Sanoat assortimenti-
bu alohida korxona, korxonalar uyushmasi yoki
sanoat tarmog„i tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasidir.
Savdo assortimenti-
bu ulgurji va chakana savdo sohasida, muomala
sohasida mavjud bo„lgan tovarlar nomenklaturasidir. U sanoat assortimentiga
bog„liq, ammo undan kengroq bo„ladi, chunki savdo assortimentiga import
tovarlar ham kiradi.
Savdo assortimenti o„z navbatida tovar guruhlari assortimenti va savdo
korxonasi assortimentiga bo„linadi.
Tovar guruhlari assortimenti-
aniq bir belgilariga mos holda
birlashtirilgan har xil ko„rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir; ko„pgina
hollarda u turli sanoat tarmoqlari tovarlaridan tashkil topishi mumkin (attorlik,
metall buyumlar, to„qimachilik, ko„nchilik, plastmassalar kabilar).
Savdoda
Do'stlaringiz bilan baham: |