Assortiment tarkibi-
bu tovar aylanuvidagi tovar guruhlari, kichik
guruhlari, turlari, xilma xilliklari o„rtasidagi sonli mutanosiblikdir. Masalan,
poyafzalda qaysi o„lchamdagi tovar qanchadan ekanligini ko„rsatuvchi
ko„rsatkich assortiment tarkibini tashkil etadi.
Attorlik tovarlari
assortimenti xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shuning
uchun ham ularga nisbatan kompleks talablar qo„yiladi, chunki ular chiroyli,
ishlatishda qulay va gigiyenik bo„lishi kerak. Masalan, pardabop matolar
tuzilishi, rangi hamda rasmi bo„yicha zamonaviy interyerga mos kelishi zarur.
Undan tashqari, pishiq-puxtalik va ishlatilish jarayonidagi qulayligi kabi
370
xususiyatlari (kam ifloslanishi, oson tozalanishi, dazmollash va yuvish uchun
kam vaqi sarflanishi va boshq.) ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |