O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Samarali talab va insonning psixologik moyilligi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

10.5. Samarali talab va insonning psixologik moyilligi 
J.M.Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» 
asarida o‗z tadqiqotlarini klassiklar nazariyasini, jumladan, Sey qonunini 
tanqid  qilishdan  va  samarali  talab  nazariyasini  isbotlab  berishdan 
boshladi.  Sey  qonuni  klassiklar  o‗rtasida  to‗g‗ri,  deb  E‘tirof  etilgan  va 
unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko‗ra taklif avtomatik tarzda o‗z 
talabini  yuzaga  keltiradi.  J.M.Keyns  esa  unga  qarshi  yalpi  talab  o‗z 
taklifini  yuzaga  keltirish  g‗oyasini  ilgari  suradi  va  o‗zining  samarali 
talab nazariyasini ishlab chiqadi.  
Nega samarali talab hal qiluvchi omil ekanligini tushuntirib berish 
uchun J.M.Keyns 
yalpi taklif 
va 
yalpi talab 
tushunchalarini kiritdi. Yalpi 
taklif yalpi xarajatlar va yalpi mahsulot (yoki bandlik) hajmi o‗rtasidagi 
nisbat  bilan  aniqlanadi.  Qisqa  vaqt  ichida  bu  nisbat  o‗zgarmaydi. 
Ma‘lumki,  tadbirkor  muayyan  mahsulotni  sotgandan  keyin  daromad 
olishi mumkin. Yalpi talab kutilayotgan daromadlar (jamiyat miqyosida) 
va  yalpi  mahsulot  (bandlik)  o‗rtasidagi  nisbatni  aks  ettiradi.  Bu  nisbat 
                                                             
48
 
Arjo  Klamer, 
Conversations  with  Economists 
(Totowa,  N.J.:  Rowman  and  Allanheld,  1984),  pp.  137-
138. 
  
49
 
Frank Hahn, ―The Neo-Ricardians,‖ 
Cambridge journal of Economics
, 6 (1982), 363.
 


234 
 
o‗zgaruvchan  bo‗ladi.  Shuning  uchun  yalpi  mahsulot,  bandlik 
dinamikasi yalpi talab omillariga bog‗liq bo‗ladi. 
Yalpi  talab  bu  iste‘mol  talabi  va  investitsiya  talabini  (ishlab 
chiqarish  vositalariga  bo‗lgan  talab)  o‗z  ichiga  oladigan  talab 
hisoblanadi.  J.M.Keyns  bo‗yicha  ish  bilan  bandlik  va  milliy  daromad 
ishlab  chiqarish,  uning  dinamikasi  taklif  omillari  (ishlatilayotgan 
mehnat,  kapital  miqdori,  ularning  unumdorligi)  bilan  emas,  balki  talab 
omillari  bilan  aniqlanadi.  U  o‗z  tadqiqoti  markaziga  talab  muammosini 
qo‗yadi. Uning bu nazariyasi samarali talab nazariyasi, deyiladi. 
Yalpi  talab  iste‘molchilar,  korxonalar,  hukumat  sotib  olishga  rozi 
bo‗lgan  milliy  ishlab  chiqarishning  real  hajmi  bilan  narxlar  darajasi 
o‗rtasidagi  bog‗liqlikni  ifodalaydi.  Bu  to‗lovga  qobil  talab  bilan 
ta‘minlangan tovar va xizmatlar summasi. Narxlar bilan milliy mahsulot 
ishlab chiqarish o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud. 
Yalpi  taklif  va  yalpi  talab  kesishgan  nuqta  narx  darajasining 
muvozanatlashganligini,  milliy  ishlab  chiqarish  real  hajmining 
muvozanatlashganini  bildiradi,  shuningdek,  bandlik  darajasini  tavsiflab 
beradi.  J.M.Keyns  uni  samarali  talab  nuqtasi,  deb  atadi.  Samarali  talab 
bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to‗lovga qodir talab. 
Bu  yerda  yalpi  talabni  qanday  rag‗batlantirish  asosiy  muammo 
hisoblanadi. J.M.Keyns XX asrning 30-yillari ko‗pchilik mamlakatlarda 
yalpi  talabning  (iste‘mol  talabi  ham,  investitsiya  talabi  ham)  samarali 
bo‗lmaganligini asoslab berdi: 
a)  iste‘molga  bo‗lgan  talabning  yetarli  darajada  samarali 
bo‗lmasligiga  asosiy  sabab  ish  haqi  oshganda  kishilar  iste‘molining 
oshib  borishi  pul  daromadining  o‗sish  sur‘atidan  doimo  orqada  qoladi, 
bu  holat  ―asosiy  psixologik  qonun‖ning  amal  qilishi  bilan  bog‗lab 
tushuntiriladi, 
bu  qonunga  ko„ra  inson  daromadlari  oshib  borganda 
oldingiga qaraganda daromadlarning ko„proq qismi jamg„arib boriladi

b)  investitsiyaga  bo‗lgan  talab  ikkita  sababga  ko‗ra  samarali 
bo‗lmagan: 
–  o‗sha  ―asosiy  psixologik  qonunning‖  amal  qilishi  tufayli 
iste‘molchining  sarflagan  investitsiyasiga  foyda  ololmay  qolishdan 
qo‗rqishi; 
– kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi. 
J.Keyns  yuzaga  kelgan  vaziyatdan  chiqish  uchun  davlat  va 
hukumatning quyidagi faoliyat yo‗nalishlarini taklif qiladi: 
–  davlat  uncha  yuqori  bo‗lmagan  iste‘mol  talabini  davlat 
hujjatlarini va iste‘molini ko‗paytirish orqali konpensatsiyalashi kerak; 


235 
 
–  hukumat  ssuda  foizini  ilmiy  asosda  tartibga  solish  yo‗li  bilan 
xususiy investitsiyani rag‗batlantirish siyosatini yuritishi kerak; 
– bozordagi vaziyatga qarab ayrim hollarda, aholi jamg‗armasining 
haddan tashqari ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida aholidan 
olinadigan  soliqlarni  ko‗paytirish  zarur,  shu  maqsadda  vaqti-vaqti bilan 
ish haqi darajasini muzlatib qo‗yish o‗rinli hisoblanadi; 
– 
makroiqtisodiy 
darajada 
qaror 
qabul 
qilishda

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish