10
Kamakura
1192 — 1338
Muromachi
1338 — 1573
Adzuchi-Momoyama
1573 — 1600
Edo
1600 — 1868
Meydzi
1868 — 1912
Taishyo
1912 — 1926
Shoya
1926 — 1989
Xeysei
1989 —
3. Yaponiyaliklarning urf-odati.
Xalq madaniyati haqida ko‗pda uninig urf-odati gapiradi. Yaponlar-
xushmuomala va bosiq odalmar. Ahloq meyyorlari ular uchun juda muhim,
hususan, boshqa halqlar uchun ham muhim bo‗lgani kabi.
Yaponlar sizdan ular odatlariga rioya etishingizni kutishmaydi, lekin bunga
ahamiyat bersangiz va rioya qilsangiz sizdan juda minnatdor bo‗lishadi.
Lekin ular sizdan kutayotgan narsalar juda oddiy va hamma halqlar uchun
tabiiy ahloq meyyorlari,
masalan:
Uchrasuv haqida oldindan kelishish ( Aynan hozir qabul qilib, siz bilan
gaplashishni talab qilmaslik).
Kelishilgan vaqda, kechga qolmasdan kelish. ( Bu masalada yaponlar
juda talabchan).
Agar siz oldindan taklif qilingan joyga borolmay qolsangiz, albatta bu
haqda habar berib, aytib qo‗yishingiz zarur.
Agar qo‗ng‘iroq qishish paytida boshqa joyga tushib qolsangiz, albatta
kechirim so‘rash lozim.
Uchrasuv yoki majlis paynida faqatgina o‗zingiz gapirmasdan
boshqalarga ham so‗z navbatini berishingiz lozim.
Boshqalarning vaqti haqida ham o‗ylab, uchrashuvingiz samarali
o‗tishiga harakat qiling.
Agar yaponlarning biri ishingizda yoki o‗zingizga yordam bergan
11
bo‗lsa albatta unga minnatdorchiligingizni bildiring.
Shunga qaramasdan, yaponlar ahloqida o‗ziga hosliklari ham ko‗rinadi.
1. Yaponiyada uchrashganda bosh egish odati hozirgi zamonda ham
saqlanib qolgan bo‘lib, ular sizdan buni kutishmasada, ular bilan uchrashganda
bosh egib qo ‗ysangiz ayni muddao bo‗ladi.
2. Yaponlar xonadonida ham, majlislar zalida ham, eng ulug‗ (yuqori) joy,
eshikdan eng uzoq joy ( tokonomaning oldi) hisoblanadi. Agarda obro‗li
mehmon,kamtarlik qilib yuqoriga o‗tirishdan bosh tortsa ham, yuqori mehmon
o‗rniga o‗tirmaganingiz ma‗qul. Shunda siz hurmatga sazovor bo‗lasiz.Agar
e‘zozli mehmon kechga qolgan taqdirda, kelishi bilan hamma o‗rnidan turishi
kerak.
3. Shunday fikr borki, yaponlar majlislarda kam qaror chiqarishadi, deb.
Qaror chiqarishdan oldin yaponlar chuqur taxlil qilishadi. Lekin qaror qilingandan
keyin uning ijrosini nihoyatda tezlik bilan amalga oshirishadi. Qaror chiqargandan
keyin yaponlar albatta o‗zining qarori haqida sizga habar beradi. Agarda aniq
javob berilmasa, demak, hali aniq qaror yo‗q. Agar yapon bergan javobini
tushunmasangiz, albatta qaytadan so‘rang.
4. Yaponliklarning uylari odatda kichik va tor bo‗lib, shahardan uzoqda
joylashgan. Shuning uchun ular mehmonlarni uyiga emas, restoranlarga taklif
qilishadi. Sovg‘a berayotgan paytingizda, ―arzimasa ham‖, degan gaplarni gapirib
bersangiz yahshi. Mehmonlar kelishsa, albatta ularga dasturhon yoziladi.
Agarda sizlarni yaponcha restoranga taklif qilishsa, siz bir oz
qiynalishingiz mumkin.Shunda yaponlar albatta sizga yordam berishadi. Masalan,
oyoq kiyimni qayerda yechish va qay tarzda qo‗yish kerakligini tushuntirib
berishadi. Yerga o‗tirish tartib qoidasini, agarda yerda o‗tira olmasa, kichik stul
olib kelib berishadi.
Erkak va ayyollarni o‗tirish tartibini ham inobatga olish kerak bo‗ladi. Ular
xushmuomalik bilan sizga tushunmaganlaringizni tushuntirib berishadi.
5. Agar sizga biror ichimlik taklif etishsa, unda, stakaningizni bir oz
ko‗tarib, uni to‗ldirib bermagunlariga qadar uchlab turishingiz kerak. Siz ham
huddi shunday taklifni qo‗shnilaringizga qilishingiz tavsiya etiladi. Stolda
tayoqchalardan foydalansangiz, quyidagi narsalardan ehtiyot bo‗lishingiz kerak:
12
larni bir birining ustiga qo‗yish yoki,guruchning ichuga sanchish
mumkin emas.( bu ularda o‗lim ma‘nosini anglatadi);
ovqatni tarelkaning ichida surish va stolda tarelkalarni surush mumkin
emas;
tayoqchalarni qo‗lda ushlab turib silkitmoq va odamga qarab paxsa
qilish mumkin emas.
Choy marosimi, ―tyanoyu‖ Yaponiyaning noyob madaniyatlaridan biri. U
matcha ( ko‘k choy) ni damlashni va taklif etish marosimi hisoblanadi. Choy
Yaponiyaga taxminan VIII asrlarda olib kelingan, lekin keng omma orasida qabul
qilinmagan. XII asrlargacha. XIV asrga kelib choy damlash va uni boshqalarga
taklif qilish oliy tabaqali zadagonlar davrasida mashxur bo‘lishni bo‘shlagan.
Ushbu marosimni o‘tkazishda Xitoy san‘at asarlarini va hunarasarlarini
bahramand bo‘lish uchun ―syoin‖lar xonalarida uyushtirilgan . U yerdagi sharoin
shunga mos, tinch va osuda bo‘lgan.
Samuraylar xayotini nazorat qilgan urf- odatlar va qarashlar ta‘sirida
bunday choy marosimlarda qatnashuvchilarga rioya qilishga majbur bo‘lgan
qonun-qoidalar va majburiyatlar shakllandi. Shunday qilib choy marosimi paydo
bo‗ldi. Choy marosimining xozirgi shakli XVI asr oxirida Momoyama davrining
choy marosimi ustasi Sen-no Rikyu tomonidan kiritilgan.
Choy marosimi oddiygina choydan bahraman do‘lish marosimi bo‘libgina
qolmay, u budda ―dzen‖ sektasining ta‘sirida shakillangan bo‘lib, bu marosim
orqali inson ruhi tozalanib, tabiat bilan birlashib ketish uning asosiy maqsadi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: