O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Diplomatik bayonnoma (protokol)
 
―Diplomatik  bayonnoma‖
 –  Davlatlararo  hamkorlikda  munosabatlarning 
asosiy  qoidalari,  jumladan  suverenitetni  hurmat  qilish,  tengliq  erkinliq  hududiy 
barqarorliq bir-birini  ichki  ishlariga aralashmaslik kabi talablarga rioya qilmasdan 
turib to‗laqonli kelishuvni amalga oshirolmagan bo‗lar edilar.  
Bunday  talablarni  bajarish  uchun  bu  boradaga  tajribadan  tashqari  ma‘lum  bir 
dasturamal  ham  lozim.    Bunday  dasturamal  diplomat  (muzoqara)  bayonnomasi 
deyiladi.    Ushbu  bayonnoma  davlatning  vujudga  kelishidan  tortib,  hozirgi 
davrgacha  bo‗lgan  o‗zaro  hamkorlik  munosabatlarining  qayta  ishlangan,  yillar 
davomida tahrir va tajribadan o‗tgan, zamonaviy talablarni ham o‗z ichiga qamrab 
olgan qoidalar majmuidir.  
«
Diplomatik  lug‗at»  diplomat  bayonnomasida  to‗g‗risida  aniqroq  tushuncha 
bera oladi: 
Diplomatik  bayonnoma  –  xalqaro  munosabatlarda  rasmiy  shaxslar,  vaqillar 
tomonidan  hukumatlar  tomonidan  amalga  oshirilishi  lozim  bo‗lgan  umumqabul 
qilingan an‘ana, tartib, rasm-rusmlar qoidasining majmuidir.  
Muzoqara  bayonnomasining  mohiyati  o‗zaro  munosabatlarida  davlatlarning 
kelishuvlarini  axloqiy  madaniyat  doirasida  kechishi  –  ya‘ni  davlatlarning 
kelishuvlarini  chiroyli  tarzda  –  axloqiy  me‘yorlardan  chiqmagan  holda  olib 
borishdan iboratdir.  
Aslida,  bayonnoma  hujjatlarni  to‗g‗ri  shaklga  solish,  arxivlashtirish  uchun 
qo‗llangan.    Davrlar  oshib,  u  muzoqara  uchun  qo‗llanilgan  bu  bayonnoma  turi 
keng  doirada  mazmunan  shakllanib,  tantana  va  muzoqara    etiketi  sifatida  ham 
qo‗llanila  boshlandi.    Hozirgi  davrga  kelib  muzoqaralar  bayonnomasi  zamonaviy 


 
112 
talablarga  asosan,  siyosiy  hamda  huquqiy  o‗zgarishlar  kiritgan  holda  ilmiy  va 
texnikaviy taraqqiyot ta‘sirida boshqacha tusga ega bo‗lib bormoqda.  
Ammo  bu  o‗zgarishlar  asossiz  xususiyatga  ega  bo‗lgan,  biron  bir  davlat 
miqyosidagi  tamoyillar  emas,  balki  tajribaviy  asosga  ega  bo‗lib,  jahon  miqyosida 
umumqabul qilingan qoidalardir.  
Rasman  esa  muzoqara  bayonnomasi  1814  yillarda  Vena  kongressi  tomonidan 
tasdiqlangan.  
Muzoqara  bayonnomasi  o‗zida  etiket  va  tantanaviylikni  mujassam  etgan. 
Muzoqara  bayonnomasining  asosiy  qismi  bo‗lmish  muzoqara    etiketi  –  davlat 
vaqillarining  o‗zaro  munosabatlarida  namoyon  bo‗luvchi  go‗zal  xulq  va  o‗zini 
chiroyli  tutishdir.    Muzoqara    etiketining  qoidalari  muzoqarachi  vaqilning  tashqi 
kiyinishidan  tortib,  to  imo-ishora  hatti-harakat  odoblarigacha  qamrab  olgan.  
Muzoqara    etiketida  muomala,  murojaat  muzoqaraning  har  xil  ko‗rinishlarida  – 
yozma,  uchrashuv,  qabul  va  tashrifga  qarab  tavsiflangan.    Zero,  davlat  arbobi 
boshqa  davlat  vaqilidan  bo‗lgan  har  qanday  muzoqara  turlariga  munosib  javob 
berishi,  ularni ko‗rib chiqishi shart.  Xat  yoki taklifga javob bermaslikni o‗zi o‗ta 
odobsizlik sanaladi.  Bunda samimiylik va hozirjavoblik katta ahamiyat kasb etadi.  
Muloqotdagi  arzimas  e‘tiborsizlik  ham  sherikni  garchi  bunda  davlatni  aybi 
bo‗lmasa ham, (vaqilning xatosi bo‗lsa ham) qarorini o‗zgartirishi mumkin, u yoki 
bu  davlatga  nisbatan  munosabatni  salbiy  tomonga  o‗girishi,  muzoqarani 
chigallashtirishga olib kelishi tabiiy.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish