2. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish.
Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan
o’tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim
etadilar.
166
Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ilovalarni
kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan budjet xarajatlari limitlariga
va normativlariga hamda budjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida
tegishli moliya organlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini
ro’yxatdan o’tkazish mazkur budjet tashkiloti xarajatlarini moliyalashtirish
(to’lash), budjet parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab 40 kundan
kechiktirmay (ammo, moliya yilining 10 fevralidan kechikmagan holda) tegishli
moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari va
shtat jadvallari ular moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin amalga
kiritiladi.
Joriy yilning 1 apreligacha:
Budjet mablag’larini taqsimlovchilarning tasdiqlangan jamlanma
xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek xarajatlar smetalari
va shtat jadvallari - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika Budjetidan, viloyatlarning
viloyat
Budjetlaridan
va
Toshkent
shahrining
shahar
Budjetidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat
jadvallari - Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarida;
tumanlar va shaharlar Budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning
tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari - tumanlar va shaharlar
hokimliklarining moliya bo’limlarida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika Budjetining, viloyatlar
viloyat Budjetlarining va Toshkent shahri shahar Budjetining zaxira
167
jamg’armalari, shuningdek tegishli Budjetning qo’shimcha manbalari
mablag’lari hisobidan xarajatlari tegishli moliya organi tomonidan ro’yxatdan
o’tkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazishdan oldin
moliya organlari:
Budjet tashkilotlari xodimlarining xarajatlar smetalari bo’yicha
tasdiqlangan ish haqi summalarining shtat jadvallari bo’yicha tasdiqlangan ish
haqiga muvofiqligini;
shtat jadvalida nazarda tutilgan lavozimlar nomlarining va xodimlar
sonining, mehnatga haq to’lash razryadlarining, bazaviy miqdorlarining
belgilangan normativlarga muvofiqligini;
Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus
jamg’armasining to’g’ri shakllantirilganligini;
Umumta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining
direktor jamg’armasi to’g’ri shakllantirilganligini;
xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar
summasining xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini;
to’rtinchi guruhning moddalar bo’yicha yoyilmasidagi xarajatlar
summasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan summaga muvofiqligini
tekshiradi.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan
o’tkazish paytida moliya organlari o’z vakolatlari doirasida ortiqcha shtatlarni
yo’qotishlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina
ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshirish lozim. Yangidan tashkil qilinayotgan
(jumladan, qayta tashkil etish natijasida) tashkilotlarning xarajatlar smetasi va
shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish ushbu tashkilotlarni belgilangan tartibda
tashkil qilinishi to’g’risidagi tegishli qaror ko’rsatilganidan so’ng amalga
oshiriladi.
168
Yangidan tashkil qilinayotgan mahalliy tasarrufdagi tashkilotlarning
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish mazkur tash-
kilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to’g’risidagi tasdiqlovchi hujjatlar
ko’rsatilganidan so’ng amalga oshiriladi. Tashkilotlar xarajatlar smetasi va
shtatlar jadvalini ro’yxatga olish ro’yxatdan o’tkazish kartochkasini berish yo’li
bilan rasmiylashtiriladi.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro’yxatdan
o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi
va shtatlar jadvali hisobining jurnaliga kiritiladi. Kompyuter texnikasi mavjud
bo’lganda Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali hisobining
jurnali avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishi mumkin. Ro’yxatdan o’tkazilganligi
to’g’risidagi hujjatlar (ro’yxatdan o’tkazish kartochkalari, smetalar va shtatlar
jadvali) quyidagi tarzda: smetalar va shtatlar jadvali O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligida ro’yxatdan o’tkaziladigan tashkilotlar bo’yicha - moliya
vazirining o’rinbosari, sohalarni moliyalashtiruvchi boshqarma va bo’lim
boshliqlari tomonidan, hududiy moliya organlarida - moliya organlari
boshliqlari (mudirlari) yoki ularning o’rinbosarlari hamda moliya organlari
Budjet bo’limlari boshliqlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Budjetlarida
turuvchi xalq ta’limi muassasalari (tashkilotlari) bo’yicha ro’yxatdan o’tkazish
haqidagi hujjatlar moliya organi boshlig’ining (mudirining) o’rinbosari - xalk,
ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo’limi boshlig’i va moliya organi
Budjet bo’limining tegishli mutaxassisi tomonidan imzolanadi.
Tashkilotlar rahbarlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan
o’tkazish masalalari bo’yicha arizalari mazkur xujjatlar ro’yxatdan o’tkazilgan
xududiy moliya organining rahbari tomonidan o’n kunlik muddatda ko’rib
chiqiladi.
169
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazgan xududiy
moliya organining qarori bo’yicha norozilik to’g’risidagi arizalar yuqori moliya
organida ko’rib chiqiladi. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining
o’rinbosari qarori bo’yicha norozilik to’g’risidagi ariza O’zbekistan
Respublikasi moliya vaziri tomonidan ko’rib chiqiladi.
Moliyaviy yil o`z nihoyasiga yetganda barchaagentliklar o`z budjetlarini
nolga tenglashtirishadi. Moliyaviy yil oxiridaxali ham sarflanmagan
mablag`gaega bo`lgan agentlik judaoddiy agentlik sifatida ta’riflanadi. Yil
oxirida budjet profitsitigaega bo`lgan agentliklar keyingi moliyaviy yilda
kamaytirilgan budjet bazalarigaega bo`ladilar. Bundan tashqari odatda
sarflanmay qolgan budjet mablag`lari moliyaviy yil so`ngida “o’qib ketadi”.
Agentliklar fikriga ko`ra, “xozir yoki hech qachon” holati mavjud bo`lgan
mablag`larni sarflashgaqaratilgan. Ta’sir qiluvchi omillardan yana biri bu
kutilmagan holatlarga tayyor turish maqsadida xarajatlarning bir qismini
agentlik tomonidan olib qo`yilishidir. Bu kabi mablag`ni tejash yil so`ngida
katta sarf-xarajatlarga sabab bo`lishi mumkin, ayrim xarajatlar o`rinli bo`lsa,
ayrimlari esa mutlaqo isrofgarchilikkaolib keladi. Bunga muqobil sifatida hech
qanday mablag`ni qaytarib bermaslik sharti bilan agentliklarning yangi budjetiga
ko`chirilgan mablag`larga ruxsat berish lozim. Ayrim yurisdiksiyalar ma’lum bir
me’yorlargaasoslangan holda mablag` ko`chirishga ruxsat berishadi, masalan
umumiy budjetdan kichik foiz olish kabilar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |