6-MAVZU. BIZNESMEN ETIKETI
1.
Ishbilarmonlar etiketi
2.
Bizness etiket: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‗zlash
3.
Xalqaro biznes etiket
4.
Xizmat munosabatlari etiketi
Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbir biznesda
etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‗rtasidagi
hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi.
Tadbirkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni bo‗zish mumkin emas. Ishdagi
qaltislik qonunni hatlab o‗tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‗q.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan
daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufo‗zga ega
bo‗lish, firma yoki tashqilotning mustahkamlash uchun pul jamg‗armasini yaratish.
Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emasliq tezda pul topish ilinjida
savodsiz intilishlar, pullarga noto‗g‗ri munosabat, firmaning raqobatbardoshligini
oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan foydalanishning
muhimligini anglamaslikda namoyon bo‗lishi mumkin.
Bular marketing ma‘lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarning, sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‗qligi;
80
muvaffaqiyatsiz reklama; iste‘molchi va haridor talablari borasidagi ma‘lumotlar
to‗plamiga ega bo‗lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish
bayonnomasi, savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va
hududiy ruhiyatining xususiyati borasida mo‗rt nishonga ega bo‗lish; atamalar va
til masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menedjment,
marketing, kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega
bo‗lmaslik; hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va
tadbirkorlar qo‗llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir.
Barcha bug‗olterlik sohasidagi mutaxassislar xorijiy hamkasblarimiz jamoat
bilan fikrlashganda insonlarga nisbatan hurmat va xushmuomala bo‗lish kerak, deb
hisoblashadi. Birinchi darajada moliya mutaxassislari insonlarga xizmat qilishda
madaniyatli xulq-atvorga ega bo‗lishi va oliy darajada xizmat ko‗rsatish zarur, deb
hisoblashadi
27
.
Hayot fazosi bo‗lmish bozor taraqqiyotini o‗zlashtirar ekanlar, tadbirkorlar bir
narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq bo‗lgan tadbirkorlardan
faqat 10-15%igina muvaffaqiyatga erishadilar.
Muvafaqqiyatga faqat o‗zining ijodiy jihatdan iste‘dodini ifodalash hissi kuchli
bo‗lgan, doimo odamlarni, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini o‗rganadigan,
odamlarning ishonchini qozonishga intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz
ma‘naviy hamda kasbiy komillikni o‗zida namuna sifatida ko‗rsatadigan, va oxir-
oqibat, boshqaruv mahoratining yuqori ko‗rsatkichi bo‗lmish – odamlardagi
intellektual faoliyatni ocha biladigan odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy
tadbirkorning xususiyatlaridir.
Oxirgi yillarda ko‗pgina tashqilot va muassasalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri tashqi
bozorga chiqish huquqiga ega bo‗ldilar, savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarishda turli
mamlakatlarning firma va tashqilotlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa qilishga yangi
imkoniyatlar ochildi, shu bilan birga ilmiy izlanishlar doirasida, tadqiqotlar va
texnologiya almashinuvi, professional kadrlarni tayyorlashda keng aloqalar
yaratildi. Mamlakatlarning ba‘zi milliy va ruhiy xususiyatlarini bilish
27
https://www.aat.org.uk/prod/s3fs-public/assets/Professional-Conduct-in-Relation-to-Taxation-2017
, pp.78.
81
tadbirkorlarga har bir erda uning qonunlariga mos tarzda o‗zini tutishiga yordam
beradi va eng asosiysi – nazarda tutilgan tashqilotda muvaffaqiyat qozonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |