O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

 
6.
 
Jamoatchilik nazoratining shakllari 
Fuqarolik  jamiyati  shakllanishida  fuqarolik  jamiyati  barcha  institutlarining  o‘zaro 
aloqadorlikda  ishlashi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jamoatchilik  nazoratining  maqsadi  davlat 
hokimiyati  organlarining  aholi  oldidagi  barcha  majburiyatlarini  qanday  bajarayotganliklarini 
nazorat  qilishdan  iborat.  Mamlakatni  modernizatsiyalash,  korrupsiyaga  qarshi  kurash 
kuchaytirilayotgan  hozirgi  sharoitdajamoatchilik  nazoratining  roli  beqiyos  darajada  ortadi. 
Jamoatchilik  nazoratini  kuchaytirish  mamlakatda  qonunchilikni  ta’minlashning  kafolati 
vazifasini  bajaradi.  Davlat  hokimiyati  organlari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazorati  turli 
ko‘rinish, shakl va usullar yordamida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazorati turlari va shakllarini to‘la 
va chuqur anglash uchun quyidagi holat va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilish lozim: 
-  davlat  hokimiyat  organlari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazorati  tushunchasining 
mazmun va mohiyatini tahlil qilish: 
- jamoatchilik nazoratini tartibga solib turuvchi hujjatlarni tahlil qilish:  
-  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  jamoatchilik  nazorati  olib  borishdagi  amaliy 
faoliyatlarini tahlil qilish. 
Jamoatchilik  nazorati  muayyan  shakllarda  olib  boriladi.  Jamoatchilik  nazorati  shakllari 
xilma xil bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar: 


222 
 
- jamoatchilik ekspertizasi; 
- jamoatchilik monitoringi; 
- jamoatchilik tinglovi; 
- jamoatchilik surishtiruvi; 
- jamoatchilik muhokamasi; 
- jamoatchilik kuzatuvi. 
Jamoatchilik  nazoratining  hozirgi  sharoitda  bizning  mamlakatimizda  eng  ko‘p 
qo‘llanayotgan  shakllaridan  biri  jamoatchilik  tinglovidir.  Mazkur  shakl  ijtimoiy  ahamiyatga 
molik bo‘lgan u yoki bu muammoni hal qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini o‘zaro 
kelishtirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik tinglovi quyidagi maqsadlarni ko‘zlab o‘tkaziladi: 
-
 
ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan muammolarni aniqlash va muhokama qilish; 
-
 
mazkur muammoni hal qilishdan manfaatdor bo‘lgan tomonlarni aniqlash; 
-
 
manfaatdor  tomonlarning  mazkur  muammo  bo‘yicha  mavqeini  qayd  qilish  va  barcha 
tomonlar uchun maqbul bo‘ladigan qaror variantini ishlab chiqish. 
Jamoatchilik  tinglovi  ishtirok  etayotgan  barcha  tomonlarning  o‘z  fikr  va  dalillarini  bayon 
qilishini ko‘zda tutadi. Bunda ular muhokama qilinayotgan masalaga aloqador bo‘lgan hujjatlar 
bilan tanishib chiqadi.  
Jamoatchilik tinglovining ishtirokchilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:  
-
 
mazkur  muammoni  kun  tartibiga  qo‘yishda  tashabbus  ko‘rsatgan  tomon  (investor, 
tayyorlangan loyiha mualliflari); 
-
 
mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining,  ma’muriyat,  davlat  nazorat  idoralarining 
vakillari; 
-
 
muhokama  qilinayotgan  masaladan  manfaatdor  bo‘lgan  jamoatchilik,  shu  jumladan, 
jamoat tashkilotlarining vakillari. 
Jamoatchilik  tinglovini  tashkil  etish  va  o‘tkazishga  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish 
organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  jamoat  tashkilotlari  va  birlashmalarining 
vakillari jalb etilishi lozim.  
Jamoatchilik tinglovining ob’ekti jamiyatda vujudga kelgan muammoni hal qilish bo‘yicha 
tayyorlangan  loyiha  bo‘lishi  mumkin.  Mabodo,  loyiha  tarkibida  yopiq  ma’lumotlar  mavjud 
bo‘lsa, loyiha mualliflari jamoat tinglovi uchun alohida ma’ruza tayyorlashadi. SHu bilan birga, 
muammoni  hal  qilish  bo‘yicha  tayyorlangan  hujjatning  qisqacha  mazmuni  ko‘pchilik  uchun 
tushunarli bo‘lgan sodda tilda tayyorlangan bo‘lishi zarur. 
Mamlakatimizda  jamoatchilik  nazoratining  eng  ko‘p  tarqalgan  ko‘rinishlaridan  biri  tuman 
va  shaharlarda  mahalliy  hokimiyat  organlari  rahbarlari,  xususan  hokimlarning  hudud  aholisi 
oldida  muayyan  davr  (chorak,  yarim  yil  yoki  yil)  davomida  rejalarning  qanday  bajarilayotgani 
to‘g‘risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatadigan 
barcha  tashkilot  va  muassasalarning  rahbarlari  hozir  bo‘lishadi.  Tinglov  davomida  erishilgan 
yutuqlar  bilan  bir  qatorda  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklar,  rejadan  orqada  qolish,  ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning  to‘laligi  va  sifati  singari  masalalar  ham  muhokama  qilinadi.  Bunday  tinglovlar 
mamlakatimizdagi barcha hududlarda an’ana tusini oldi. 


223 
 
Jamoatchilik tinglovi yakunlari bo‘yicha tashkilotchiquyidagi vazifalarni bajarishi zarur: 
-
 
 qaror  loyihasi  bo‘yicha  tayyorlangan  hujjatga  tinglov  jarayonida  bildirilgan  taklif  va 
mulohazalar asosida tegishli o‘zgarishlar kiritish; 
-
 
 jamoatchilik tinglovi natijalarini hujjatlashtirish. 
Jamoat tinglovining asosiy hujjatlari quyidagilar: muhokama qilinayotgan loyiha, berilgan 
savollar  hamda  takliflar,  ularga  berilgan  javoblar;  jamoatchilik  tinglovining  bayonnomasi; 
tomonlarning kelishmovchiligi qayd etilgan yakuniy hujjat; loyihaga tinglov natijasida kiritilgan 
o‘zgarishlar ro‘yxati. 
Jamoat  tinglovining  yakunlovchi  hujjatini  ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon  qilish 
tavsiya etiladi  
Jamoatchilik tinglovi muammoga ekspertlarni jalb qilish, tinglov haqida ommaviy axborot 
vositalarida e’lon berish, jamoatchilik tinglovini o‘tkazadigan joyni ijaraga olish kabi moliyaviy 
mablag‘larni  talab  etadigan  masalalar  bilan  bog‘liq.  Odatda,  tegishli  moliyaviy  mablag‘  bu 
muammoni  hal  qilishdan  manfaatdor  tomon  va  hal  qilish  uchun  buyurtma  bergan  buyurtmachi 
yoki  investor  tomonidan  qoplanadi.  SHuningdek,  qo‘shimcha  mablag‘lar  (xayriya  mablag‘lari, 
jamoat tashkilotlari a’zolaridan tushgan badallar) ham jalb qilinishi mumkin.  

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish