dramatik harakatlardan iborat Noo teatri vujudga kelgan. U yokyoku nomini olgan.
Yokyoku adabiy asari ritmik proza, she‘r, notiqlik va maishiy muloqat nutqidan
tashkil topadi. Demak, bu pyesalarda sahnada sodir bo‘layotgan harakatlarni
o‘zining xissiyotlarini aktiv ifodalash uchun xorga joy ajratiladi va kelib chiqishiga
baho beriladi. Yokyoku pyesasi o‘tkir ziddiyatlar asosida qurilib shaxs va taqdir
mavzulari ko‘riladi. Tarixiy xronika va adabiy asarlarda qissa va afsonalarga
o‘xshash sujetlardan foydalaniladi. Noo teatrining repertuarlaridagi ko‘pgina
pyesalar XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida yozilgan. Yokyoku
13
pyesasining taniqli avtorlari Kanami va uning o‘g‘li Dzeami bo‘lishgan. Pyesalar
ichida eng taniqlilari: ―Matsukadzyo‖, ―Xagoromo‖, ―Yasima‖, ―Sumidagava‖,
―Ataka‖. Yokyokuning pyesalari deklamatsiya (badiiy asarni chiroyli, ta‘sirchan
qilib o‘qish san‘ati)ning musiqiy xarakteriga aloqador intonatsiya, niqoblar,
kostyumlar, rekvizitlar va boshqalar avtorning ko‘rsatmasiga binoan tuziladi. Noo
teatrida bosgqa dramatik shakllardan han foydalaniladi masalan, kyogen- unchalik
katta bo‘lmagan kulgili asar, fars (yengi, sho‘x ba‘zan beadab kichik pyesa) bilan
o‘xshash katta pyesalar orasida ijro etiladi. Kyogen pyesasida Yaponiyaning XV-
XVI asrlardagi turli jamiyatlarga xos bo‘lgan hayotini realistik ko‘rsatadi. Bu
pyesaning maishiy sujetlari oddiy so‘zlashuv tilida yozilgan. Noo teatrining
yokyoku va kyogen spektakllari birgalikda katta tematik va har xil usullarda
spektakl qo‘yishga imkon beradi. Kyogenning qarama-qarshi maishiy diologlari
yokyokuning nafis she‘riyati bilan mos keladi. XVI asr oxirlarigacha kyogen
o‘qituvchilardan o‘quvchilarga og‘zaki yetib kelgan. Matnlar tez-tez o‘zgartirilgan
va ayrim ijrolar uchun moslashtirilgan. XVII asr oxirlarida kyogenning
sepektaklga tegishli mulohazali fikrlar va izohli matnlar paydo bo‘ldi. Zamonaviy
yapon teatrlarida kyogen matnlarining anchasini ishlab chiqqan avtorlardan
ko‘plari ma‘lum emas.
XVI asrda dzyoruri- qo‘g‘irchoq teatri paydo bo‘ldi.yapon dramaturgiyasining
bu turi asosida – xalqning qadimgi ertak-qo‘shiqlari, qo‘g‘irchoq teatrining
an‘anaviy spektakllari bilan XVI asrda qo‘shilgan va o‘ziga xos musiqa ohangiga
ega bo‘lgan. Dzyorurida qissaga oid shakllar saqlanib qolgan. Dzyoruri matnlarida
hikoyachining personajdagi e‘tirozlarini va so‘zlarini ayrim hollarda ajratish qiyin.
XVII asr oxirida dzyorurini dramalashtitish an‘analari paydo bo‘ldi. Matnda
ko‘rsatilayotgan shaxsning xarakterlarini ko‘rsatib beradigan aniq dramatic
shakllar bo‘lgan. Yirik yapon dramaturgi Tikamatsu Mondzaemon o‘zining
ko‘pgina (140) pyesasini dzyururi shaklida yozgan (―Kokusenya kassen‖, ―Xeyke
Nyogo-ga sima‖ va boshqalar). Dzyorurining shakli Kabuki teatridan ko‘pgina
narsalarni o‘zlashtirib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: