O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti


Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi oliy



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/39
Sana26.04.2020
Hajmi1,19 Mb.
#47328
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari mavzusida amaliy mashgulot otishda samarali metodlarni tanlash va qollash metodikasi

Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi oliy 

organlar 

№ 

Mamlakat 

Bosh nazorat organi 

AQSh 


Bosh moliyaviy nazorat boshqarmasi 

Buyuk Britaniya 

Milliy taftish kengashi 

Yaponiya 

Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 

Germaniya 

Hisob palatasi 

Rossiya 


Hisob palatasi 

Xitoy 


Nazorat Vazirligi 

Fransiya 

Hisob palatasi 

 

Germaniya  federativ  respublikasida  moliyaviy  nazorat  amaliyotini  tahlil 



qilishda  eng  avvalo  shu  narsaga  diqqatni  qaratish  kerakki,  mamlakatda  nazorat 

organlariga  o’z  faoliyatlari  doirasida  keng  erkinlik  yaratib  berilgan.  Buni  nemis 

konstitutsiyasining  14-moddasi  orqali bilib olishimiz  mumkin.  Bu  moddaga ko’ra 

Federal  Hisob  palata  hodimlari  tekshiruv  tadbirlari  yo’sinini  belgilashda,  nazorat 

va taftish turlarini tanlashda va tekshiruv rejalarini ishlab chiqishda mutlaq davlat 



32 

 

vakolatiga  egadirlar.  Bundan  ko’rishimiz  mumkinki,  milliy  Konstitutsiyaning 



muayyan  moddasi  aynan  Hosib  palatasi  xodimlari uchun ishlab  chiqilgan. Bu  esa 

mamlakat moliya tizimida moliyaviy nazoratning nechog’lik ahamiyatga egaligini 

ko’rsatib beradi.  

Germaniya Respublikasi bundestagida (Germaniyada parlament “bundestag“ 

deb  ataladi)  moliyaviy  nazoratning  eng  muhim  vazifalarini  bajaruvchi  Byudjet 

qo’mitasi  tashkil  etilgan  bo’lib,  uning  asosiy  vazifasi  byudjet  ijrosi  va  uning 

nazoratini amalga oshirish bo’libgina qolmay, kelgusi moliya yili uchun byudjetni 

ishlab  chiqish,  uni  tasdiqlash  va  qayta  ko’rib  chiqish  kabi  ishlarni  ham  amalga 

oshiradi.  Germaniyada,  boshqa  ko’pgina  mamlakatlar  kabi,  shu  jumladan 

O’zbekistonda  ham,  byudjetni  ishlab  chiqish  Moliya  vazirligiga  topshiriladi. 

Nemis  siyosatiga  ko’ra  ijroiya  organi  hisoblangan  Moliya  vazirligi  bundestagda 

ishtirok etish huquqiga ega emas. Byudjet qo’mitasi, bu vaziyatda vazirlik taqdim 

etgan kelgusi moliya rejasini bundestag nuqtayi nazaridan ko’rib chiqadi. Byudjet 

parametrlari  to’g’ri  kelgan  holda  kelgusi  byudjetni  bundestagda  muhokamaga 

qo’yadi.    Bundan  olingan  tahliliy  xulosa  shuki,  byudjet  qo’mitasi  Germaniya 

Respublikasida  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  organlar  o’rtasida  o’zaro 

“ko’prik“  vazifasini  o’taydi.  Bu  esa  mamlakatda  qonun  chiqaruvchi  organning 

siyosatdagi birlamchi o’rnini ta’minlab turishda beqiyos yordam beradi.   

To’plangan  ma’lumotlardan  ko’rinadiki,  Germaniyada  Hisob  palatasiga 

keng  vakolatlar  berilgan.  Buni  palata  boshqaruvining  eng  yuqori  bo’giniga  rais 

yoki  direktor  emas,  prezident  lavozimi  joriy  qilinganidan  ko’rishimiz  mumkin. 

Palata  boshqaruvi  ham  yaxlit  mamlakaniki  kabi  strukturaga  ega  bo’lib,  masalalar 

yoki  birlamchi  ahamiyatga  molik  muammolar  yuzasidan  qarorlar  qabul  qilish 

borasida  senat  ishi  ham  kuzatiladi.  Senatning  2  bo’limga  bo’linishi  esa  va  qayta 

ko’rib chiqish holatidagina masalaning katta senatga oshirilishi nazorat organining 

ishini ma’lum miqdorda yengillatilishiga olib keladi.  

Germaniyada  moliyaviy  nazorati  amaliyotida  statistik  kuzatuvlar  ham 

muntazam  ravishda  olib  borilishi  davlat  va  xususiy  sektor  korxonalarining 

mablag’lardan  to’g’ri  maqsadli  foydalanilishlariga  olib  keladi.  Doimiy 



33 

 

tekshiruvlarning  asosiylari  kuzatuvli  nazoratga  asoslanadi.  Kuzatuv  natijalari 



raqamlarda aks ettiriladi va bu orqali eng ko’p kamchilikka ega bo’lgan korxonalar 

nomi  aniq  bo’ladi.  Bunday  korxonalar  endilikda  moliyaviy  nazoratning  taftish 

usulida  tekshiriladilar  va  ularga  nisbatan  tegishli  choralar  ko’riladi.  Bundan 

tashqari,  olingan  statistik  ma’lumotlar  mamlakat  iqtisodiyotining  qaysi  tarmog’i, 

hududi  va  ijtimoiy  birliklarda  ko’proq  qonunbuzarliklar  sodir  bo’layotganligini 

aniqlashda qo’l keladi. Bundestag bu vaziyatda yuqorida ta’kidlab o’tilgan birliklar 

bo’yicha umumiy  xulosalar chiqaradi  va qonunbuzarliklarning  oldini  olish uchun 

kerakli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda bundesratga topshiradi. Ijroiya 

organi hisoblangan bundesrat parlament ishlab chiqqan rejani  tegishli vazirlik va 

idoralar orqali amalga oshiradi.  

  Germaniya  Respublikasi  demokratik  tamoyillar  eng  ko’p  ildiz  otgan 

mamlakatlardan  biridir.  Bu  omil  nafaqat  mamalakatning  ijtimoiy  sohasida,  balki 

iqtisod-moliyaviy  sohalarida  ham  ko’z  tashlanadi.  Hisob  palatasi  mamalakat 

moliyasi  va  iqtisodiyoti  ustidan  yalpi  nazorat  o’rnatish  borasida  mutlaq  mustaqil 

bo’lsa,  Germaniya  Federal  banki  ham  o’z  vakolati  doirasiga  ko’ra  palata  bilan 

raqobatlasha oladi. Bank tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish bilan birgalikda 

davlat  qarzini  boshqarish  mas’uliyatini  ham  olgan  bu  tashkilot  davlatga  tegishli 

qimmatli qog’ozlar ustidan ham spekulyativ va strategik fond ishlarini olib borish 

huquqiga ega yagona tashkilot hisoblanadi.  

Federal  moliya  idorasi  kabi  tashkilotlar  dunyoning  ayrim  mamlakatlarida 

faoliyat  olib  boradilar,  xolos.  Bu  tashkilotning  asosiy  vazifasi  Germaniya 

rezidentlarining  tashqi  bozordagi  huquqlarini  himoya  qilish  va  mamlakat  soliq 

siyosatini  olib  borishdir.  Rivojlangan  mamlakatlarda,  tabiiyki,  tashqi  iqtisodiy 

munosabatlar  ham  makro  darajada,  ham  mikro  darajada  keng  yo’lga  qo’yilgan 

bo’ladi. 

Iqtisodiy 

psixologiyaga 

ko’ra 


bu 

munosabatlarda 

ko’proq 

kelishmovchiliklar mikro darajada sodir bo’ladi va bu hol rivojlanish darajasidan 

qat’iy  nazar  har  bir  iqtisodiyot  uchun  tabiiy  holdir.  Federal  moliya  idorasining 

faoliyat  ko’rsatishi  esa  ayni  bozor  iqtisodiyotiga  xos  kamchiliklarni  bartaraf 

etishda eng samarali qurollardan biri hisoblanadi.  



34 

 

Yaponiya boshqaruv shakliga ko’ra imperiya bo’lib, iqtisodiy omillar amal 



qilishiga  ko’ra  aralash  iqtisodiy  tizimga  asoslangan  mamlakatdir.  Hozirgi  kunda 

dunyoning  ko’pgina  iqtisodchi  olimlari,  tahlilchilar  aynan  yapon  iqtisodiy 

modelini  o’rganishga  jiddiy  bel  bog’laganlar.  Chunki  tabiiy  resurslar  deyarli 

yo’qligi  va  fors-major  holatlari  sodir  bo’lishi  ehtimoli  juda  yuqori  bo’lishi 

sharoitida  ham  dunyoning  uchinchi  iqtisodi  nomini  saqlab  qolish,  albatta, 

o’rganishga undaydi.  

Mamlakatning barcha sohalarida inson qadri birinchi o’ringa qo’yiladi. Shu 

jumladan, yapon moliyaviy nazorat tizimida ham.  

Yapon  moliyaviy  nazorat  tizimining  boshqa  mamlakatlardagidan  asosiy 

farqi  shuki,  moliyaviy  nazorat  ishlari  faqat  yagona  tashkilot  –  Nazorat-taftish 

boshqarmasi tomonidan olib boriladi.  

Nazorat-taftish boshqarmasi xuddi Gemaniyada bo’lgani kabi ijroiya organi 

–  Vazirlar  Kengashiga  nisbatan  mustaqildir.  Shuningdek,  boshqarma 

direksiyasining  yuqori  qismi  prezidentga  tegishli  bo’lib,  u  saylov  asosida  7  yil 

muddatga lavozimga qo’yiladi. Nazorat tashkilotining yagonaligi uning ahamiyati 

naqadar chuqurligini anglatadi. Shuning uchun Nazorat-taftish boshqarmasi qonun 

chiqaruvchi organda ham o’z ovozi bilan qatnashish huquqiga ega ekanligi qonun 

hujjatlari bilan e’tirof etilgan.  

Yaponiyada  davlat  tashkilotlariga  ishga  qabul  qilish  uchun  umumiy 

imtihonlar  o’tkazish  joriy  etilgan  bo’lib,  bu  imtihondan  o’tgan  kadrlar  Nazorat-

taftish  boshqarmasida  ishlash  huquqiga  ham  ega  bo’ladilar.  Imtihonlar  mahsus 

tashkil  etilgan  Boshqaruv  xodimlari  davlat  milliy  xizmati  tomonidan  o’tkaziladi. 

Nazorat-taftish  boshqarmasi  xodimlari  ham  aynan  shu  imtihondan  o’tgan  va 

natijasi  mazkur  organda  faoliyat  olib  borishga  yetarli  bo’lgan  kadrlar  hisobiga 

to‘ldiriladi.  Nazariy  tahlilning  asosiy  jihati  –  afzallik  va  kamchiliklari  nuqtayi 

nazaridan  yondashuvga  ko’ra,  xodimlarni  bu  tarzda  tanlab  olish  quyidagi 

samaralarga olib keladi: 

 



Boshqaruv apparatining samarali faoliyat olib borishi ta’minlanadi; 

 



Xalqning hukumatga bo’lgan ishonchi mustahkamlanadi va ortib boradi; 


35 

 



 

Bo’lg’usi kadrlarda o’qish, izlanish uchun ishtiyoq va porloq kelajak uchun 

ishonch paydo bo’lishiga olib keladi; 

 



Joriy  xodimlarning  ham  muntazam  ravishda  o’z  ustilarida  ishllashlariga 

olib keladi. 

Bu  tadbirning  kamchiliklari  haqida  to’xtalish  uchun  bizga  bu  kamchilikni 

topish  muammosi  duch  keldi,  lekin,  afsuski,  e’tiborga  loyiq  kamchiliklar 

topilmadi.  

Keyingi  jiddiy  masala    imtihondan  o’tgan  kadrlarning  malakasini  oshirish 

hisoblanadi.  Buning  uchun  boshqarma  o’z  xodimlari  uchun  ishdan  ozod  etgan 

holda yoki ishlab o’qish sharti bilan turli kurslar tashkil etadi. 

Kunchiqar  yurtda  inson  omiliga  xos  xususiyatlar  iqtisodiyotda  ham 

birlamchi  ahamiyat  kasb  etishi  haqida  fikr  yuritgan  edik.  Tahliliy  ishlar  shuni 

ko’rsatdiki,  mamlakatda  xodimga  insoniy  yondashuv  quyidagi  qadriyatlarda  o’z 

aksini topadi: 

  insonlаrning  pog’onаlilikkа  qat’iy  munosabati  -  o’zidan  yuqori  pog’onаdа 



turgаn shаxsgа sodiqlik;  

  bir kompаniyadа qo‘nimlilik (butun hаyot mobаynigа yollаnish tizimi);  



  shaxsiy mаnfааtlаrning davlat va elita manfaatlaridan ustun qo‘yilishi;  

  yaqqol kollеktivizm, ijtimoiy birlik, o’zini moddiy chеklаsh (ishgа fidoiylik 



etikаsi),  

  Yaponiyani  dunyodаgi  o’rnini  mustahkamlash  va  yuksaltirish  milliy  g’oya 



sifatida kishilar onggiga singdirilishi;  

Yuqoridagi  omillarni  nazorat  ishlari  chog’ida  ro’y  beradigan  va  tez-tez 

kuzatiladigan holat bilan izohlasak. 


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish