O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/39
Sana26.04.2020
Hajmi1,19 Mb.
#47328
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari mavzusida amaliy mashgulot otishda samarali metodlarni tanlash va qollash metodikasi

Xulosa va takliflar 

Bitiruv  malakaviy  ishining  mavzusining  o’zi  u  haqida  dastlabki  shaxsiy 

fikrlarni  hosil  qilish  imkonini  beradi  va  bu  imkoniyat  boshqa  mavzularga 

qaraganda  kengroq  bo’ladi.  Chunki  rivojlangan  mamlakatlarda  moliyaviy 

nazoratni tashkil etishi haqida umumiy tushunchalar, ularning yoritib berilishi  va 

buni  qanday  qilib  o’quvchi-talabalarga  o’rgatish  muammosi  mavzu  mohiyatini 

ochib beruvchi so’zlarda o’z ifodasini topgan.  

Mazkur  bitiruv  malakaviy  ishi  ikki  xil  yondashuvni  o’z  ichiga  oldi  va 

shuning barobarida ikki turdagi ilmni tadqiq qildi. Demak, xulosa va takliflar ham 

ikkiga bo’lingan holda berilishi munosibroq bo’ladi, deb o’ylaymiz.  

Dastavval,  bitiruv  malakaviy  ishining  iqtisodiy  jihatdan  yakuniy  qismiga 

to’xtalib o’tsak. Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish bilan bir qatorda 

ularning  ijtimoiy,  siyosiy  va  geografik  xususiyatlarini  ham  o’rganib,  ular  bilan 

chambarchas ravishda dialektik xulosalar chiqarishga yetarli ma’lumotlar to’plandi 

va tahliliy ishlar amalga oshirildi.  

Germaniya  Respublikasida  qonun  ustuvorligi  va  hokimiyatning  qat’iy 

bo’linishi,  bu  bo’linish  o’rtasida  ma’lum  bog’lanishlar  mavjudligi  aniqlandi.  Bu 

orqali  mamlakatda  ichki  va  tashqi  siyosiy  barqarorlik  ta’minlangan,    moliya 

mexanizmining  to’g’ri  amal  qilishiga  sharoit  yaratib  berilgan.  Shuningdek  bu 

mamlakatda moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasida mahsus organlarga keng 

vakolatlar  berilgan  bo’lib,  bu  omil  ularning  samarali  faoliyat  olib  borishlariga 

ko’maklashadi.  

Yaponiyada  nazorat  ishlarining  yagona  mahsus  organ  tomonidan  amalga 

oshirilishi  haqida  bitiruv  malakaviy  ishining  birinchi  va  ikkinchi  boblarida 

muxtasar  bayon  etdik.  Umumiy  xulosa  sifatida  esa  shuni  qayd  etish  mumkinki, 

moliyaviy nazorat ishlarining bu taqlid olib borilishi iqtisodiyot subyektlari uchun 

ancha  qulayliklar  yaratadi.    Tekshirishlarni  bevosita  amalga  oshiruvchilar  safida 

turli  kasb  egalarining  bo’lishi  hamda  ularning  nazorat  tadbirlarini  o’tkazish 

borasida  qo’shimcha  ravishda  malaka  oshirishlari  tekshirilayotgan  obyektning 

yakuniy dalolatnomasi subyektiv, ayni damda obyektiv bo’lishini anglatadi.  



62 

 

Rossiya  Federatsiyasi  moliya  tizimi,  uning  bo’g’inlari  moliyaviy  nazoratni 



tashkil  etish  shakl  va  usullari  bizning  milliy  moliyaviy  nazorat  bilan  juda 

o’xshashdir. Asosiy o’xshashliklar shundan iboratki, Rossiyada ham byudjet ijrosi 

ustidan nazoratni olib boruvchi tashkilotlar Moliya vazirligi va federal g’aznachilik 

bo’lib,  mamlakat  umumiy  iqtisodiyoti  ustidan  nazorat  va  tartibga  solish  ishlari 

Federal  hisob  palata  tomonidan  amalga  oshiriladi.  O’z  o’rnida  bir  qancha 

xususiyatlar ham borki, ular bizdagiga qaraganda butunlay boshqacha ko’rinishga 

ega.  1998  yildan  Hisob  palatasi  ishining  oshkoralik  tamoyili  asosida  yo’lga 

qo’yilishi fikrimizning isbotidir.  

To’plangan  va  o’rganilgan  ma’lumotlar  asosida  quyidagi  milliy  moliya 

tizimiga joriy qilish mumkin bo’lgan takliflarni ishlab chiqdik: 

 

Moliyaviy  nazorat  organlari  faoliyati  oshkoraligini  ta’minlash  (Rossiya 



tajribasidan); 

  Moliya organlari xodimlari uchun tabaqalanishni (xuddi harbiy sohadagidek) 



joriy qilish; 

 



Moliya organlari xodimlarining o’rtacha oylik ish haqini oshirish; 

 



Moliya  organlari  xodimlarini  attestatsiyadan  o’tkazishni  elektron  tartibda 

amalga oshirish; 

  Byudjet  muassasalari  hisobchilariga  qat’iy  malakaviy  va  ilmiy  salohiyatiga 



qat’iy talablarni o’rnatish; 

 



Mahalliy  byudjet  va  byudjet  tashkilotlari  o’rtasida  elektron  hisobdorlikni 

joriy qilish (Germaniya tajribasidan); 

  Yuqori nazorat organlari boshqaruv direksiya xodimlariga parlamentdan joy 



berish (Germaniya va Yaponiya tajribasidan); 

  Nazorat  organlari  tarkibini  byudjet  muassasalari  faoliyat  olib  borayotgan 



tarmoq mutaxassislari bilan boyitish (Yaponiya tajribasidan); 

  Mamlakatimiz  rezidentlarining  tashqi  iqtisodiy  faoliyatlari  daxlsizligini 



ta’minlashga va ularga bu sohada konsalting xizmatlarini ko’rsatuvchi davlat 

organlarini tashkil qilish. 




63 

 

Endi bitiruv malakaviy ishining pedagogik jihatlarini ko’rib chiqsak. Xulosa 



o’rnida aytishimiz joiz bo’lgan eng birlamchi fikr shuki, xorij tajribalarini o’rgatish 

o’qituvchiga  o’z  ilmiy  dunyoqarashini  yanada  kengaytirish,  chet  tili  bilimlarini 

mustahkamlash  va  o’z  ilmiy  faoliyati  uchun  qimmatli  ma’lumotlarni  hozirlash 

imkonini beradi. Talaba va o’quvchilar esa butun o’quv yili davomida o’zlashtirib 

kelgan  bir  tomonlama  yondashishga  qaratilgan  o’rganish  uslublaridan  boshqa 

foydaliroq  uslublar  borligini  anglab  yetadilar.  Bu  esa  ularning  o’quv  faoliyatlari 

naflilik darajasini yanada oshiradi.  

Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini talabalarga o’rgatishda deyarli barcha 

ta’lim  usullari  va  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  mumkin.  Biz  o’z 

tadqiqotimiz 

davomida 

ulardan 


eng 

samaralisi 

qiyoslash, 

taqqoslash, 

umumlashtirish  va  qarorlar  chiqarishga  yo’naltirilgan  metodlar  ekanligini  turli 

eksperimentlar yordamida aniqladik. Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga ko’ra xorij 

tajribalarini  o’rgatish  (aslida  bu  so’z  amaliyot  darslari  uchun  qo’llanilganda 

“o’rganish”  ga  almashsa  maqsadga  muvofiqroq  bo’ladi)  amaliyot  darslari  uchun 

mo’ljallangan  bo’lishi  kerak  edi  va  biz  ham  aynan  shu  vazifani  baholu-qudrat 

uddaladik.  Natijada  ma’ruza  darslari  uchun  bu  mavzu  qanday  yo’sinda  olib 

borilishi haqida to’xtalib o’tmadik. O’qituvchi hukmronligiga asoslangan ma’ruza 

darslarida  bu  kabi  mavzularni  o’tish  xuddi  amaliyot  darslaridagi  kabi  amalga 

oshirilishi, faqat to’ldiriladigan jadvallar “Aqliy hujum” va “Keys stadi” metodlari 

yordamida,  boshqacha  aytganda,  o’quvchi-talabalarning  qatnashuvi  asosida 

o’qituvchi  tomonidan  to’ldirilishi  ko’proq  samara  berishini  aytib  o’tishni 

o’zimizga lozim topdik.  

Pedagogik izlanishlarimiz davomida berilgan mavzuga va bitiruv malakaviy 

ishlariga oid kamchiliklarni bartaraf etishning quyidagi takliflarni ishlab chiqdik: 

 

Kasb  ta’limi  yo’nalishlari  bitiruvchilari  uchun  bitiruv  malakaviy  ishlari 



mavzulari  ro’yxatini  kasb-hunar  kollejlari  o’quv  rejasidagi  fanlarga  mos 

ravishda tuzish; 

 

Xorij tajribalariga bag’ishlangan darsliklar yaratish yoki darsliklardan xorij 



tajribalarga bag’ishlangan boblar ajratish; 


64 

 



  Faqat rivojlangan mamlakatlar emas, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar 

tajribalarini  ham  o’rganishni  joriy  qilish.  Chunki  faqat  rivojlangan 

mamlakatlar  tajribalarini  o’rganish  ham  ko’zlangan  maqsadga  erishishga 

to’liq imkoniyat bermaydi. 

  Xorij  tajribalarini  o’rganishda  taqqoslash  va  umumlashtirishga  doir 



metodlarni qo’llash; 

 



Ta’kidlangan metodlarni axborot texnologiyalari va “Aqliy hujum” metodi 

bilan birgalikda qo’llash. 

Shuningdek,  2013-2014  o’quv  yilida  o’tagan  malakaviy  amaliyotimiz 

davrida  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  samaradorligini  oshirishga  doir  takliflar 

ishlab  chiqqan  edik.  Ularni  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishining  “Xulosalar  va 

takliflar” bandiga kiritishni ma’qul deb topdik. Ular quyidagilar: 

 

Milliy g’oya va iqtisodiyot yo’limizni o’quvchilar onggiga singdirish uchun 



dars  avvalida  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  va  siyosatiga  oid  yangiliklarni 

so’rash va ularni tahlil qilishda o’quvchilar bilan ishlash; 

 

Tarbiyasi  og’ir  o’quvchilar  bilan  ishlash  uchun  mahsus  o’qituvchilar 



kengashini tashkil qilish; 

  Har  semestrda  ota-onalar  majlisi  o’tkazish.  Ularga  farzandlarining  o’quv 



faoliyati  natijalari  asosida  tuzilgan  tahliliy  materiallarni  va  dars  jadvali 

nusxasini tarqatish; 

  Kollej hududini kamera nazorati ostiga olish; 



 

Ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarni qayta ko’rib chiqish.  



Bitiruv  malakaviy  ishida  ta’kidlangan  va  yoritib  berilgan  masalalar 

yuzasidan  2014  yil  10-fevraldan  26-aprelgacha  bo’lgan  muddatda  Toshkent 

Iqtisodiyot  kollejida  bo’lib  o’tgan  dars  mashg’ulotlari  olib  borildi  va  ularning 

yakunlari yuzasidan hisobot tayyorlandi.  

 

 

 




65 

 


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish