4.1. Ijtimoiy siyosatning mohiyati
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlangan, yigirma to‗rt yildan
ortiq vaqt davomida izchil amalga oshirib kelinayotgan keng qamrovli
islohotlar, sa‘y-harakatlar zamirida ulug‗ maqsad yotibdi. Bu ham
bo‗lsa, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdir.
2011-yilning yanvar oyida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi ―BMT ming yillik maqsadlarini O‗zbekistonda amalga
oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ maxsus qaror
qabul qildi. Unda O‗zbekistonda BMTning ming yillik rivojlanish
maqsadlariga muvofiq aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan
yuksaltirish uchun zarur bo‗lgan qo‗shimcha choralarni amalga oshirish
maqsadida vazirliklar, idoralar, markaziy va mahalliy hokimiyat
organlarining
mamlakatimizda
inson
salohiyatining
muttasil
rivojlanishini ta‘minlashga qaratilgan kompleks harakat dasturi
belgilangan.
Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko‗ra, jamiyatning rivojlanishi
markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar emas, balki, avvalo, inson
turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining
bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning
tabiiy, jamiyatda umume‘tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan
ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori
turmush darajasiga erishish demakdir.
66
Turli jamiyatlar, millat va xalqlarning dunyoqarashi, madaniyati,
qadriyatlari turlicha bo‗lsa-da, barcha joyda ―turmushning yuksak
darajasi‖ deganda, qarashlar o‗xshash bo‗ladi. U oilaviy farovonlik,
salomatlik, uzoq umr ko‗rish, moddiy farovonlik, ma‘lumotning yuqori
sifat darajasi, nafaqat salmoqli daromad, balki mehnatdan ma‘naviy
qoniqish, jamoatchilik orasida obro‗ orttirish, xavfsizlik, madaniy hordiq
kabi tushunchalarni qamrab oladi. Odamlar har doim shaxs va fuqaro
sifatida o‗z dunyoqarashini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‗lishni,
jamiyat hayotida ishtirok etishni, huquq va erkinliklarining hurmat
qilinishini, fikrlari e‘tiborga olinishini har doim qadrlab kelishgan.
Ijtimoiy siyosat ijtimoiy ta‘limot asosida ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi. U ijtimoiy muammolarni hal etish, resurslar va ijtimoiy
maqsadlarga erishishning samarali yo‗llarini qidirish kabi chora-
tadbirlar yig‗indisi ko‗rinishida bo‗lishi mumkin.
Ijtimoiy siyosatning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini
oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta‘minlaydigan
mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida
ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratish.
Ijtimoiy siyosat - ijtimoiy masalalarni yechish maqsadida butun
aholini, barcha xo‗jalik va boshqaruv tuzilmalari subyektlari kuchini
birlashtirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyati.
U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin
ishtirok etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi
(qonunchilik, dasturiy-maqsadli, moddiy-moliyaviy va h.k.). Shuning
uchun ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi
integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi, huquq, ijtimoiy standartlar,
iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya, demografiyani o‗z ichiga
oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shu narsa e‘tirof etiladiki,
inson taraqqiyotini baholash quyidagi prinsiplar va uchta komponentga
asoslanadi:
67
1. Farovonlik. Inson taraqqiyoti faqatgina ijtimoiy siyosat sohasi
bilan cheklanadi, deb o‗ylash xato bo‗ladi. Iqtisodiy rivojlanishsiz,
iqtisodiy salohiyatni oshirmasdan, odamlarning ehtiyojlarini qondirish
va imkoniyatlarini kengaytirishga erishib bo‗lmaydi. Inson taraqqiyoti
konsepsiyasini faqat ta‘lim va sog‗liqni saqlash, gender rivojlanishi va
qashshoqlikka qarshi kurash ko‗rsatkichlari kabi ijtimoiy mezonlar
statistikasi asosida tahlil qilish noto‗g‗ri. Ushbu ma‘lumotlar jamg‗arish
va investitsiyalar, ishlab chiqarish va iste‘mol qilish, savdo va
texnologiyalar kabi ko‗rsatkichlarsiz inson taraqqiyoti haqida to‗liq
tasavvur xosil qilish imkonini bermaydi. Jamiyatning rivojlanishi
odamlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish uchun
resurslardan foydalanish optimalligiga ko‗ra baholanadi. Shu sababli,
inson taraqqiyotining bosh uch komponentidan bittasi farovonlik
hisoblanadi.
2. Huquq va imkoniyatlarning kengayishi. Inson taraqqiyotining
darajasi rivojlanish masalalarini hal qilishda insonning o‗zi qanchalik
ishtirok etayotgani bilan ham belgilanadi. Axir u rivojlanishning nafaqat
obyekti, balki subyekti hamdir.
3. Adolat. Jamiyatning rivojlanish darajasi imkoniyatlar tengligiga,
ya‘ni ushbu jamiyatda aholining turli individ va guruhlari o‗rtasida
huquq va majburiyatlar taqsimlanishi adolat prinsipiga ko‗ra baholanishi
kerak. ―Imkoniyatlar tengligi‖ mavhum tushuncha emas. U aniq, real
hamda huquqiy va iqtisodiy ta‘minlashni talab qiladi. Uning mohiyati
shundaki, jamiyatda muayyan belgiga, shu jumladan, jinsiga ko‗ra,
huquqiy va iqtisodiy kamsitish, ko‗proq yoki kamroq imtiyozlarga ega
etnik guruhlar, ekspluatatsiya qilinuvchi sinflar bo‗lmasligi kerak.
Nogironlarga tizimli yordam alohida e‘tiborni talab etadi. Bunday
adolatni o‗rnatish omillari orasida qonunchilikda mustahkamlangan va
amaliyotda qo‗llanadigan siyosiy huquq va erkinliklar, sog‗liqni saqlash
va ta‘lim tizimidan foydalanish, mikromoliyalash tizimi orqali ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‗llab-quvvatlash va boshqalar mavjud.
68
Shunday qilib, inson taraqqiyotining umumiy e‘tirof etilgan
uchinchi komponenti – ijtimoiy adolat, natijalarning barqaror
ta‘minlangani, inson huquqlarini hurmat qilish hisoblanadi. Inson
taraqqiyoti konsepsiyasi, iqtisodiy o‗sish nazariyasidan farqli o‗laroq,
ijtimoiy taraqqiyotga uzoq muddatli jarayon sifatida qaraydi. Faqatgina
bugun yashayotgan insonlar ehtiyojini qondirish haqida o‗ylash bilan
cheklanmasdan, kelajak avlodlar uchun munosib hayotni ta‘minlash
haqida ham fikr yuritish zarur.
Inson taraqqiyoti konsepsiyasi – bu samarali va barqaror iqtisodiy
o‗sishni ta‘minlash hamda uni mantiqiy yakuniga izchil ravishda
yetkazish, ya‘ni odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy
va siyosiy huquq va erkinliklarini ro‗yobga chiqarish, bugungi va
kelgusi avlodlarning ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishdir .
Bugungi kunda mamlakatimizda inson omilining hal qiluvchi kuch
sifatida amal qilishi va izchil ravishda rivojlanib borishi uchun real
shart-sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ahamiyatga
molik o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Biz o‗z oldimizga qo‗yayotgan
maqsad esa barchamizga yaxshi ma‘lum – bu zamonaviy rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib turmush
sharoitini yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib o‗rin
egallashini ta‘minlashdan iborat .
O‗zbekiston hukumati o‗z zimmasiga, mamlakatimizda kam
ta‘minlangan toifa miqdorini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida
insonparvarlik prinsiplarining yanada rivojlanishiga ko‗maklashish
maqsadida, ming yillik rivojlanish maqsadlari borasida ma‘lum bir
majburiyatlarni o‗z zimmasiga olgan. Xalqaro miqyosda hamjamiyat,
shu jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy
yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan
hamkorlik qilish orqali ko‗maklashishga hozirligini izhor etadi.
O‗zbekistonning 2015-yilgacha bo‗lgan davrdagi vazifasi kam
69
ta‘minlangan aholi hissasini 50 foizga qisqartirishdan iborat.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‗naltirilgan
maqsadli chora-tadbirlar hamda yuksak iqtisodiy o‗sish va bandlik
sur‘atlari aholi farovonligini oshirishni ta‘minlamoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi
daromadlari tarkibida qator o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Birinchidan,
daromad shakllari o‗zgardi, ya‘ni uning an'anaviy turlari (ish haqi,
pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari – tadbirkorlik
faoliyatidan, ko‗chmas mulkdan, qimmatli qog‗ozlardan, chet el
valyutasidan
keladigan
daromadlar
qo‗shildi.
Ikkinchidan,
daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‗zgardi, bu
borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‗planish va ajralish
koeffitsiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik
darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va
kategoriyalar
paydo
bo‗ldi.
Uchinchidan,
daromadlardan
foydalanishning yangi yo‗nalishi paydo bo‗ldi: majburiy to‗lovlar va
badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‗ozlar va shaxsiy mulkni sotib
olish
uchun
xarajatlar,
tijorat
banklariga
qo‗yilmalar
shular
jumlasidandir.
Ta‘kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori
bo‗lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam
olishini tashkil etish, ma‘lumot olish, bo‗sh vaqtlarini madaniy tarzda
o‗tkazish bo‗yicha imkoniyatlari shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Har qaysi inson millati, tili va dinidan qat‘i nazar, bu dunyoga baxtli
yashash uchun dunyoga keladi. Bunday yuksak orzuga yetishning sharti
va garovi bo‗lgan omillar ko‗p. Lekin ular orasida hayotimizga ma‘no-
mazmun beradigan, uni yanada yorug‗ va fayzli qiladigan bir omil borki,
u ham bo‗lsa, odamning o‗z uyi, o‗z yurtini har tomonlama go‗zal va
obod qilib, shundan o‗zi ham mamnun bo‗lib, rozi bo‗lib yashashida
yaqqol namoyon bo‗ladi.
70
1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |