O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


(sannin  yoreba  mon  jyuno  chie)



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

(sannin  yoreba  mon  jyuno  chie) 
ushbu 
maqolning o‘zbek tilidagi muqobil varianti ‘‘Bir bosh yaxshi, ikkitasi 
undan ham yaxshi” maqoliga mos bo‘lib, tinib-tinchimas, izlanishdan 
tolmaydigan  yapon  xalqining  turmushiga  xos  frazadir.  Quyidagi 
maqolning  to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi g‘aliz bo‘lganligi sababli, uning 
o‘zbek tilidagi muqobilidan foydalanish o‘rinlidir.  

住めばみやこ
”(sumeba miyako)
 
ushbu maqolni o‘zbek tiliga tarjima 
qiladigan bo‘lsak, “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim” maqoliga mos tushadi. 
Agar bu maqolni o‘zbek tiliga to‘g‘ridan – to‘g‘ri tarjima qilsak “Ya-
shash poytaxt”  holatida kelib chiqadi. Biroq, biz bu holatda kitobxonga 
tarjima qilib bersak, tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun 
ham,  ba’zi  holatlarda  “Tarjimaning  muqobil  usul’’idan  foydalangan 
holda  tarjima  qilamiz.    Shu  sababli,  quyidagi  maqoldan 
yapon  xalqi 
asosan  inson  har  qanday  vaziyatda  ham  o‘z  uyiga  talpinishi  va  o‘z 
uyidagina  inson  erkin  bo‘la  olishi  holatlarida  foydalanganligi  uchun 
o‘zbek tilidagi varianti “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim”ga mosdir.
  
いしのうえにもさんねん
 (ishino uenimo san nen) 
frazasini tarjima qi-
ladigan bo‘lsak “Toshning ustida ham uch yuz bor” deb tushiniladi. Le-
kin,  kunchiqar  xalq  ushbu  maqoldan  sabrli,  chidamli  bo‘lish  vaqtida 
foydalanganliklari  uchun  o‘z  ona  tilimizdagi  muqobil  variant    “Sabr-
ning tagi sariq oltin”  degan  maqolimizga  mos  keladi. Bu  maqol  ya-
pon va o‘zbek  xalqida  ko‘p  foydalaniladigan  maqollarning  bittasi 
hisoblanadi. Chunki, yaponlar  orasida ham, bizda ham  bir-biriga  nis-
batan  kuchli  hurmat  va  ehtirom  borligi  sababli  sabrli  insonlar juda 
qadrlanadi. Yuqoridan ko‘rinib turibdiki turli xil tillardagi  maqollarni 
o‘zbek  tiliga  tarjima  qilishda  tarjimondan  ko‘p  bilim  va  tajriba  talab 
etiladi.  Boisi,  biz  o‘z  ona  tilimizdagi  maqollarning  ma’no  jihatdan 
nimaga  foydalanish  holatlarini  bilmas  ekanmiz,  boshqa  tildagi  ma-
 
153
 Xurshida Qilicheva maqolasidan 


 
111 
qollarni  ham  ma’no  jihatdan  nimaga  ishlatilayotganini  anglab  yetol-
maymiz. Shu jihatdan ham olib qaraydigan bo‘lsak, maqol millatlarning 
an’analarini bir-biriga bog‘lovchi va tanituvchi bir ko‘prikdir.  
  Bundan tashqari maqol tarjima qilishning yana bir an’anaviy usuli 
ham  bor  bo‘lib,  bu  “To‘g‘ridan-to‘g‘ri  tarjima  qilish’’  usulidir.  Ma-
salan, 

ときはかねなり
” (tokiha kane nari

ushbu  maqol  hamma  joyda  eng  
ko‘p    foydalaniladigan      maqol    deb    aytish  mumkin.  Boisi,    bu    maqolning  
tarjimasi    quyidagicha:  “Vaqt  bu  puldir.’’
 
いちいしにとり
(ichi  ishi  ni  tori)
 
ushbu  maqolning  tarjimasi  “Bir  tosh  bilan  ikki  qushni  urmoq’’ 
ma’-
nosida ishlatiladi. Bu maqol  “To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish’’ usuliga 
mansub.  Bundan tashqari o‘zbek tilidagi muqobil varianti ham mavjud 
bo‘lib, “Bir o‘q bilan ikki quyonni urish” ma’nosida foydalaniladi. Biroq, 
yapon  xalqi  “quyon’’  so‘zining  o‘rniga  “qush’’  so‘zidan  foydalangan. 
Bundan  tashqari,
 
十人十色(
jyuu  nin  to  iro

ushbu  maqolning  so‘zma-
so‘z 
tarjimasi  “10xil  odam,  10xil  rang‘’  degan  ma’noda  ishlatiladi. 
O‘zbek  tilidagi  “Besh  qo‘l  barobar  emas’’  maqoliga  mos.  Bu    tarjima 
usulidan  kamdan-kam  hollarda  foydalaniladi.  Chunki  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tarjima usuli har doim ham to‘g‘ri  bo‘lavermaydi. Shuning uchun ham, 
maqollarning tarjimasida asosan 2 ta usuldan foydalaniladi: 1) Muqobil 
variantini topish; 2) To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish. 
Xulosa.  Til,  falsafa  va  badiiy  ijodning o‘ziga  xos  hodisasi   sifatida 
yuzaga  kelgan  xalq  maqollari    folklorning  ixcham  shakl,  ammo  teran 
mazmunga  ega  bo‘lgan  bir  janridir.  “Maqol  va  matallar  xalq  aql-
idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari, turmushdagi turli 
hodisa-voqealarga  munosabati  demakdir…  Xalq  maqoli  –  xalqning  
mulkidir. Maqol qayg‘usi – xalq qayg‘usi, maqol g‘azabi – xalq g‘azabi, 
maqol kulgusi – xalq kulgusi va maqol kinoyasi – xalq kinoyasi demakdir. 
Maqol yaratmagan bironta til, maqol ishlatmagan bironta xalq yo‘q”.
154
 
Har biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz 
mantiqini  hayratomuz  bir  qudrat  bilan  namoyish  etgan  va  eta  oladigan 
bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va 
maishiy  turmush  tarzining  bamisoli  bir  oynasidir.  Shuning  uchun  ham 
maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv 
va  o‘zaro  nutqiy  munosabatlarda,  badiiy  va  ilmiy  asarlarda,  siyosiy  va 
 
154
 G‘.Salomov “Rus tilidan o‘zbek tiliga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish 
masalasiga doir”asari,8-betdan 


 
112 
publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilgan  va bugungi kunda 
ham qo‘llanilib kelinmoqda.
                             

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish