Jamoa etakchisi.
Odatda, etakchilik xaqida gapirilganda, u yoki bu shaxsning
aloxida boshqalarda bo‗lmagan o‗ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Kishi
o‗zida «
etakchilik
» sifatlarini shakllantirib, «sardor»ga aylanish mumkin. Bu
sifatlar nimalardan iborat? Deyliq bir odam sport zaliga kelib, trenerdan kuchli
bo‗lish uchun nima qilish kerakligini so‗raydi. Trener shtanga ko‗tarishni maslaxat
beradi. SHamolday tez yugurishni istaganlarga esa ―yugur!‖ deydi. Aniq yo‗nalish
berilgandan so‗nggina g‗alabaga intilish iroda, qat‘iyat, muntazam va ilmiy
asoslangan mashg‗ulotlar xaqida gapiriladi.
Begona davraga kelib qo‗shilgan odam u erda kim xo‗jayinligini darrov
payqaydi. Uning buni qanday ilg‗aganligini sharxlash mushqo‗l. Nima bo‗lganda
ham intuitsiya va davradagilar allaqachon ko‗nikib qolgan tashqi belgilar kishiga
pand bermaydi. Demaq etakchini quyidagi belgilariga ko‗ra ajratib olish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |