O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “tasdiqlandi”


Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar



Download 1,78 Mb.
bet163/178
Sana16.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#376875
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   178
Bog'liq
Мутахассислик МАЪРУЗА МАТНИ

Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar

Bugungi kunda samarali kosmetik vositalarini yaratish va assortimentini kengaytirish uchun yangi kimyoviy birikmalar ishlatilmoqda. Masalan, yangi organik sintez orqali olingan emulgator, pastalar, bo‘yovchi va hid beruvchi moddalar, xom ashyolarning yangi turlari (smolalar, plyonka hosil qiluvchilar, mumlar va h.k) SFM shular orasiga kiradi.

Zamonaviy kosmetologiyaning eng asosiy yo‘nalishi — kosmetik vositalarda BFMni ishlatish, ya’ni, vitaminlar, biogen stimulyatorlar, o‘simlik ekstraktlari, gormonlar, bakteritsid preparatlar, fermentlar, oqsil gidrolizatlar va ularning komplekslari. Bu yo‘nalish juda istiqbolli bo‘lib, kasalliklarning oldini olish va davolashda, ayniqsa, kosmetik defektlarni yo‘qotishda imkon beradi.

Agar kosmetik vositalar uzoq vaqt va doimiy ishlatilsa, unda kimyoviy moddalar epidermis orqali, soch follikullalari va yog‘ bezlarining chiqarish yo‘llari orqali so‘rilib, terida juda ko‘p o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi, ayrim paytda butun organizmning o‘ziga ham umumiy toksik ta’siri bo‘ladi. SHuning uchun sanoat miqyosida chiqarib, tibbiyotda qo‘llanilishi uchun faqat shunday kosmetik vositalarni ishlatish uchun ruxsat beriladiki, qachon ular eksperiment va klinik tadqiqotlardan o‘tgan bo‘lib, ularning bezarar va samaradorligi isbotlangan bo‘lsa, shuningdek, MTHlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lsa. Kosmetik vositalarda qo‘llanilgan komponentlar OST va DF talablariga to‘g‘ri kelishi va javob berishi kerak. YAngi kosmetik vositalari va yangi komponentlar sinalayotganda albatta preparatning zararsizligi aniqlanadi (o‘tkir va surunkali toksik xususiyati), qizartirish, yallig‘lanish, allergiya va o‘ziga xos spetsifik ta’sir ko‘rsatmasligi). Undan tashqari preparatning kanserogen va teratogen ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi shart. Kosmetik vositalar retsepturasida yangi kimyoviy birikmalar bo‘lsa, ular umum qabul qilingan usullarda toksikologik baholanishi , ularning zaharliligi, turi va asosiy parametrlari keltirilishi lozim va shular qatorida butun retsepturaning toksikologiyasi o‘rganilgan bo‘lishi kerak.

Kosmetik vositalari sinalganda umumiy toksikologik baholanishdan tashqari yana ularning silliq teriga surtilganda (masalan krem va losonlar):

- izotop usuli yoki boshqa usullar yordamida teri barerini, to‘sig‘ini moddalar o‘tkazuvchanligi;

- gistologik, gistokimyo, gistoradiografiya va elektron mikroskop usullarida teri strukturasiga ta’sirini;

- biokimyo ko‘rsatkichlarini;

- terining rNi va haroratga reaksiyasini o‘rganish lozim.

Kosmetik vositasining keng omma tomonidan ishlatilishi haqidagi yo‘riqnomani Farmakologiya markazi taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi. Kosmetik mahsulotlari texnologik reglament asosida ishlab chiqariladi (texnologik talablar va retsepturasi) va albatta GOST 29189-91 O‘zRSSV tasdiqlagan SanPin 0152-04 qoidalariga rioya qilinishi kerak.

Kremlar – sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan, qovushqoq konsistensiyaga ega yumshoq kosmetik vositasi. Kosmetik kremlar yuz, qo‘l, oyoq va bosh terisini parvarish qilishga mo‘ljallangan yumshoq (mayin) kosistensiyaga ega.

    Bugungi kunda kosmetika sanoatida ishlab chiqariladigan surtmalar (kremlar)ni quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:

1. YOg‘li (noemulsion) kremlar. Ushbu kosmetik surtmalarni “krem” holatida bo‘lishi, surtma tarkibiga kiruvchi yog‘ va yog‘simon moddalar (vazelin, parfyumer moylar va h.k.) yoki ularning aralashmasiga bog‘liq.

2. Emulsion kremlar. Ushbu kosmetik surtmalarni konsistensiyasi tarkibidagi yog‘ va suv miqdoriga bog‘liq  bo‘ladi.

3. YOg‘siz kremlar yoki gellar – kolloidlar (gidrozol, jele), yog‘ kislotalari yoki mumlarni suvdagi yuqa dispersli osilmalari (suspenziyalari) bo‘lib, ular tarkibida yog‘lar juda oz miqdorda bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi.

    Qo‘llanilishi bo‘yicha kosmetik kremlar gigienik (profilaktik: shamol, namlik, quyosh nurlaridan himoyalovchi yoki oziqlantiruvchi hamda teri faoliyatini faollashtiruvchi) va davolovchi (maxsus: xusunbuzar, qorayish, dog‘ hosil bo‘lishi, seboreya, terlashni davolashga mo‘ljallangan)larga tasniflash mumkin. 

    XI-DF ko‘rsatmasi bo‘yicha dori moddalar kremalar tarkibiga ularni fizik-kimyoviy holatiga asoslangan holda kiritiladi.

    Asosda eriydigan dori moddalarni krem  asosida eritish lozim. YOg‘li asosda eriydigan dori moddalarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: anestezin, benzoy kislotasi, betanaftol, kamfora, mentol, timol, fenol, fenilsalitsilat (salol), follikulin, xloralgidrat. SHuningdek, suvda yaxshi eriydigan dori moddalar (kaliy yodid, rezorsin, sulfatsil natriy (albutsid), novokain gidroxlorid, efedrin gidroxlorid)ni PEG. MS. Na-KMS va boshqa gidrofil asosolarga suvda erigan holda qo‘shiladi, ularni ham gomogen tipdagi kremlarga kiritish mumkin.

    Uchuvchan moddalar krem tarkibiga ohirgi navbatda kiritiladi.    Gomogen kosmetik kremlarda dori modda asos tarkibida eritma yoki qotishma (molekula yoki mitsella maydalik darajasida) bo‘ladi. Olinishi bo‘yicha gomogen kremlar

1) qotishma;

2) eritma;

3) ekstraksionga tasniflash mumkin.

     Qotishma tipdagi kremlar bir nechta o‘zaro eriydigan tarkibiy qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular yog‘, mum, uglevodorod, smola, yuqori molekulyar yog‘ kislotalarni bir-biri bilan birikishi orqali hosil bo‘ladi. Ularni ayrimlari qattiq, ayrimlari yumshoq, ayrimlari esa suyuq bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhga kiruvchi kremlarni tayyorlashda avval qiyin, so‘ng o‘rta va ohirida oson eriydigan moddalarni eritish tavsiya etiladi. SHunda oson eruvchan molddalarni  ortiqcha qizishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Eritma tipidagi kremlarda dori modda asosda erishi kuzatiladi. Ularni tayyorlashda oldin asos eritiladi, so‘ng dori modda qo‘shilib, erib ketgunicha aralashtiriladi.  

     SHuningdek o‘simlik yoki hayvon xom ashyosida ta’sir etuvchi moddani surtma asos yordamida ajratib olingan ekstraksion surtmalar ham gomogen tipdagi kremlarga tasniflanadi. Gomogen tipdagi aralashma hosil qilishida ko‘p dori moddalar evtektik aralashma hosil qiladilar, ya’ni ularni erish harorati bir qancha pasayshi kuzatiladi. Bunday kosmetik kremlarni qovishqoqligini oshirish uchun ular tarkibiga strukturalovchi (lanolin, mum, serezin, parafin) kabi moddalar qo‘shiladi.
 Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi

Veterinar farmatsiya farmatsevtik fanining bir maxsus sohasi bo‘lib, hayvonlarning jismoniy, anatomiya, fiziologiya tuzilishi o‘ziga xos bo‘lishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda rivojlangan.

Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari maxsus dorixonalarda, ba’zan meditsina dorixonalarida tayyorlanadi.

Bu dori turlarining retseptlari veterinariya vrachlari va feldsherlari tomonidan yozilib, ular ham tibbiyot retseptlariga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak. Retseptda kasal bo‘lgan hayvon haqida ma’lumot, turi, laqabi, yoshi bo‘lishi lozim.

Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari, ularning tarkibidagi dorivor va yordamchi moddalar va tayyorlanishi odatdagi dori turlari texnologiyasidan hech qanday farq qilmaydi. Faqat ba’zi dori turlarining hajmi, miqdori ko‘p bo‘ladi (masalan, bolyuslar- 0,5-50,0g, shamchalar 200,0 g gacha)

Qo‘shimcha moddalar sifatida javdar uni va ko‘pincha dorilar ta’mi va xidini yaxshilovchi moddalar qo‘shiladi.

Veterinariyada qo‘llaniladigan dorilar ko‘proq dozada berilishi va ayrim o‘ziga xos dori turlarga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Masalan, bo‘tqalar, bolyuslar kabi  dori turlari ishlatiladi. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari quyidagicha tasniflanadi:

1. Qattiq dori turlari

2. YUmshoq dori turlari

3. Suyuq dori turlari.

Qattiq dori turlariga kukunlar, yig‘malar, tabletkalar, xab dorilar, bolyuslar kiradi.

YUmshoq dori turlariga bo‘tqalar, surtmalar, linimentlar kiradi.

Suyuq dori turlariga eritmalar, elimshaklar, emulsiyalar va suspenziyalar kiradi.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish