Iqtisodiyot ko„lami
Marshallning ―Iqtisodiyot tamoyillari‖ asarining 1-kitob, 1-bobi
iqtisodiyotning keng va moslashuvchan ta‘rifi bilan boshlanadi: Siyosiy
iqtisod yoki iqtisod fani insoniyatning oddiy biznesidagi hayotini
o‗rgatadi, u insonning yoki jamiyatning moddiy boyligi va unga erishish
bilan bog‗liq bo‗lgan yakka hamda ijtimoiy harakatlarini tadqiq qiladi.
Bu ta‘rifning qiziqarli va kinoyali jihati shuki, unda u ikkita
tushunchaga e‘tiborni qaratayapti, ya‘ni siyosiy iqtisod va iqtisod. Uning
iqtisodiyotga bergan ta‘rifiga ko‗ra Marshall siyosiy iqtisod
terminologiyasidan kengroq foydalanishni afzal ko‗rgan. Marshallning
bu ikkita terminni bir vaqtda ishlatishi uning davridagi bir qancha
metodologik munozaralarni aks ettirgan. O‗sha vaqtda iqtisodiyot
atamasidan kengroq ma‘noga ega bo‗lgan siyosiy iqtisod siyosat va
iqtisod bir-biriga bog‗liq ekanligini ko‗rsatar edi hamda iqtisod ijtimoiy
fan sifatida ko‗proq me‘yoriy qarorlar bilan bog‗liq bo‗lgan. Ammo
John Neville Keynes Marshallning hamkasbi va do‗sti asosan uslubiy
muammolarga qiziqib 1891-yilda ―Siyosiy iqtisodning ko‗lami va
metodologiyasi‖ deb nomlangan asarini nashr etdi. Bu asarida u
iqtisodiyotning uchta tarmog‗ini: ilmiy tarmoqni o‗z ichiga olgan
191
―pozitiv iqtisod‖, jamiyatning qanday maqsadlarga erishish kerakligi
haqidagi ―normativ iqtisod‖, ijobiy iqtisodiyot tarmog‗iga tegishli
bo‗lgan maqsadlari normativ tarmoq tomonidan aniqlanadigan
tarmoqlardan yana biri ―Iqtisod san‘ati‖ni bir-biridan aniq ajratib
ko‗rsatadi. Keyns ―pozitiv iqtisodning muhokamasida, iqtisodiyot va
iqtisodiy fan siyosiy iqtisoddan ko‗ra afzal, chunki bu nomlar
iqtisodiyotning ilmiy xarakteriga urg‗u beradi‖, degan fikri bilan
ma‘qullaydi. Rikardo va J.S.Milldan farqli o‗laroq, Marshall ―Siyosiy
iqtisod‖ nomidan ko‗ra ―Iqtisod tamoyillari‖, degan nomni tanlaydi va
siyosiy iqtisod atamasini tushirib qoldiradi. Bu biroz ironik, chunki
uning o‗zi e‘tiborini ilmiy tarmog‗iga emas, balki ko‗proq iqtisod
san‘atiga qaratgan. U ko‗proq amaliy iqtisodga qiziqib, ilmiy tomoniga
e‘tibor qaratmagan. Buning ikkita sababi bor. Birinchisi, Marshall
o‗zining yondashuvini Marksning yondashishidan farqlantirishni
xohlagan va ikkinchisi, u Kembrijda iqtisodni alohida fan sifatida qabul
qilishlariga harakat qilgan.
Berilgan ta‘rifning yana bir qiziq jihati uning kengligi va
moslashuvchanligidadir, ba‘zilar buni uning bo‗shashganligi, deb ham
aytishi mumkin. Ta‘rifga asoslanib, iqtisodiyot qanday qilib siyosiy
iqtisod, sotsiologiya, psixologiya, antropologiya va tarixdan farqlanishi
mumkin? Marshallning bunday keng ta‘rifi ehtiyotsizlikdan yoki
ma‘nosiz fikrlashdan emas, balki ongli ravishda iqtisodni boshqa
ijtiomiy fanlardan keskin ajratib olishga bo‗lgan xohishidandir.
―Iqtisodning ko‗lami va metodlari‖ deb nomlangan S ilovada Marshall
har bir fanga alohida rivojlanishi uchun imkon berishdan ko‗ra yagona
ijtimoiy fanni rivojlantirishning nisbiy afzalligi va amalga oshirish
mumkinligi haqida mulohaza qiladi. Ijtimoiy fanlarni birlashtirish fikri
uni qiziqtirdi ammo u buyuk Komte va Spencerlar bu ishni bajarishga
harakat qilayotgan paytlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraganini yodga
oldi. Boshqa tomondan, u ijtimoiy fanlarning ixtisoslashuvi orqali juda
katta yutuqlarga erishganliklarini kuzatdi. U oxir-oqibatda bu masala
ba‘zi bir aniq savollarning bo‗lmaganligi sababli hal bo‗lmayapti, degan
qarorga keladi.
Iqtisodiyotning boshqa bir ijtimoiy fanlar tarmog‗iga qaraganda
ko‗proq yutuqlari bor, chunki u boshqalarga qaraganda aniqroqdir,
deydi. Biroq uning ko‗lamini har qanday kengaytirish uning ilmiy
aniqligini yo‗qotadi va kengaytirish hisobiga yo‗qotishdan ko‗ra
yutuqlari ko‗p bo‗ladimi, kabi savollarni shoshilib hal qilib bo‗lmaydi.
192
Marshallning fikriga ko‗ra har bir iqtisodchi ko‗lami jihatidan
iqtisodni o‗zining moyilligiga mos bo‗lgan tarzda ta‘riflab berishi kerak.
Ba‘zi iqtisodchilar iqtisodning tor doirasida o‗zlarining eng zo‗r ishlarini
ko‗proq bajaradilar, ba‘zilari esa keng doirada amalga oshiradilar.
Kimki, iqtisodning keng doirasida, ya‘ni o‗zlarining tahlilini ijtimoiy
fanlarning boshqa sohalari hisobiga kengaytirsalar, ehtiyotkorlik bilan
ishlashlari zarur, deb ogohlantiradi, lekin bu bilan ular iqtisodga va
boshqa ijtimoiy fanlarga katta yutuqlar olib kelishlari mumkin, deydi.
Marshall o‗zining iqtisodiyotning ko‗lami muhokamasida yana bir
qiziq masalani, ya‘ni jamiyatning xohish-istaklari hamda uning iqtisodiy
faoliyat o‗rtasidagi munosabatining murakkabligi masalasini o‗rtaga
tashladi. Iqtisodga iqtisodiy faoliyat jamiyat xohish-istagini qondira
oladigan yo‗llarni o‗rgatadi, deb ta‘rif bersa bo‗ladimi? Marshall bu
ta‘rifni rad etdi, chunki xohishlar mustaqil ravishda berilgan, iqtisodiy
faoliyat esa unga nisbatan ikkinchi darajali, deb qabul qilinadi. Marshall
3-kitobining II bobidagi xohish va faoliyat o‗rtasidagi munosabatlar
to‗g‗risidagi muhokamasida Jevons, Menger va ulardan avvalgi
iqtisodchilar
tomonidan
noto‗g‗ri,
deb
hisoblangan
xulosani
to‗g‗rilashga harakat qildi. U keng imkon doirasida talab (xohish-istak)
va taklif (faoliyat) ning nisbiy muhimligini baholadi. Uning fikricha,
bizning xohishlarimiz bizning ichimizda faoliyatimizdan mustaqil
ravishda paydo bo‗ladigan narsa emas, balki aksincha, bizning ko‗p
xohishlarimiz bizning faoliyatimizning to‗g‗ridan to‗g‗ri natijasidir. Bu
fikrni 2000-yillarga tatbiq etadigan bo‗lsak, yosh oilaning yangi
avtomobilga istagini iqtisodiy tahlilning boshlangich nuqtasi sifatida
qarash xato bo‗ladi, chunki bu xohish ularda oilaning jamiyatdagi
o‗rnini to‗g‗ri baholashdan kelib chiqqan bo‗lishi mumkin. Marshall
fikriga ko‗ra iqtisodchilar talabning daslabki o‗rganish bosqichidan
boshlashlari, faoliyat va taklif bilan davom etishlari, talabga qaytib
kelishlari taklif etiladi. Va bu ularga xohish va faoliyat o‗rtasidagi
murakkab o‗zaro bog‗liqlikni anglashga, tushunib yetishga imkoniyat
beradi. Iqtisodiy tahlil jarayonida xohishning ustunligi va faoliyatning
ustunligidan birini tanlashga to‗g‗ri kelganda Marshall faoliyatni
tanlagan. U klassik iqtisodiyotda asosan, taklif va taqqoslashlarni
ta‘kidlagan, Jevons va Menger bo‗lsa talabga alohida urg‗u bergan:
―Ko‗plab talab ilmi harakat va faoliyat ilmi sohasidan kelib chiqadi.
Bu ikkalasi bir-birini to‗ldiradi yoki boshqasisiz to‗liq bo‗lmaydi.
Ammo agar birortasi boshqasidan ko‗ra ko‗proq inson tarixini
193
tushuntirib beraman, deb da‘vo qilsa bu talab emas, balki faoliyat, ya‘ni
taklif ilmidir‖
Marshallning diniy asoslangan gumanitar qarashlari uni iqtisodning
bosh vazifasi qashshoqlikni bartaraf qilishdadir, deb o‗ylashga olib
keldi. U bu muammolarni yechishning kalitini iqtisodchilarning dalillari
va nazariyalarining ichida, deb o‗yladi. U o‗zining iqtisodiy ta‘limotlar
tarixini ko‗rib chiqishning B ilovasida, klassik nazariya asoschisi
Rikardoni qattiq tanqid ostiga oldi. Rikardo qashshoqlik qashshoqlikni
keltirib chiqarishini hisobga olmagan, chunki kambag‗alda sog‗liqqa
erishish va ko‗proq pul ishlashga imkon beradigan ish bilan
shug‗ullanish uchun yetarli daromad yo‗q. Klassik nazariyachilardan
farqli o‗laroq, Marshall butun qalbi bilan ishchi sinflar farovonligini
sezilarli darajada oshirishning imkoni borligiga ishonardi.
U iqtisod tor va mavhum fan sifatida rivojlanishi yoki ijtimoiy
fanlar ichida shakllanishi kerakmi, degan savollarni muhokama qilish;
iste‘molchi nazariyasi talab va taklif nazariyasidan ustun turishi, kerak,
deb o‗ylagan Me‘yoriy naflilik nazariyasi yozuvchilari savollariga javob
berish kabi muhokamalarni hal qilishni xohlagan. Odatdagidek,
Marshall bu masalalarga muvozanatli qaror qabul qilishga kamdan kam
aniq bir pozitsiyada turgan.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |