KIRISH
Taraqqiyot qanchalik tezkor bo‗lmasin, hozirda muloyim tabassum, iliq qo‗l
olishish, chin yurakdan olib borilgan suhbatning ilgaridan ham ko‗proq qadri
oshmoqda. Madaniy muomala - bu oila baxti, hayot go‗zalligi va ilhombaxsh mehnat
garovidir. Aytilishicha, «qilish oson bo‗lgan, lekin yuqori baholanadigan narsa - muloyim
iliq muomaladir». Muloyim iliq so‗z kishiga najot, tetiklik bersa, qo‗pol so‗z esa
kishini izdan chiqaradi. Bekorga xalqimiz «YAxshi so‗z bilan ilon inidan, yomon
so‗z bilan musulmon dinidan chiqadi», demagan.
Ta‘lim-tarbiyada mayda-chuyda narsa bo‗lishi mumkin emas. qariyalarga,
ayollarga behurmatlik jamoat joylarida qilingan qo‗polliklarga befarq qarab bo‗lmaydi.
Albatta, muloyim muomala, sof qalb, chiroyli xulq-atvorni o‗rganib bo‗lmaydi. Ichki
madaniyatni rivojlantirish yuksak insoniy sifatlarni shakllantiruvchi tarbiyaviy ishlar
majmuasidan o‗rin olishi kerak Insonning xulq-atvori uning ko‗zgusi, - deyiladi.
SHunday ekan, kishining har bir ishida qalbining go‗zalligi, sof tuyg‗ulari, yuksak
g‗oyasi va madaniyati ko‗rinib turishi lozim.
V.Solouxin o‗zining «SHartlilik haqida shartlashib olaylik» maqolasida shunday
yozadi: «Mening ham boshqalar singari yaxshi o‗qituvchilarim bo‗lgan. Ular
menga geografiya, fizikadan hamda Turgenev o‗z davri dvoryan tuzumini fosh
qilganligidan ilm berishgan. Lekin hech kim, hech qachon jamiyatda o‗zimni
qanday tutishim kerakligini o‗rgatgan emas. Zinadan ko‗tarilayotganda yoki
tushayotganda sakrab yurish xunukligi, ayol kishi bilan suhbat chog‗ida qo‗lni
cho‗ntakda ushlash yaxshi emasligini o‗rgatmagan.
SHuningdek, har bir soha kasb egasi professional etiketga ega bo‗lishi zarur.
Xorijiy mutaxassislarimiz qachonki kasb sanaladi, quyidagi qoidalarga amal qilsa,
deya izoh berishadi
1
:
1.
Sohasi va yo‗nalishi, ya‘ni mutaxassisligi bo‗yicha yig‗ilgan shaxslar
(masalan, kutubxonachilar, shifokorlar, axborot texnologiyalari sohasi vaqillari va
boshqalar).
1
http://ethics.iit.edu/teaching/professional-ethics.
8
2.
Kasbiy sohaga yo‗naltirilgan alohida maxsus stardart asosida ish olib
boradiganlar.
Madaniyatli o‗lish har birimiz uchun zarurdir. Misol keltiraylik: keksa, ajoyib
madaniyatli ayol bilan kechqurun ko‗chada uning ukasini kutayotgan vaqt...
Anvarjon «Kelayotgan ukangiz emasmi? - deb so‗raganida, ayol - yo‗q, mening
ukam qo‗llarini cho‗ntagiga solib yurishi mumkin emas», - degan.
O‗qituvchilarimdan hech kim, - deb eslaydi Solouxin, - ayol bilan
uchrashganda birinchi bo‗lib qo‗l berish mumkin emasligi, agar ayol lozim ko‗rib
qo‗lini o‗zatsagina, qo‗l o‗zatish kerakligini aytgan emas».
Kechki ovqatga taklif etilgan ajoyib yigit dasturxon atrofida tarog‗ini olib
sochini taray boshlaydi. SHu bois uni boshqa mehmonga taklif etmay qo‗yadilar.
Erkaklardan boshqa biri shunday vaziyatda, ayollardan oldinroq dasturxon atrofiga
o‗tirib
olgan.
Xullas,
jamiyatda
o‗zini
qanday
tutish
kerakligiga
o‗rgatilmaganligimizga yuzlab misollar mavjud.
Aytilganlar tarbiyaning tashqi belgilaridir. Tarbiya to‗g‗risida so‗z ketganda
nutq, uning sofligi va go‗zalligi to‗g‗risida ham aytish lozim. Suhbatdoshingizni
oxirigacha, so‗zini bo‗lmay, har tomonga qaramay, boshqalarni chalg‗itmay
eshitish ham madaniyat belgisidir.
Har bir inson odamlar orasida o‗sadi, ulg‗ayadi, hayot kechiradi, o‗zining
butun hayoti va faoliyati davomida har xil toifadagi ko‗plab insonlar bilan
muloqatda bo‗ladi. U insonning o‗z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish
zaruratidan kelib chiqadi.
Axloq - inson va jamiyat o‗rtasidagi ob‘ektiv aloqadorlik tufayli kelib
chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har
bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan
xulq-atvor, odob, xatti-harakat normalarning majmuidir. ―Axloq normalari iborasi
odatda oldindan so‗z, yaxshi yoki yomon, ijtimoiy jihatdan ko‗rsatilgan xulq-atvor,
har bir madaniyat uchun turli xulq-atvorlar yig‗indisini tashqil etadi‖
2
.
2
Richerson and Boyd, "The Evolution of Human Ultra Sociality", In press: I. Eibl-Eibisfeldt and F. Salter, eds.
Ideology, Warfare, and Indoctrinability, 1997.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |