O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “tasdiqlandi”



Download 1,78 Mb.
bet159/178
Sana16.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#376875
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   178
Bog'liq
Мутахассислик МАЪРУЗА МАТНИ

Terining rNi. Mug‘uz qavatining rNi suvda eruvchan moddalar bo‘lishiga bog‘liq. Ular: tuzlar, aminokislotalar, karbamid, sut kislotasi va uning natriyli tuzi, pirrolidonkarbon kislota, uglevodlar va polipeptidlar. Ular bufer hosil qiladi va rNni 5 atrofida saqlaydi. Terini kislota va ishqor ta’siridan asraydi.

Terining namligi

Agar odam tanasida 60% suv bo‘lsa, undan tashqari qon va limfada, organizmning to‘qimalarida, sitoplazmada ham suv bor. Demak, organizm kolloid suvli eritmalardan iborat va barcha jarayonlar organizmda kimyoviy reaksiyalar asosida kechadi.

Normal holatdagi teridagi suv miqdori o‘zgarmaydi va uning miqdori tanadagi suv miqdoriga teng. Suv balansi osmotik bosim yordamida boshqariladi. Elektrolitlar (asosan, Na, K ionlari) ham ahamiyatga ega, ularning doimiy miqdori osmotik bosimning bir xilligiga bog‘liq.

Barcha suyuqliklar va osmotik bosim orasida muvozanat saqlansa, suv miqdori o‘zgarmaydi. Bu hodisani turgor yoki tonus deb ataladi, u esa terining tarangligi va elastikligini ta’minlaydi. SHuning uchun teridagi suv miqdoriga kosmetik vositalar bilan ta’sir etish foydasiz. 1 sm2 teri har kuni 6 mg suv yo‘qotadi, bu esa normal odam sutkasiga 100-200 ml suv yo‘qotadi. Terlash hodisasi bunga kirmaydi.

Agar teri epilermisida mug‘uz va tiniq qavatlar bo‘lmaganida, suvning yo‘qolishi 2 litrgacha bo‘lar edi. Suv tashqaridan teriga vanna qabul qilinganda o‘tmaydi. Agar 5,0 gacha o‘tsa ham 10 minutdan so‘ng (vannadan chiqqandan keyin) uchib ketadi.

Terini namlash.YUqorida keltirilganidek, terining mug‘uz qavatida 50% gacha keratin modda bor. Keratin suvda umuman erimaydi, lekin vaqtincha suvni o‘ziga qabul qiladi, keratin namlanib bo‘kadi, yumshaydi. Ana shunda teri mayin va yoqimli bo‘ladi. Keratin suvni uzoq vaqt ushlamaydi va tez qurib qoladi. Keratinni yog‘lar yumshatmaydi, ular suvning uchib ketmasligini ta’minlashi mumkin. Bu narsani biz o‘z tirnoqlarimiz orqali bilamiz, qancha yog‘, moy surmaylik, tirnoqlar yumshamaydi, chunki tirnoq asosan keratindan iborat, lekin qo‘limizni bir muncha vaqt suvga solib tursak, tirnoqlar ancha yumshaydi.

Ma’lumki, mug‘uz qavatda 20% dan ortiq suvda eruvchan moddalar (aminokislotalar, qandlar) bor. yog‘da eruvchan lipidlar ham mavjud. Mug‘uz qavatda past molekulali suvni bog‘lab turuvchi moddalar — pirolidon karbon kislotasi (PKK), karbamid, sut kislotasi va har xil qand moddalar bo‘lib, ular terining kosmetik parvarishida keng qo‘llaniladi. Ushbu moddalarning terini namligini saqlab turishi, tashqi havo namligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Ayniqsa, O‘rta Osiyo ob-havosini hisobga olish kerak. Aynan suvni bog‘lovchi, ya’ni mug‘uz qavatdan suvning kamroq uchib ketishi 20%gacha ter moddalariga bog‘liq. Ular natriy birikmalari, xloridlar va laktatlardir.

Agar teri tez-tez yuvib turilsa, yoki erituvchilar va yuvuvchi moddalar bilan har xil sabablar natijasida birikib tursa, unda teridan shu namlikni saqlab turuvchi moddalar yuvilib ketadi. Masalan, organik erituvchilar yog‘da eruvchilarni yuvadi, keyinchalik esa suvda eruvchilarni ham. Bu hodisa esa mug‘uz qavatning suv saqlash xossasini kamaytiradi. Agar mug‘uz qavatda suv 10% gacha kamaysa, teri quruq holatda bo‘ladi, g‘adir-budur, quruq bo‘lib, hatto yoriladi. Suvning yo‘qolishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:

1. Ob-havo harorati;

2. xona havosining quruqligi;

3. oftob nurlari (UB nurlari).

Quruq teri nasldan naslga ham o‘tadi.

Odam qarigan sari terisi quruqlashadi, bu jarayon aynicha 80 yoshdagi odamlarda yaqqol ko‘rinadi.

Teri qurishi natijasida teri strukturasi buziladi. Epidermis va derma chegarasidagi bog‘lovchi to‘qimalar tekis bo‘ladi va kapillyar chiziqlari kam bo‘ladi. Agar xuddi shu yoshdagi odamning terisi normal bo‘lsa, kapillyar chiziqlar ko‘p bo‘ladi va teri strukturasi buzilmaydi.

SHunday qilib, teri qurishi sabablari oxirigacha aniq emas, namlash uchun ishlatiladigan moddalar vaqtincha teri quruqligini oladi, lekin yana o‘z joyiga qaytadi. Demak, quruq terilar parvarishda uzoq vaqt ta’sir etuvchi vositalar yo‘q deyilsa ham bo‘ladi.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish