ma bo‘lishi mumkin, shuningdek, organizmdagi turli o‘zgarishlar tufayli yoki tashqi omillar ta’sirida (badan kuyganida yoki sovuq urganidan keyin) yuzaga keladi. Buyrak osti bezlari kasalligi (bronza kasalligida) organizmda nikotin kislotasi, shuningdek, V guruh vitaminlari etishmay qolganida (pellagra) terida har xil pigmentli dog‘lar paydo bo‘ladi.   

Pigmentatsiya buzilishi turlaridan xloazma — sarg‘ish jigarrang tusdagi noto‘g‘ri shaklli dog‘lardir. Ular odatda peshana, lunj, bo‘yin terisida simmetrik joylashadi. Xloazmaning kelib chiqishi ichki sekretsiya bezlari (asosan tuxumdonlar) funksiyasining buzilishiga jigar, me’da-ichak yo‘li kasalliklariga, kamqonlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, gijjalar va boshqalar aloqador bo‘lishi mumkin.

Xloazma ko‘pincha homiladorlik davrida vujudga kelib, tug‘ruqdan so‘ng yoki bola emizuvidan chiqqandan keyin ham yo‘qolib ketmaydi.

Ovqatda A vitamini tanqisligi sababli tirsak va tizza sohalarida yuzasi quruq bo‘lib, po‘st tashlab turadigan sarg‘ish jigarrang dog‘lar yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi kishilarda fenol bilan ishlaganda, ba’zi uglevodorodlarning bug‘laridan nafas olinganida yoki tarkibida margimush (mishyak) bo‘lgan preparatlar qabul qilinganida terida yoyilib ketgan to‘q kulrang to‘rsimon dog‘ paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zi kishilar badani ultrabinafsha nurlariga ortiqcha sezgir bo‘ladi va bahor oftobi ta’sirida paydo bo‘ladigan pigmentli dog‘lar vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolishi mumkin. Dog‘larni biroz rangsizlantirish uchun uy sharoitida qatiq, 2-3 kunlik kefir yoki 3%li vodorod peroksid eritmasini surtib turish foydali. Xloazmalarda esa yoz paytlari teriga bodring suvi, qora smorodina shirasi, osh sirkasiga damlangan xren surtish tavsiya etiladi. Maxsus kremlar yordamida teridagi dog‘lar kontrastini birmuncha kamaytirsa bo‘ladi. Oqartiradigan kremni tayyorlash uchun bir osh qoshiqdan olingan limon sharbati bilan osh sirkani aralashtirib, unga 2 choy qoshiq qaynatilgan suv qo‘shish kerak. Bu aralashma bilan yuz terisini har kuni artib turiladi. Agar yuz terisi quruq bo‘lsa, aralashmaga 1 choy qoshiq o‘simlik moyi qo‘shiladi. YUz terisini oqartirish maqsadida bir bo‘lak limon, bodring, kefir yoki qatiq bilan artish, keyin yuzni  loson bilan artib turish kerak. YUz terisini parvarish qilish, oziqlantirish va himoya qilish maqsadida yog‘larni, yog‘simon moddalar, mum, emulgatorlar va suv aralashmasidan iborat. YOg‘ va yog‘simon moddalar terining yuza qatlamiga surilib, uni yumshatadi, elastiklashtiradi, terini turli ta’sirlardan hamda ajin tushishidan saqlaydi.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish