O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Ikkinchi  bosqich  (1995-2000  yy.)
–  milliy  saylov  qonunchiligining  birinchi  bosqichda 
o‘tkazilgan  parlament  saylovlarida  to‘plangan  amaliy  tajribaga  muvofiq  saylov  tizimining 
demokratik  asoslarini  mustahkamlash  va  qonunlarga  tegishli  o‘zgartirishlar  kiritish  kabi 
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda 
ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi 
tuzish  talabidan  kelib  chiqib,  “O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  saylov  komissiyasi 
to‘g‘risida”gi  (1998  yil  30  aprel)  qonun  qabul  qilindi  va  mamlakatimiz  tarixida  ilk  bor 
demokratik  yo‘l  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  tuzildi.  Bundan 
tashqari,  deputatlikka  mustaqil  nomzodlarni  ilgari  surishni  kuchaytirish,  O‘zbekistonda 
ko‘ppartiyaviylik  va  siyosiy  fikrlar  xilma-xilligini  kuchaytirishga  keng  shart-sharoitlar  yaratish 
maqsadida  saylov  qonunchiligidan  “besh  foizlik  to‘siq”  haqidagi  qoida  chiqarib  tashlandi  va 
saylovchilar  tashabbuskor  guruhlarini  bevosita  nomzod  ko‘rsatish  huquqlari  mustahkamlandi. 
SHuningdek,  1999  yil  19  avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylovlar  hamda 
xalq  deputatlari,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylovlar  to‘g‘risidagi  qonunlarga  bir  qator 
jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 
Saylov  jarayoning  muhim  sub’ektlari  sanalgan  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  huquqiy 
tartibga  soluvchi  O‘zbekiston  Respublikasi  “Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida”gi  qonunni  1996 
yilning  dekabrida  qabul  qilinishi  1999  yilda  o‘tkazilgan  parlament  saylovlariga  yangi  huquqiy 
zamin  yaratdi
119
.  Siyosiy  partiyalarda  Oliy  Majlisda  o‘z  siyosatini  uyushgan  holda  o‘tkazish 
uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, 
siyosiy  partiyalar  saylov  tartib-qoidalariga  rioya  qilinishini  nazorat  etish  bo‘yicha  vakolatlari 
kengaydi va nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o‘z kuzatuvchilarini 
tayinlash huquqiga ega bo‘ldi.  
1999  yilda  o‘tkazilgan  parlament  saylovlarida  fuqarolar  ikkinchi  marotaba  bir  nechta 
nomzod orasidan o‘zlariga ma’qullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu 
saylovlarda  raqobat  yanada  kuchli,  saylovchilarning  nomzodlarga  talablari  esa  yanada  yuqori 
bo‘ldi.  
                                                           
119
Ўзбекистон  Республикасининг  1996  йил  26  декабрда  қабул  қилинган  “Сиёсий  партиялар  тўғрисида”ги  қонуни  // 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 1997. – № 2. – 36-модда. 


115 
 
Uchinchi  bosqich  (2000-2009  yy.)
  –
faol  demokratik  yangilanishlar  va  mamlakatni 
modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, 
qonunchilik,  sud-huquq  tizimi  va  ijtimoiy-gumanitar  sohalarni  izchil  isloh  qilishda  muhim  rol 
o‘ynagan  davr  bo‘ldi.Bu  davr  bevosita  ikki  palatali  Oliy  Majlis  tizimiga  o‘tish  bilan  bog‘liq 
saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil 
etadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  2000  yil  25  mayda  bo‘lib 
o‘tgan  Ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisining  ikkinchi  sessiyasidagi  “O‘zgarish  va  yangilanish  – 
hayot  talabi”  ma’ruzalarida:  “...  hayot  o‘zgarishi  bilan,  odamlarimizning  avvalgi  siyosiy  va 
ma’naviy  ongi  ulg‘ayishi  bilan,  bizning  parlamentimizning  tashkil  etilishida  ham,  uning 
faoliyatida  ham  o‘zgarishlar  bo‘lishi  tabiiy.  SHu  holatlarni  nazarda  tutib,  men  doimiy  asosda 
ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman”
120
 deb, ilgari surgan 
mazkur g‘oyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo‘g‘in 
bo‘ldi
121
.  Bunda  asosiy  e’tibor  quyi  palata  –  qonunchilik  palatasini  shakllantirishning  bosh 
prinsipi  asosan  partiyaviy  vakillik  prinsipi bo‘ldi. Bu  siyosiy  partiya  vakillarining o‘z  ijtimoiy-
siyosiy  qarashlarini  va  saylovlar  manfaatlarini  ifodalash  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratdi. 
Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari 
hamda  u  pog‘onali  saylovlar  asosida  shakllanishi  konstitutsiyaviy  qonunda  mustahkamlab 
qo‘yildi
122

Davlat  boshqaruvini  demokratlashtirish  va  yangilash  hamda  erkinlashtirish  sharoitida 
Prezident  vakolati  muddatini o‘zgartirilishi  va uning  ayrim  vakolatlarini  Senat  va  Bosh  vazirga 
o‘tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o‘z-o‘zidan saylov to‘g‘risidagi qonunlarning 
o‘zgarishiga  olib  keldi.  SHu  bois  2003  yilning  29  avgustida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisiga  saylovlar
123
  hamda  xalq  deputatlari viloyat,  tuman  va shahar  Kengashlariga  saylovlar 
to‘g‘risidagi  qonunlar  yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  SHunday  qilib,  ikki  palatali  parlamentga 
saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro 
standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm 
taraqqiyotining  milliy  xususiyatlari  e’tiborga  olindi.  Masalan,  2004  yilgi  saylovlarga  qadar 
saylov  qonunchiligiga  joriy  etilgan  eng  muhim  yangiliklar  qatorida  –  mahalliy  Kengashlarning 
deputatlikka  nomzodlar  ko‘rsatish  huquqi  bekor  qilinganligi,  siyosiy  partiyalar  deputatlikka 
nomzodlar  ko‘rsatganida  xotin-qizlar  uchun  kvota  belgilangani,  shuningdek  saylovoldi 
tashviqotini  olib  borishda  partiyalar  faoliyatini  moliyalashtirish  masalasining  hal  etilganligini 
alohida  ta’kidlab  o‘tish  kerak.  2004  yil  30  aprelda  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish 
to‘g‘risida”gi  qonun  esa  partiyalarga  saylovoldi  kurashini  faol  va  saylovchilar  uchun  qiziqarli 
tarzda o‘tkazishlariga qo‘shimcha imkon yaratdi
124

                                                           
120
Каримов И.А. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т. 8. – Тошкент: Ўзбекистон, 2000. – 
Б. 483. 
121
Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  “2002  йил  27  январдаги  Ўзбекистон  Республикаси  референдуми 
якунлари бўйича қонунчилик фаолиятини асосий йўналишлари тўғрисида”ги қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий 
Мажлисининг аxборотномаси. – 2002. – № 4–5. – 61-модда. 
122
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати тўғрисида”ги конституциявий 
қонуни //Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. –2002. – № 12. – 213-модда. 
123
Ўзбекистон  Республикасининг  1993  йил  28  декабрда  қабул  қилинган  “Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисига 
сайлов тўғрисида”ги қонуни янги таҳрири // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, 2003. – № 9–
10. – 132-модда. 
124
Ўзбекистон  Республикасининг  “Сиёсий  партияларни  молиялаштириш  тўғрисида”ги  қонуни  //  Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – № 5. – 86-модда. 


116 
 
Bundan  tashqari,  2008  yil  19  noyabrda  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan 
“Saylov  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston 
Respublikasining  ayrim  qonunlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonun 
saylov  jarayonining  huquqiy  asoslarini  yanada  rivojlantirdi.Ushbu  qonunga  muvofiq,  Oliy 
Majlisning  Qonunchilik  palatasidagi  deputatlik  o‘rinlari  sonini  120  tadan  150  taga  oshirildi. 
Bunda  135  ta  o‘rinni  siyosiy  partiyalardan  ko‘ppartiyaviylik  asosida  bir  mandatli  okruglarda 
saylanadigan  deputatlar  egallaydi.  O‘zbekiston  ekologik  harakatidan  esa  Qonunchilik 
palatasining  o‘n  besh  deputati  mazkur  harakatning  oliy  organi  (Konferensiyasi)  tomonidan 
Markaziy  saylov  komissiyasi  belgilaydigan  muddatlarda  saylanadigan  bo‘ldi.  SHuningdek, 
jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  yuz  berayotgan  real  jarayonlarda  siyosiy  partiyalarning  roli 
kuchayib  borayotganligi  inobatga  olinib  saylovchilarning  tashabbuskor  guruhlaridan 
deputatlikka  nomzodlar  ko‘rsatish  instituti  bekor  qilindi.  SHuningdek,  deputatlikka 
nomzodlarning  ishonchli  vakillari  soni  5  nafardan  10  nafarga  oshirildi.  Saylovga  tayyorgarlik 
ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni 
ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish