O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  rivojlantirish  dasturi  budjet



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  rivojlantirish  dasturi  budjet 

mablag’larini  taqsimlovchi  tomonidan  uch  yildan  kam  bo’lmagan  davr 

uchun tuziladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:  

-

 



budjet  mablag’larini  taqsimlovchi  faoliyatining  barcha  sohalari 

bo’yicha rivojlanishning asosiy yo’nalishlari, maqsadlari va vazifalarini; 

-

 

maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan o’zaro bog’liq 



huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini; 

-

 



maqsadlarga  erishish  va  vazifalarni  bajarishni  ta’minlaydigan, 

muddatlari  va  turlari  bo’yicha  kelishilgan  kutilayotgan  natijalar  ko’rsatkichlari 

tizimini. 

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  rivojlantirish  dasturi  O’zbekiston 

Respublikasining  qonunlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari  va  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.  

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  rivojlantirish  dasturi  budjet 

mablag’larini  taqsimlovchi  tomonidan  yuqori  turuvchi  organ  bilan  kelishilgan 

holda tasdiqlanadi. 

Budjet buyurtmasi budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet 

mablag’larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi. 




 

 

92 



      

 

Budjet  tashkiloti  yoxud  budjet  mablag’lari  oluvchi  tomonidan  tuzilgan 



budjet  buyurtmasi  tegishli  budjet  mablag’larini  taqsimlovchiga  budjet 

mablag’larini  taqsimlovchi  tomonidan  belgilangan  muddatda,  biroq  tegishli 

moliya  organi  va  davlat  maqsadli  jamg’armasini  taqsimlovchi  organga  budjet 

so’rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. 

Budjet  buyurtmasida  o’tgan  va  joriy  yillar  uchun  hamda  kelgusi  uch  yil 

uchun  budjet  tizimi  budjetlarining  mablag’lari  hisobidan  amalga  oshiriladigan 

xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi. 

Budjet mablag’larini taqsimlovchi o’z tasarrufidagi budjet tashkilotlari va 

budjet mablag’lari oluvchilarning budjet buyurtmalari asosida jamlanma budjet 

buyurtmasini tuzadi. 

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  jamlanma  budjet  buyurtmasi 

budjet  mablag’larini taqsimlovchining  rivojlantirish dasturi  bilan uzviy  bog’liq 

holda tuziladi. 

Budjet  buyurtmasida  xarajatlar  hajmlarini  o’tgan  yillarga  nisbatan 

ko’paytirishga  faqat  asoslovchi  qonun  hujjati  bo’lgan  taqdirda  va  mazkur 

ko’paytirish  budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  rivojlantirish  dasturida 

nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  har  yili  15  aprelga  qadar 

kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini: 

O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjeti  loyihasini  tayyorlash 

uchun — budjet mablag’larini taqsimlovchilarga; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  budjetlari  loyihalarini  tayyorlash  uchun  —  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga; 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Budjet  Kodeksini  90- 

moddasining 

birinchi 

qismida 


belgilangan  muddatlarda  O’zbekiston 


 

 

93 



      

 

Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi,  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona 



qo’mitasi  va  boshqa  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  hamda  idoralardan  Davlat 

budjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflar so’raydi. 

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchilar,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimlari,  davlat  maqsadli 

jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  kelgusi  davr  uchun  budjet  so’rovini 

tuzish  tartibini  olgandan  so’ng  uch  ish  kuni  ichida  tegishli  budjet  so’rovlarini 

tuzish  to’g’risida  va  ularni  tayyorlash  muddatlarini  belgilash  haqida  qarorlar 

qabul qiladi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  hokimliklarining  moliya  boshqarmalari  Budjet  Kodeksini  90- 

moddasining

uchinchi qismida 

ko’rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch 

ish kuni ichida kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini: 

-

 

tegishli  budjetlar  loyihalarini  tayyorlash  uchun  —  tuman  va  shahar 



hokimlariga; 

-

 



budjet so’rovlarini tuzish uchun — Qoraqalpog’iston Respublikasining 

respublika  budjetidan,  viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent 

shahrining  shahar  budjetidan  moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  hamda 

budjet mablag’lari oluvchilarga yuboradi. 

Tuman  va  shahar  hokimlari  kelgusi  davr  uchun  budjet  so’rovini  tuzish 

tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish 

to’g’risida  va  ularni  tayyorlash  muddatlarini  belgilash  haqida  qarorlar  qabul 

qiladi. 


Tumanlar  va  shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo’limlari  Budjet 

Kodeksini  90-  moddasining 

beshinchi  qismida 

ko’rsatilgan  qarorlar  qabul 

qilinganidan  so’ng  uch  ish  kuni  ichida  kelgusi  davr  uchun  budjet  so’rovini 

tuzish  tartibini  tumanlar  va  shaharlar  budjetidan  moliyalashtiriladigan  budjet 




 

 

94 



      

 

tashkilotlariga  va  budjet  mablag’lari  oluvchilarga  budjet  so’rovlarini  tuzish 



uchun yuboradi. 

Budjet so’rovlarini ko’rib chiqish: 

-

 

tumanlar  va  shaharlar  budjetidan  moliyalashtiriladigan  budjet 



tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha — tumanlar va shaharlar 

hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan; 

-

 

Qoraqalpog’iston 



Respublikasining 

respublika 

budjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan 

moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari  oluvchilar 

bo’yicha,  shuningdek  tumanlar  va  shaharlar  budjetlari  loyihalari  bo’yicha  — 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; 

-

 

O’zbekiston 



Respublikasining 

respublika 

budjetidan 

moliyalashtiriladigan  tasarrufdagi  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari 

oluvchilar bo’yicha — budjet mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan. 

-

 



budjet  mablag’larini  taqsimlovchilar,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek 

davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlari  loyihalari  bo’yicha  —  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi,  O’zbekiston 

Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari 

hamda  idoralarning  Davlat  budjeti  loyihasining  daromad  qismi  bo’yicha 

takliflarini ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 

amalga oshiriladi. 

Budjet so’rovlari ko’rib chiqilayotganda O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligiga budjet so’rovlari olinganidan keyin o’n ish kuni ichida quyidagilarga 

yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi: 




 

 

95 



      

 

-



 

budjet 


mablag’larini  taqsimlovchilarga  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlarga  —  amalga  oshirish  uchun  asoslar 

mavjud  bo’lmagan,  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligi  past  bo’lgan,  budjet 

daromadlarining  tegishli  o’sishi  bilan  ta’minlanmagan  xarajatlarni  kamaytirish 

to’g’risida,  shuningdek  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari  oluvchilar 

faoliyatining  samaradorlik  ko’rsatkichlari  pasaygan  hollarda  xarajatlarni 

maqbullashtirish haqida; 

-

 



Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent 

shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga 

—  tegishli  budjetlar  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlari  daromadlari 

hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan 

hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to’g’risida. 

Budjet Kodeksini 91- moddasining 

uchinchi qismida 

ko’rsatilgan hollarda 

budjet  mablag’larini  taqsimlovchilar,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar 

Kengashi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar  hokimliklari  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligining  yozma  bildirishlarini  olgandan  keyin  uch  ish  kuni  ichida  mazkur 

yozma  bildirishlarda  ko’rsatilgan  fikr-mulohazalarni  hisobga  olgan  holda 

yangilangan budjet so’rovlarini taqdim etishi shart. 

Kelgusi davr uchun budjet so’rovlari: 

-

 



Qoraqalpog’iston 

Respublikasining 

respublika 

budjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan, 

tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va 

budjet mablag’lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek 

O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjetidan  moliyalashtiriladigan 

tasarrufdagi  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari  oluvchilar  tomonidan 

budjet mablag’larini taqsimlovchilarga — joriy yilning 1 iyunigacha; 

-

 

budjet 



mablag’larini 

taqsimlovchilar 

tomonidan 

O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1 iyuligacha; 



 

 

96 



      

 

-



 

davlat  maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  tomonidan 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  —  joriy  yilning  1  iyuligacha 

taqdim etiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  qo’mitasi,  O’zbekiston 

Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari 

hamda  idoralar  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 

daromadlarining prognozi bo’yicha takliflarni O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligiga va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy 

yilning 15 iyunigacha taqdim etadi. 

Kelgusi  moliya  yili  uchun  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjetining, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlarining  hamda  davlat  maqsadli 

jamg’armalari budjetlarining loyihalari: 

-

 



tumanlar  va  shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo’limlari  tomonidan 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog’iston Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari  tomonidan 

belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyunidan kechiktirmay; 

-

 



Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 

shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg’armalarini 

taqsimlovchi  organlar  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga 

joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi. 

Davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  loyihalarini  tayyorlash 

tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 

Tumanlar  va  shaharlar  budjetlarining  loyihalari  tumanlar  va  shaharlar 

hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan: 

-

 

daromadlar  bo’yicha



  —  Davlat  budjetiga  kiritiladigan  daromadlar 

prognoziga  doir  takliflar  hamda  davlat  soliq  inspektsiyalari,  hokimliklarning 

bo’limlari  va  davlat  boshqaruvi  organlarining  boshqa  tuman  hamda  shahar 



 

 

97 



      

 

bo’linmalari 



tomonidan 

ma’muriy-hududiy 

birlik 

iqtisodiyotini 

rivojlantirishning  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  prognoziga  muvofiq  taqdim 

etiladigan boshqa axborot asosida; 

-

 

xarajatlar  bo’yicha



  —  tumanlar  va  shaharlar  budjetlaridan 

moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari  oluvchilarning 

budjet so’rovlari asosida ishlab chiqiladi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  budjetlarining  loyihalari  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarining  moliya  boshqarmalari 

tomonidan: 

-

 



daromadlar  bo’yicha

  —  Davlat  budjetiga  kiritiladigan  daromadlar 

prognoziga  doir  takliflar  hamda  davlat  soliq  boshqarmalari  va  hokimliklarning 

boshqarmalari,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

davlat  boshqaruvi  organlarining  bo’linmalari  tomonidan  ma’muriy-hududiy 

birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga 

muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida; 

-

 



xarajatlar  bo’yicha

  —  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika 

budjetidan,  viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan,  Toshkent  shahrining  shahar 

budjetidan  moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari 

oluvchilarning  budjet  so’rovlari  hamda  tegishli  tumanlar  va  shaharlar 

budjetlarining  loyihalari,  shuningdek  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 

respublika  budjetidan,  viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent 

shahrining  shahar  budjetidan  moliyalashtiriladigan  ayrim  tadbirlar  uchun 

xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  budjetlari  loyihalarini  taqchillik  bilan  ishlab  chiqishga  yo’l 

qo’yilmaydi. 

Davlat  budjetining  loyihasini  ishlab  chiqish  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan: 




 

 

98 



      

 

-



 

makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; 

-

 

daromadlarning  tashkil  topish  manbalari  bo’yicha  Davlat  budjeti 



daromadlari prognozi;  

-

 



budjet  mablag’larini  taqsimlovchilarning  budjet  so’rovlari  va 

O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjeti  hisobidan  ayrim  tadbirlar 

uchun xarajatlar hajmining prognozi;  

-

 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahrining mahalliy budjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.  

Davlat  budjetining  loyihasida  xarajatlar  daromadlarning  prognoz 

qilinayotgan  hajmidan  kelib  chiqib  Davlat  budjeti  taqchilligining  cheklangan 

miqdori  hisobga  olingan,  uni  qoplash  manbalari  belgilangan  holda  nazarda 

tutiladi. 

Davlat budjetining loyihasi: 

-

 



Budjet Kodeksining 

50

 va 



69-moddalariga 

muvofiq Davlat budjetining 

daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari 

prognozidan; 

-

 

Davlat  budjeti  taqchilligining  eng  yuqori  miqdori  va  uni  qoplash 



manbalaridan tarkib topadi.  

Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab 

chiqilgan  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  loyihalari  tushumlar 

manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan 

tarkib topadi.  

Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan 

ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi. 

Budjetnoma  —  erishilgan  natijalar  hisobga  olingan  holda  mamlakatni 

kelgusi  davr  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yo’nalishlarini 

nazarda tutadigan hujjat bo’lib, ushbu yo’nalishlar asosida Davlat budjetining va 

davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari shakllantiriladi. 



 

 

99 



      

 

Budjetnoma:  



-

 

mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  o’tgan  yilgi  asosiy 



yakunlari  va  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  joriy  yilgi 

yakunlarining prognoz bahosini; 

-

 

Davlat  budjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining 



loyihasini  ishlab  chiqishda  foydalanilgan  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar 

prognozini;  

-

 

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari joriy yildagi 



ijrosining prognoz bahosini;  

-

 



soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasini; 

-

 



Davlat  budjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining 

loyihasini;  

-

 

davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlarni; 



-

 

soliq  va  budjet  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari,  O’zbekiston 



Respublikasi  Davlat  budjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 

budjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini o’z ichiga oladi.  

 

 

 



 


 

 

100 



      

 

 




Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish