O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

4.
 
 Jamoatchilik nazorati tizimi 
Jamoatchilik  nazorati  juda  qadim  zamonlardan  buyon  mavjud.  Masalan,  ibtidoiy  jamoada 
shaxs  xulqini  jamoa  nazorat  qilgan.  Agar  shaxs  xulq-atvorida  jamoa  tomonidan  qabul  qilingan 
me’yorlardan  og‘ish  bo‘lsa,  jamoa  a’zolari  turli  sanksiyalar  yordamida  uning  xulqini  tegishli 
tomonga o‘zgartirgan. 
O‘zbekistonda  qadimdan  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  bo‘lgan  mahalla  nazoratchilik 
funksiyalarini  ham  bajargan.  Bunday  funksiyani  mahalla  jamoasi  yuqoridan  tushirilgan 
farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan. 
Jamoatchilik  nazorati  uzoq  tarixga  ega  bo‘lsa  ham,  uni  ilmiy  tushuncha  sifatida  fanga 
ijtimoiy  psixologiyaning  asoschilaridan  bo‘lgan  T.Tard  olib  kirdi.  Uning  talqinida  mazkur 
tushuncha  jinoyatchining  xulq-atvorini  me’yoriy  qoidalar  doirasiga  qaytarish  uchun 
qo‘llaniladigan  usullar  majmuini  ifodalagan.  Keyinroq,  bu  tushunchaning  mazmuni  ancha 
kengaydi.  Bunday  kengayish  amerikalik  sotsiologlar  E.Ross  va  R.Park  tadqiqotlari  tufayli  yuz 


218 
 
berdi.  Ularning  talqinida  jamoatchilik  nazorati  individga  uning  xulq-atvorini  ijtimoiy 
me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi. 
Amerikalik  sotsiolog  T.Parsons  tavsifida  jamoatchilik  nazorati  sanksiyalar  yordamida 
deviant  xulq-atvorga  ta’sir  o‘tkazish  orqali  uni  me’yoriy  holatga  keltiradi  va  ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.  
YUqoridagilardan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  jamoatchilik  nazorati  ijtimoiy  tizimning 
o‘zini  o‘zi  tartibga  solish  usulidir.  Mazkur  usul  huquqiy  me’yorlar  yordamida  hamda  mazkur 
tizimning  tarkibiy  qismlari  orqali  tartib  va  barqarorlikni  ta’minlash  maqsadida  o‘tkaziladi. 
Jamoatchilik  nazoratining  xarakteri,  mazmuni,  yo‘naltirilganligi  mazkur  ijtimoiy  tizimning 
xarakteri,  mohiyati  va  tipi  bilan  belgilanadi.  Jamoatchilik  nazorati  ibtidoiy,  arxaik  jamiyatlarda 
hozirgi  rivojlangan  industrial  jamiyatlardagiga  nisbatan  mutlaqo  o‘zgacha  xususiyatga  ega 
bo‘ladi.  Arxaik  jamiyatlarda  u  sodda  tuzilmaga  ega  bo‘lsa,  industrial  jamiyatlarda  murakkab 
tizim sifatida namoyon bo‘ladi.  
Sanksiyalar  ―  jamoatchilik  nazoratining  elementi.  Alohida  shaxslar  va  ijtimoiy 
guruhlarning xatti-harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar 
tizimini  yaratgan.  Sanksiyalar  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  alohida  shaxs  va  ijtimoiy  guruhlar, 
muassasa  va  tashkilotlarning  xatti-harakatiga  munosabatdir.  Ijtimoiy  sanksiyalar  tizimining 
vujudga  kelishi  tasodifiy  hol  emas.  Me’yorlar  jamiyat  qadriyatlarini  himoya  qilish  maqsadida 
yaratilgan bo‘lsa, sanksiyalar ijtimoiy me’yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun 
xizmat  qiladi.  Me’yor  sanksiya  yordamida  himoya  qilinmasa,  unga  odamlar  amal  qilmay 
qo‘yadi.  
Sanksiyalar  moddiy  va  ma’naviy  bo‘lishi  mumkin.  Moddiy  sanksiyalar  vazifasini  jarima, 
mol-mulkni  musodara  qilish  kabilar  bajaradi.  Ma’naviy  sanksiyalar  esa  tanqidiy  fikr,  xayfsan, 
kesatiq,  piching,  izza  qilish  kabi  shakllarda  bo‘lishi  mumkin.  Fuqarolik  jamiyati  institutlari 
ma’muriy  va  huquqiy  sanksiyalarni  qo‘llash  vakolatiga  ega  emas.  Ular  faqat  ma’naviy 
sanksiyalarni  qo‘llashi  mumkin.  Lekin  o‘rinli  va  to‘g‘ri  qo‘llangan  ma’naviy  sanksiyalarning 
kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan kam bo‘lmasligi mumkin. 
YUqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, me’yorlar va sanksiyalar bir 
butunlikni  tashkil  qiladi.  Birorta  me’yor  tegishli  sanksiyalarga  ega  bo‘lmasa,  u  odamlar  va 
ijtimoiy  guruhlarning  xulq-atvoriga  ta’sir  o‘tkaza  olmaydi.  Bunday  me’yor  shior,  chaqiriq 
bo‘lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi. 
Alohida  shaxs  yoki  ijtimoiy  guruh  ijtimoiy  me’yorlarga  bo‘yinsunishni  istamasa  yoki 
ularni  chetlab  o‘tishga  harakat  qilsa,  jamiyat  majburlash  choralarini  qo‘llaydi.  Hozirgi 
jamiyatlarda  majburlash  orqali  nazorat  qilishning  qat’iy  ishlab  chiqilgan  qoida  va  tizimlari 
mavjud. Mazkur tizimlar me’yorlardan og‘ishning tiplari va darajasiga ko‘ra, mutanosib ravishda 
qo‘llanadigan sanksiyalar yig‘indisidan iborat.  
5.
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish