Oxirgi yillarda dermatologiya amaliyotida antibakterial, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi prepa-ratlarni zamonaviy dori shaklida, ya’ni polimer dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatilmoqda.
Polimer dorivor pardalar tasnifi
1. Polimer dorivor pardalar ta’siri bo‘yicha:
- umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi;
- mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi pardalarga bo‘linadi.
2. Hozirgi vaqtda polimer dorivor pardalar qo‘llanilishi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
-oftalmologik;
-og‘iz bo‘shlig‘iga o‘rnatiladigan;
-dermatologik (teri ustiga);
-rinologik;
Mahalliy ta’sirga ega bo‘lgan polimer dorivor pardalar
Bu turdagi polimer pardalardan eng keng qo‘llaniladiganlari bu ko‘z pardalari. Ular turli ko‘z kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda qator dorivor moddalarning ko‘z pardalari ishlab chiqilgan: apilak, florenal, sulfapiridazin-natriy, dikain, taufon. Ularning katta kichikligi 9 x 4 x 0,3 mm, og‘irligi 10-30 mg atrofida bo‘ladi.
Burun shilliq qavatlaridagi turli patologik jarayonlarni davolashda rinologik polimer pardalar ham keng qo‘llaniladi. Masalan, rinitlarni davolashga mo‘ljallangan, efedrin gidroxlorid, naftizin, dimedrol saqlovchi polimer pardalar yaratilgan.
Dermatologik polimer pardalar
Dermatologik polimer paradalar mahalliy ta’sirga ega bo‘lib, turli teri kasalliklarni: yaralar, yallig‘lanishlar, kuygan terini davolashga mo‘l-jallangan.
Misol sifatida tarkibida chakanda moyini saqlovchi kollagen asosida tayyorlangan "Oblekol" pardasini keltirish mumkin. “Oblekol” polimer pardasining katta kichikligi 5 x 5 sm yoki 10 x 10 sm ega bo‘lib, yara ustiga yopishritirilganda o‘zidan yara sathiga sekin-asta bir xil miqdorda ta’sir etuvchi moddani ajratib turadi. Undan tashqari, yarani mikroblardan ham himoya qiladi.
Kollagen bu tabiiy polimer bo‘lgaligi uchun, 2-3 kundan so‘ng o‘zi teri fermentlari bilab parchalanadi.
Umumiy ta’sirga ega bo‘lgan polimer pardalar
Hozirgi vaqtda anabizin gidroxlorid va sitizinli polimer pardalar ishlab chiqarilgan, papiros chekishni tashlash jarayonini engillashtirish maqsadida. Ular, shakli bo‘yicha tuxumsimon, katta-kichikligi 9 x 4,5 x 0,5 mm li plastinka bo‘lib, og‘iz shilliq qavatiga yopishtirib qo‘yiladi.
Stenokardiyani davolashga mo‘ljallangan trinitrolong va dinitrosor-bilong polimer pardalari ishlab chiqilgan. Ular og‘iz bo‘shlig‘iga yopish-tiriladi va tarkibida nitroglitserin va izosorbid dinitratni saqlab, 5-6 soat davomida o‘z ta’sirini qo‘rsatadi. Pardalarning katta kichikli -9 x 4,5 x 0,5 mm.
Testosteron gormonini saqlovchi polimer pardalar olingan ularning razmerlari 76 x 26 x 3mm, ta’sir etish vaqti - 7 sutka.
Do'stlaringiz bilan baham: |