O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


har  qanday  ishlab  chiqarish  daromadlarni  keltirib  chiqaradi,  bu



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

har  qanday  ishlab  chiqarish  daromadlarni  keltirib  chiqaradi,  bu 
daromadlarga  qiymati  ularga  teng  bo„lgan  tovarlar  sotib  olinadi, 
yalpi  talab  esa  hamisha  yalpi  taklifga  teng  bo„ladi. 
Boshqacha  qilib 
aytganda,  tovarlar  taklifi  o‗zi  uchun  shaxsiy  talabni  yaratadi,  ya‘ni  o‗z 
tovarini  sotib  daromad  olgan  har  bir  kishi  ushbu  daromadga  mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).  
Agarda  hamma  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  bozorga  yetkazish 
uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan 
foydalanilishini  nima  kafolatlaydi?  Sey  qonunida  quyidagi  oddiy  javob 
keltirilgan: taklif o‗z talabini o‗zi yaratadi. Bunda muammo bo‗lmasligi 
mumkin,  lekin  taklif  potensial  talab  yaratadi,  biroq  potensial  talab 
bozorda  haqiqiy  talab  sifatida  qo‗llanilish  yoki  qo‗llanilmasligini  hal 
qilish  kerak.  Rikardo,  Jeyms  Mill  va  Sey  bunga  barcha  potensial  sotuv 
qobiliyati  iste‘molchi  yoki  tovar  ishlab  chqaruvchi  uchun  talab  sifatida 
bozorga  qaytarilgan,  degan  oddiy  yondashuv  bilan  murojaat  qildilar. 
Mantiqan  olganda  ular  Smitning  investitsiya  kiritish  qarorini  saqlab 
qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to‗plash imkoniyatini rad 
etdilar,  ya‘ni  hech  kim  oltinni  qutida  qulflab  saqlolmaydi.  Ularning 
tizimida  pul  faqatgina  ayriboshlash  vositasi  bo‗lgan,  shunday  qilib  ular 
depressiya  yoki  turg‗unlikning  pulga  oid  sabablarining  ehtimolini  rad 
etganlar.  Klassiklar  izohiga  ko‗ra  Sey  qonunining  kamchiliklari  bor, 
Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul 


144 
 
qilingan  taxminlar  o‗z  isbotiga  muhtoj  bo‗lishi  narariyasini  rad  etishga 
uringan.  U  bu  nazariya  noto‗g‗ri  bo‗lgan,  deb  gumon  qilgan,  lekin  u 
hech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o‗sish 
darajasining  hal  qiluvchi  omillarining  muqobil  nazariyasini  aniq 
ifodalab berolmagan.
26
 
Demak,  jamiyat  miqyosida  taklif  va  talab  muvozanatlashadi, 
ortiqcha  ishlab  chiqarish  bo‗lmaydi.  Ortiqcha  ishlab  chiqarish  faqat 
ayrim  tarmoqlarda  boshqa  tarmoqlardagi  kam  ishlab  chiqarish  hisobiga 
vujudga  keladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ko‗p  ishlab  chiqarishdan 
qo‗rqmaslik  kerak,  faqat  ayrim  tovarlarning  ortiqcha  ishlab  chiqarilish 
xavfi tug‗ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklar 
makroiqtisodiy  nazariyasining  asosini  tashkil  etdi  va  keyinchalik 
J.M.Keyns  tomonidan  inkor  etildi.  J.M.  Keynsning  tasdiqlashicha, 
odamlar  daromadlarining  barchasini  iste‘molga  sarflamaydilar,  balki 
ularning  bir  qismini  jamg‗arib  boradilar.  Bu  esa  shunga  muvofiq 
ravishda  yalpi  talabni  kamaytiradi,  ish  bilan  bandlikni  qisqartiradi. 
Pirovard  natijada  bunday  holat  Sey  qonunining  noto‗g‗ri  ekanligini 
keltirib  chiqaradi.  Chunki  bu  qonunga  muvofiq  iste‘molga  sarflanishi 
kerak  bo‗lgan  daromadning  bir  qismi  jamg‗armaga  ajratiladi.  Demak, 
yalpi  taklif  bilan  u  keltirib  chiqaradigan  yalpi  talab  o‗rtasidagi 
muvozanat buziladi. 
Ammo  «Sey  qonuni»ning  muhim  tomoni  shundan  iboratki, 
iqtisodiy  liberalizmning  barcha  prinsiplariga  jamiyat  tomonidan  rioya 
qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‗ziga mos ravishda iste‘molni (talabni) 
keltirib chiqaradi, ya‘ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning 
«tabiiy  tartib»  (pulning  passiv  roliga  asoslangan  mehnat  natijalarini 
ayirboshlash)  sharoitida,  albatta,  shunday  daromadlarni  keltirib 
chiqaradiki,  ularga  bu  tovar  va  xizmatlar  erkin  amalga  oshiriladi. 
Iqtisodiy  liberalizm  konsepsiyasining  barcha  tarafdorlari  tomonidan 
«Sey qonuni» shu ko‗rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin 
tashkil  topishi  xo‗jalik  konyunkturasidagi  o‗zgarishga  darhol  moslasha 
                                                             
26
 
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 159-162 b. 
 


145 
 
oladi, iqtisodiyotning o‗zini o‗zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb 
hisoblagan. 
Haqiqatan  ham,  agar  pul  faqat  hisob-kitob  birligi  hisoblangan 
barterli  iqtisodiyot  amal  qiladi,  desak  unda  taklif  miqdori  talab 
miqdoriga  teng  bo‗ladi,  ortiqcha  ishlab  chiqarish  bo‗lmaydi.  Bu  Sey 
qonunining mohiyatini tashkil etadi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish