Uziq muddatli bozor muvozanati
Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli
davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki, taklif
o‗zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar
qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo xaridorlarning
xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr
mobaynida baho o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo‗ladi (klassik maktab).
Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‗g‗ri
amal qilishini ularning o‗zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda
o‗z tadqiqotlarida qayd qilib o‗tmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |