O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Tabiiy  charmlar  assortimenti.

  Tabiiy  poyabzal  charmlari  ishlatilishi 

bo„yicha ikki  guruhga:  ustki va tag qismga bo„linadi. 

Poyabzallarning  ustki  qismi  uchun  charmlar 

o„ta yumshoqligi va uncha 

katta  bo„lmagan  qalinligi  bilan  xususiyatlidir.  Ular  quyidagi  belgilari  bo„yicha 

bo„linadi:  oshlash  hamda  yuza  qismini  pardozlash  usullari,  ishlatiladigan 

xomashyosi,  rangi,  turi  va  boshqalar.  Poyabzal charmlari oshlash usuli bo„yicha 

xromli,  tannidli,  qurama, yog„li va formaldegidli  charmlarga  ajratiladi. 



Yuzali  xrom  charmlari 

(xrom  litsevoy) qoramol terilaridan olinadi. Ularga 

quyidagilar  kiradi:  upuka  -  yoshi  6  oygacha  bo„lgan  buzoqcha  terisidan  olingan 

charm,  u  eng  qimmatli  charmlardan  biri  hisoblanadi;  buzoq  (virostok  va 

polukojnik)  -  yoshi  6  oydan  yuqori  buzoqlar  terisidan  olingan  charm;  buqa 

(novvos)  va  qisir  sigir  terisidan  olingan  charm  va  boshqalar.  Bularning  barchasi 




326 

 

yetarli  darajada  zich,  kam  cho„ziluvchan,  yumshoq,  tabiiy  yuza  sirtli va o„zining 



tabiiy  guli  bilan  bo„ladi.  Vuzali  xrom  charmlar  har  xil  yoshdagi  guruhlar  uchun 

modabop va ommabop poyabzallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 



Shevro - 

maydoni 60 dm

2

 dan ortiq bo„lmagan yosh echkilarning terisidan 



olingan  yupqa  va  yuqori  sifatli  charm.  Shevroning  yuzasidagi  guli  (mereyasi) 

baliq  tangachalarini  eslatuvchi  chiroyli  mayda  naqshi  bilan  ajralib  turadi.  Ular 

modabop poyabzallar olishda qo„llaniladi. 

Echki  xromi 

(kozlina)  yoshi  katta  echki  terilaridan  olinadi.  U  shevroga 

nisbatan qalin,  maydoni katta, qattiqroq va yuzasidagi  gullari  kattaroq bo„ladi. 

Shevret 

shevroga  nisbatan  mustahkamligi  kam  (bo„sh)  va  yumshoq 

cho„ziluvchan  charm  bo„lib,  qo„y  terisidan  olinadi.  Yuzasidagi  tabiiy  rasmi 

bo„yicha  shevroga  o„xshash.  Undan, asosan, xonada kiyiladigan va yozgi yengil 

poyabzallar  tayyorlanadi. 

Xromli  cho„chqa  charmi  (cho„chqa  xromi)  -  yuza  qismidagi  rasmi 

uyachalarni  eslatuvchi  dag„al  va  qattiq  charm.  Dermada  ochiq  teshikchalar 

mavjud  (jun  tolasining  jun  xaltalarida),  ayniqsa,  ular  astar  tomonidan  yaxshiroq 

ko„rinadi.  Bu  esa  o„z  navbatida  charmning  yuqori  darajada  nam 

o„tkazuvchanligini  bildiradi. 

Xromli  cho„chqa  charmlari  quruq,  kam  to„ldirilgan  va  ushlaganda  dag„al 

bo„lishiga  qaramasdan,  nisbatan  yuqori  mustahkamlik  chegarasiga  ega.  Ular 

bosib  naqsh  berilgan  yoki  yuzasi  boyitilgan  holda  ishlab  chiqariladi.  Ko„proq 

har  xil  maishiy  va  sport  poyabzallari  tayyorlanadi.  Ot  terisidan  olingan  xromli 

charmlar  yuzasidagi  guli  (mereya)ning  echki  terisi  guliga  o„xshashligi  hamda 

tolali  tuzilishi  bo„yicha  tana  va  buqalarnikiga  yaqinligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular 

ko„pincha  tabiiy  yuza  qatlami  yoki  sun‟iy  qoplami  kesilgan  holda  mereyali  qilib 

ishlab  chiqariladi.  Xromli  ot  charmlaridan  erkaklar.  ayollar  va  bolalarning  har 

xil  poyabzallari  tayyorlanadi. 



327 

 

Velyur 

-  qalin,  bir  tusli  past  patli,  asosan,  qora  yoki  jigarrangli  charm.  U 

upuka,  buzoq,  echki  xromi  va  yuza  qismida  ko„proq nuqsonlari bo„lgan hamda 

boshqa charmlarning  astar tomonidan silliqlash  yo„li bilan  olingan  charm. 

Nubuk 

-  nuqsonlari  bo„lgan  charmlarning  yuza  tomonidan  silliqlab 

olingan  pat  qoplami  past  bo„lgan  charm.  U  yozgi  poyabzallarning  yuza  qismi 

uchun ishlatiladi. 

Loklangan  charmlar  yuzali  xrom  charmlari  (upuka,  buzoq  va  boshq.), 

echki,  shevro,  ot,  cho„chqa  va  boshqa  xromli  charmlarning  yuza  qatlamiga 

poliuretanli  lok  qoplash  yo„li  bilan  olinadi.  Juda  yaltiroq  bo„ladi,  ranglar 

gammasi  xilma-xil  (oq,  qora,  jigarrang  va  boshq.).  Erkaklar,  ayollar  va 

bolalarning  chiroyli  poyabzallari  uchun ishlatiladi. 

Bulg„ori  (yuft)  charmlar  qurama  usulida  olingan  charmlar  qatoriga  kiradi 

va  poyabzallarning  ustki  qismi  uchun  qo„llaniladi.  Tarkibida  yog„  moddasining 

ko„pligi,  qalinligi  va  mustahkamligi  bo„yicha  xromli  charmlardan  farq  qiladi. 

Ishlatilishi  bo„yicha  poyabzal  va  sandal  bulg„ori  charmiga  bo„linadi.  Poyabzal 

bulg„ori  charm  tarkibida  26-  30%



 

yog„  bo„lib,  u  suvga  chidamlilik  xususiyatini 

beradi.  Ko„proq  maxsus  va  ishchi  poaybzallar  tayyorlanadi.  Xomashyosi 

bo„yicha  sigir  (eng  zich,  mustahkam  va  suvga  chidamli),  cho„chqa  (yupqaroq, 

qiltiq  junlaridan  qolgan  teshikchalar  mavjud)  va  ot  (g„ovakroq  va  bo„shroq) 

bulg„ori  charmlariga  ajratiladi.  Sandal  bulg„ori  charmining  tarkibida  (6-12%) 

yog„  moddasi  kamroq,  qattiqroq,  tabiiy  va  sun‟iy  yuzali  (rnereya)  bo„ladi  va 

sandallar  ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 



Zamsha 

-  bu  patli  charm  bo„lib,  yog„lash  usuli  bilan oshlanadi va bug„u, 

kiyik,  uy  va  yovvoyi  echki  terilaridan  olinadi.  Zamsha  yetarlicha  mustahkam, 

yumshoq,  havo  o„tkazuvchan  hamda  suvga  chidamli,  ko„proq  qora  rangga 

bo„yaladi. Undan ayollarning  modali  poyabzallari  tayyorlanadi. 

Poyabzallarning  tag  qismi uchun charmlar ko„proq qoramol, oz miqdorda 

cho„chqa  va  ot  terisidan  tayyorlanadi.  Ular  o„ta  qalinligi  hamda  qattiqligi  bilan 

ajralib  turadi, qurama usulda oshlash yo„li bilan  olinadi. 




328 

 

Poyabzallarning 



tag  qismi  uchun  charmlar  ishlatilishi  bo„yicha 

quyidagilarga  bo„linadi:  tagcharmli  (qalinligi  3,6-6  mm,  asosan  cheprak-

qoramol  terisining  o„rta  qismi  va  olning  sag„risi),  patakli  (bo„yni  va qalinligi 3,5 

mm.  dan  kam  bo„lgan  qorin  qismi)  va  poshna  fliklari  (yig„ma  poshna  qatlami). 

Cho„chqa  terisidan  tayyorlangan  tagcharm  qalinligi  nisbatan  kamroq.  Bu 

charmlar  qattiqlik  darajasi  bo„yicha  tagcharmi  ip,  yelim  hamda  burama  mixlarda 

mahkamla-nadigan  poyabzallar  (ko„proq qattiq) uchun ishlatiladi. 


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish