Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir
paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‗payishi muammosi dolzarb
hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli
natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda
homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila
boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vosita-
lariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi
sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Maltusdan tashqari o‗sha
davrdagi yetakchi iqtisodchilarning ko‗pchiligi homiladorlikdan saqla-
nishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo‗lishgan, lekin ular
o‗z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo‗lishgan.
Nassau Senior o‗z davrining odatiy iqtisodchilaridan bo‗lgan,
chunki u bir vaqtning o‗zida Maltusning aholi soni borasidagi
qarashlarini qo‗llab-quvvatlagan va rad etgan. U Maltus nazariyasini
1826-yilda iqtisodiyot ilmining tashkil etilish tayanchi, deb ta‘riflashiga
qaramay, 1829-yilda o‗zining Maltus bilan bo‗lgan yozishmalarini e‘lon
qiladi va ma‘ruzalarida Maltusning mahsulot o‗sishidan ko‗ra aholi soni
tezroq o‗sishi fikrlariga e‘tiroz bildiradi. Seniorning fikricha, tarixiy
dalillar shuni ko‗rsatadiki, aholi sonining ortishidan ko‗ra mahsulotlar
ishlab chiqarish tezroq o‗sadi.
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g‗oyasi
muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi
daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak,
degan fikrga ega bo‗lgan va u ayniqsa, uzoq vaqt oralig‗ida
daromadning taqsimlanishiga ta‘sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish
bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishini qoldiq qiymati
nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan. Yer uchun to‗lanadigan
renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish
haqi va foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning ―Nufus
qonunidagi‖ g‗oyalari asosiy rol o‗ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt
129
mobaynida ish haqi darajasi Maltus ta‘limotiga ko‗ra ish haqi darajasi
aholining yashash darajasi minimumiga teng bo‗ladi va qolgan daromad
ijara haqi va foydaga bo‗linadi. Shunday qilib Rikardoning taqsimot
nazariyasi Maltusning aholi nazariyasiga butunlay bog‗liqdir. 1830-
yilning ikkinchi yarmiga kelib Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlarini rad
etuvchi ko‗plab ma‘lumotlar yig‗ildi, o‗sha vaqtlarda Rikardo
ta‘limotining asosiy g‗oyasi bo‗lmish uzoq muddatga mo‗ljallangan
davrda daromadlar taqsimotidagi o‗zgarishlarni tushuntirishga ojizlik
qildi.
24
T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan
kungacha bironta mamlakat o‗z hududida aholi zichligi juda oshib
ketganidan o‗zini yetarli hajmda iste‘mol mollari bilan ta‘minlash
imkoniyatiga ega bo‗lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari
bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o‗zining ishlab chiqarish imkoniyatlari
doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
T.Maltus o‗z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdor-
ligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer
uchastkasining o‗ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday
nisbatda hosildorlikning o‗sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik
faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham
bog‗liq bo‗ladi. U berishi mumkin bo‗lgan narsadan ortiqchasini undan
olib bo‗lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat
qancha harakat qilmasin, qishloq xo‗jaligidan u oladigan oziq-ovqat
mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‗sadi (eslatib
o‗tamiz, arifmetik progressiyada o‗sish 1,2,3,4,5 ... ko‗rinishda, ya‘ni
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi),
aholining soni esa geometrik progressiyada o‗sadi va 25 yilda ikki
barobar ko‗payadi (eslatib o‗tamiz, geometrik progressiyada o‗sish
1,2,4,8,16 ... ko‗rinishda, ya‘ni har bir keyingi son oldingisidan 2
barobar ko‗p bo‗ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo‗lsa, asr
oxiriga kelib u 8 mlrd.ni tashkil etadi, yashash vositalari esa to‗rtdan
birga ko‗payadi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta‘limotlar ichida eng qayg‗ulisi
hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va
prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun
odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila
24
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 175-176 b.
130
olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo‗ldi. Amerika iqtisodchisi
J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi –
texnik
jarayon
planetadagi
aholining
har
qanday
o‗sishini
kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta‘minlashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |