O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

bir tomondan
 saylov tizimining asosiy 
prinsiplarining  konstitutsiyaviy  mustahkamlanishi  saylov  huquqi  bo‘yicha  umumiy  tan  olingan 
xalqaro  andozalarga  rioya  qilinishini  kafolatlasa,  ikkinchi  tomondan,  mazkur  konstitutsiyaviy 
qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi.  
Mustaqqillik davrida O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablar, ilg‘or xorijiy 
yuridik  tajriba  va  milliy-tarixiy  an’analar  hamda  konstitutsiyaviy  prinsiplar  asosida  milliy 
saylov  qonunchiligi  tizimi  yaratildi.  Uning  asosiy  qoidalari  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  maxsus  XXIII  bobida,  shuningdek  alohida  qabul  qilingan  “O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‘g‘risida”gi  (1991  yil  18  noyabr),  “O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g‘risida”gi  (1993  yil  28  dekabr),  “Xalq  deputatlari 
viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi  (1994  yil  5  may),  “Fuqarolar 
saylov  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  (1994  yil  5  may),  “O‘zbekiston 
Respublikasining  Markaziy  saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi  (1998  yil 30  aprel)  qonunlarda 
o‘z aksini topdi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
demokratik  islohotlarning  uzviy  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  ma’muriy-buyruqbozlikka  asoslangan 
totalitar  tuzumdan  demokratik  huquqiy  davlat  va  adolatli  fuqarolik  jamiyati  qurish  sari 
qo‘yilgan qadamdir. 
Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning 
fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin: 
Birinchi  bosqich  (1991-1995  yy.)
  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul 
qilinishi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi,  bir  palatali  Oliy  Majlisni 
ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi. 
Bu  davrda  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‘g‘risida”gi  (1991  yil  18 
noyabr),  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  (1992  yil  8  dekabr),  “O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylovlar  to‘g‘risida”gi
118
  (1993  yil  28  dekabr),  “Xalq  deputatlari 
viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi  (1994  yil  5  may),  “Fuqarolar 
saylov  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  (1994  yil  5  may)  qonunlarning  qabul  qilinishi 
                                                           
117
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2012. – 40 Б. 
118
Ўзбекистон  Республикаси  “Ўзбекистон  Республикасининг  Олий  Мажлиси  тўғрисида”ги  конституциявий  қонуни  // 
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1994. – № 10. – 250-модда. 


114 
 
umume’tirof  etilgan  taomoyillar  asosida  ko‘ppartiyali,  muqobil  saylovlarni  tashkil  etishning 
huquqiyasosini yaratdi. 
Bu  bosqichda  1994  yil  5  mayda  muhim  hujjat  –  “Fuqarolar  saylov  huquqlarining 
kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonun  qabul  qilinganligi  fuqarolarning  saylov  huquqlarini  amalga 
oshirish  va  ularning  o‘z  xohish-istaklarini  erkin  ifodalash  mexanizmini  huquqiy  jihatdan 
mustahkamlab berdi. 
YAngi  saylov  qonunchiligi  amaliyotda  1994  yilda  ko‘ppartiyalilik  asosida  o‘tkazilgan 
parlament  saylovlarida  sinab  ko‘rildi.  Uning  natijasida  birinchi  chaqiriq  Oliy  Majlis  uchta 
siyosiy  partiya,  hokimiyat  vakillik  organlari,  tashabbuskor  guruhlar  tomonidan  ko‘rsatilgan 
nomzodlar  asosida  saylangan  deputatlardan  shakllandi.  SHu  asosda,  konstitutsiyaviy-huquqiy 
mexanizmlar  orqali  yagona  partiyaning  “etkachilik  roli”ga  asoslanuvchi  “sho‘ro”  siyosiy 
tizimidan  demokratik  shakllangan,  ko‘ppartiyaviylikka  tayanadigan  milliy  parlament  vujudga 
keldi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish