O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Dastlabki va keyingi merkantilizmning o„ziga xosligi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
4.2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o„ziga xosligi
 
 
Dastlabki  merkantilizm  buyuk  geografik  kashfiyotlardan  oldin 
paydo bo‗ldi va XVI asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning 
asosiy  vakillari  Uilyam  Stafford  (1554–1612)  (Angliya),  Gaskar 
Skaruffi  (1519–1584)  (Italiya)  va  boshqalar  hisoblanadi.  Dastlabki 
merkantilizm  «pul  balansi»  siyosatini  olib  borgan.  Bu  siyosat  pul 
muomalasini,  tashqi  savdoni  ma‘muriy  yo‗l  bilan  qattiq  tartibga  solish 
asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga qaratilgan (mamlakat 
puli  qancha  ko‗p  bo‗lsa,  u  shuncha  boy  hisoblangan).  Dastlabki 
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli, deb qaradi va 
uni  chetdan  olib  kelish  yo‗lini  qidirdi.  Dastlabki  merkantilistlar  tashqi 
savdoda  ijobiy  saldoga  erishish  uchun  quyidagilar  maqsadga  muvofiq, 
deb hisobladilar: 
 
                                                             
13
 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 62-b. 
 


76 
 
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‗rnatishni; 
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni; 
–  mamlakatdan  oltin  va  kumushning  oqib  chiqib  ketishiga  yo‗l 
qo‗ymaslikni. 
Dastlabki  merkantilizm  davrida  hukumat  xorijiy  savdogarlarni 
ularning  pulini  mahalliy  pulga  almashtirish  va  ko‗proq  tovar  sotib 
olishga  qiziqtirish  maqsadida  ataylab  chaqalarni  buzib,  ularning 
qiymmatini  pasaytirish  bilan  shug‗ullangan.  Keyinchalik  tovar-pul 
munosabatlarining 
rivojlanishi, 
tashqi 
savdoning 
kengayishi 
merkantalistlarning 
boylik 
muammosiga 
bo‗lgan 
qarashini 
o‗zgartirishga majbur etdi.  
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning 
ikkinchi  yarmigacha  bo‗lgan  davrni  o‗z  ichiga  oladi  (uning  asosiy 
vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy 
sanoat  va  savdoni  rivojlantirishning davlat  tomonidan  rag‗batlantirilishi 
sababli  mamlakatlar  o‗rtasida  savdo  aloqalari  keng  va  muntazam 
rivojlana  boshladi.  Dastlabki  merkantilistlarning  «pul  balansi»  o‗rniga 
keyingi  merkantilistlarning  «savdo  balansi»  nazariyasi  kelib  chiqdi. 
«Savdo  balansi»  nazariyasi  (yoki  yetuk  merkantilizm)  Angliyada  keng 
tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni 
mamlakatdan  tashqariga  pul  chiqarishni  man  etgani,  importni  haddan 
tashqari  cheklagani  uchun  tanqid  qildi.  Ularning  fikricha,  hukumatning 
tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha 
ko‗proq pul  mablag‗larini  jamg‗arish  emas, balki aktiv savdo balansiga 
erishishdir  (eksportning  importdan  ustun  bo‗lishi).  Eksport  va  import 
o‗rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o‗sishidir. Demak, 
real boylik bu– «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni 
pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. 
Merkantilistlar  fikriga  ko‗ra  savdoning  muqobil  balansiga  erishish 
uchun  davlat  eksportni  rag‗batlantirib,  importni  tariflar,  kvotalar, 
subsidiya  va  soliqlar  orqali  ishga  solishi  kerak.  Mahsulot  ichki 
iqtisodiyotda  hukumat  aralashuvi  orqali  rag‗batlantirilishi  va  xorijiy 
savdo orqali boshqarilishi lozim. 
Xorijdan  manufaktura  tovarlarining  keltirilishi  arzon  xomashyolar 
importini,  ularni  tovar  eksporti  uchun  ishlatilishi  kabilar  himoya 
majburiyatlari hisoblangan. 
Merkantilistlar  savdo  balansi  mohiyati  va  tabiat  o‗rtasidagi 
nomutanosibliklar  haqida  fikr  yuritishgan.  Shunisi  aniqki,  ko‗pgina 
merkantilistlar  davlat  boyligi  tovar,  iste‘mol  yoki  ishlab  chiqarishda 


77 
 
emas,  balki  qimmatbaho  metallarga  egaligida,  deb  fikr  yuritishgan. 
Qimmatbaho  metallarning  ishlab  chiqarilishi  savdo  balansini  o‗rnatadi, 
degan  fikrni  o‗rtaga  tashlaydi.  Ularning  qarashlariga ko‗ra  mamlakatlar 
bilan  savdoning  umumiy  balansi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ya‘ni 
Angliya  va  Hindiston  savdo  balansi bir-biriga  mos kelmasligi  mumkin, 
biroq  Hindistonda  import  qilingan  arzon  xomashyolardan  Angliyada 
eksport  qilinadigan  tovarlar  manufakturasi  uchun  foydalanilishi 
mumkin.  Shunday  masalalardan  biri  qimmatbaho  metallar  yoki  eksport 
bilan bog‗liq – ilk Merkantilistlar yombilar eksporti qat‘iyan taqiqlanishi 
kerakligini  tavsiya  qilishgan.  Keyinchalik  yozuvchilar  agar  yombi 
eksport  tovarlari  uchun  xomashyo  sotib  olish  maqsadida  ishlatilsa,  u 
savdo  balansi  uchun  o‗rinli  bo‗lishi  mumkin,  degan  farazni  taklif 
etishgan. 
Shulardan kelib  chiqqan holda  keyingi  merkantilizm  vakillari aktiv 
savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: 
– tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‗li bilan egallash 
hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish; 
–  mamlakatda  faqat  aktiv  savdo  balansini  saqlab  turgan  holda 
tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); 
–  qulay  savdo  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  oltin  va  kumushni 
chetga  chiqarish,  pirovard  natijada  mamlakatda  ularning  massasini 
ko‗paytirish. 
Pulning  tovarli  mohiyatini  tan  olsada,  uning  qimmatini  keyingi 
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan, deb 
qaradilar.  Ammo  aynan  ular  metallistik  nazariyadan  pulning  miqdoriy 
nazariyasiga  va  monometallizm  tizimiga  o‗tishga  sabab  bo‗lgan.  Agar 
dastlabki  merkantilistlar  pulning  jamg‗arish  funksiyasini  asosiy  deb 
bilgan  bo‗lsalar,  keyingi  rivojlangan  merkantilistlar  uning  muomala 
funksiyasini  asosiy,  deb  hisobladilar.  Keyingi  merkantilistlarning 
ishonchiga  ko‗ra  pulning  qimmati  uning  miqdoriga  nisbatan  teskari 
bog‗liqlikda,  tovarlar  bahosi  darajasi  esa  pul  miqdoriga  to‗g‗ri 
mutanosiblikda  bo‗ladi.  Ular  pul  taklifining  ko‗payishi  unga  bo‗lgan 
talabni  oshirgach,  savdoni  rag‗batlantiradi,  deb  bir  tomonlama 
hisobladilar. 
Dastlabki  merkantilistlar  Yevropaga,  ayniqsa,  Ispaniyaga  yangi 
Dunyodan  oqib  kelgan  yirik  miqdordagi  qimmatbaho  metallar 
mohiyatiga e‘tibor qaratgan. Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni 
inobatga  olishmadi  va  iqtisodiyotda  pulning  o‗rni  haqida  tahliliy 
g‗oyalarini  rivojlantira  olishdi.  Pul  miqdori  va  narxlarning  umumiy 


78 
 
bosqichi  o‗rtasidagi  aloqa  1569-yilda  fransuz  olimi  Jiyn  Bodin 
tomonidan  taqdim  etilgan.  U  16-asr  davomida  G‗arbiy  Yevropada 
narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, 
asosiy  –  yangi  dunyo  kashfiyoti  bo‗lgan  kumush  va  oltin  miqdorining 
o‗sishi,  deb  hisoblangan.  1660-1776-yillar  davomida  bozor  iqtisodi 
boshqaruvi  haqidagi  tahliliy  fikrlar  ko‗paydi.  Merkantilistlar  g‗oyalari-
ning  (markaziy)  asosiy  xususiyati  real  omillardan  ko‗ra  pulga  oid 
omillar  iqtisodiy  faoliyat  va  uning  rivojining  asosiy  belgilari  ekanini 
ta‘kidlashdi.  Ularning  ta‘kidlashlaricha,  mablag‗  adekvatligi  tashqi  va 
ichki  savdoning  o‗sishida  zaruriy  omildir.  Pul  miqdorining  o‗zgarishi 
real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlarni boshqaradi. Adam Smit 
hamda  klassik  iqtisodchilar  o‗rtasidagi  munozarada  aytilgan  fikrlarga 
ko‗ra  iqtisodiy  faoliyat  bosqichi  va  o‗sish  sur‘ati  real  faktorlar:  mehnat 
miqdori,  tabiiy  resurslar,  kapital,  tovar  va  tashkiliy  struktura  bilan 
chambarchas bog‗liq. 
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish