6
hujayra faoliyati fizik va kimyoviy jarayonlar asosida sodir bo‘ladi. Fiziologiya ko‘p
tarmoqli fan bo‘lib, mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish
fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi.
Shaxs fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar
tizimi va butun organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘ziga xos yosh
xususiyatlarini o‘rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq qiladi.
Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo‘lmay, balki hajmi, fiziologik
xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o‘smirlar
fiziologiyasining asosiy o‘rganadigan obʻekti bolalardir. Binobarin, pedagoglar taʻlim
tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi maʻlumotlariga asoslangan holda olib borishlari
muxim ahamiyatga ega. O‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy –
foydali
mehnatda, sog‘lomlashtirish ishlarida bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik
xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak.
O‘sib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini
baholash, sog‘lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga
bog‘liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir.
“Gigiena” tushunchasi grekcha so‘z bo‘lib, “foydali” degan ma’noni bildiradi. U
tashqi muhit omillarining (kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy va hokazo) inson salomatligiga
taʻsirini o‘rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni
sog‘lomlashtirish, inson sog‘lig‘ini mustahkamlashning meʻyor va qoidalarini ishlab
chiqadigan, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning oldini oladigan, ishlash qobilyatini
oshiradigan, umrni uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir. Gigiena inson bilan
atrof-muhitning uzviyligini taʻminlaydi. Muhit sog‘lom bo‘lmay turib, tan-sog‘liqni
taʻminlash qiyin. Shu maʻnoda gigiena tabiiy-ijtimoiy muhit, borliqning odam
organizmiga ijobiy va salbiy taʻsirini ham o‘rganadi, tavsiyalar beradi. Gigiena fani
tavsiyalari amaliyotga sanitariya (lotincha so‘z bo‘lib, “sog‘liq” degan maʻnoni
anglatadi) muassasasi tomonidan joriy
qilinadi, garchi ular orasida mustahkam bog‘lanish
bo‘lsa ham ularning vazifalarini ajrata bilish lozim.
Buyuk fiziolog olim I.P. Pavlov: “Zamonaviy tibbiyot kasalliklarning hamma
sabablarini bilib olgandagina kelajak tibbiyotga, yaʻni keng ma’nodagi gigiyenaga
aylanadi” deb be’jiz aytmagan. Gigiyena fani bolalar va o‘smirlar gigienasi, kommunal
gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, mehnat gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni
o‘z ichiga oladi.
Bolalar va o‘smirlar gigienasi gigiena fani sohalaridan biri bo‘lib, tashqi muhit
omillarining bola organizmiga,
uning hayot faoliyati, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o‘rganadi
va o‘sayotgan avlodning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda jismoniy va maʻnaviy
jihatdan bekamu-ko‘st rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va o‘smirlar gigienasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash;
2.
Bolalar va o‘smirlar faoliyati gigiyenasi;
3.
Tashqi
muhit gigiyenasi;
4.
Bolalar va o‘smirlar ovqatlanish gigiyenasi;
5.
Bolalar va o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
6.
Psixogigiyena.
Психогигиена деганимизда инсонлар аро муносабатларнинг ҳамда таълим
тарбия жараёнида болалар соғлигини сақлаш ва неврозларни олдини олишни
тушунамиз.
7
Неврозлар – бу нерв системасини фаолиятининг вақтинчалик сусйиши
(тормозланган ёки қўзгалган турида).
Психогигиенанинг амалга ошириш сабаблари қўйдагича:
-
боланинг айрим характериологик фазилатларини устунрок бўлиши;
-
хаддан ташқари кучли (жисмоний, психик ва маънавий)
таъсир этиш;
-
фобиларни мавжудлиги (қўрқиш, чўчиш ҳамма нарсадан шубҳаланиш);
-
дидактоген неврозларни яъни тарбиячи ва ота-оналар;
-
депривация ҳолати (кам мулоқатли бўлиш ёки мулокатга чанқоқ бўлиши);
-
ота-оналарнинг педагогик савиясини ошириш, оилани МТМ билан ҳамкорлигда иш
олиб бориш;
-
чиниқтириш, жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулантириш;
-
турли
хил касалликларни олдини олиш;
-
оптимал микроклиматик ва психологик муҳитни яратиш;
-
кун тартибини асосий принципларига риоя қилиш ва ҳ.қ.
Do'stlaringiz bilan baham: