2 0 . 9 . Ko ‗zg ula r
Ko„zgu ishlab chiqarish uchun birlamchi material sifatida shisha, metall
yog„och, plastmassa, karton, kimyoviy moddalar, lok va bo„yoqlardan
foydalaniladi. Ko„zgu plyonkasini tayyorlashda azotli kumush va alumin
ishlatiladi. Assortimentiga cho„ntak, sumka, qo„l, yo„l, stol usti, devor hamda
soqol olish ko„zgulari kiradi.
Cho‗ntak ko‗zgulari
yozuv daftarchasiga o„xshatib
jihozlanadi.
Sumka ko‗zgulari
dumaloq, to„g„ri burchakli, olti qirrali, rombga
o„xshash va boshqa shakllarda bo„lishi mumkin. Ko„zgu solinadigan joylari
plastmassadan, chekkalari metall bilan mag„izlangan, sun‟iy charmlar bilan
yopishtirilgan va rasmli bo„ladi.
Qo‗l ko‗zgulari
dastali, dumaloq, oval, romb,
olti, sakkiz burchakli bo„lishi mumkin.
Stol ko‗zgulari (trelyajlar)
uch tabaqali
va qo„sh yon tomonli bo„ladi.
361
Do'stlaringiz bilan baham: |