O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

 
 
 
 
 
 


 
133 
10-BO„LIM. REJANI BAJARISH VA UNING NATIJALARINI 
NAZORAT QILISH JARAYONI 
10.1. Rejani bajarish jarayoni bosqichlari 
Turizmni  rivojlantirish  sohasidagi  tadbirlarni  muntazam  bajarish  maqsadida 
birinchi navbatda strukturaviy rejaga kiritiladigan asosiy bosqichlar belgilab olinadi. 
Har  bir  bosqich  bo„yicha  konkret  loyihalar  ishlab  chiqiladi,  keyin  ular  turizmni, 
uning alohida qismlari va turlarini kompleks rivojlantirish dasturiga biriktiriladi. 
Turizmni bosqichma-bosqich samarali rivojlantirish uchun kelgusida har birini 
alohida  iqtisodiy  rivojlantirish  maqsadida  eng  istiqbolli  turistik  mintaqalar  tanlab 
olinadi.  So„ngra  ularni  o„zlashtirish  ketma-ketligi  belgilanadi.  Har  bir  davrning 
davomiyligi uch yildan besh yilgacha bo„lgan muddatni o„z ichiga oladi.  
Bosqichma-bosqich  rivojlantirish  bir  qator  asoslashlarga  tayanadi.  Ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi:  

 
turistik rayonga etishning osonligi; 

 
baza infrastrukturasini yaratish muddatlari; 

 
turistik mahsulotga bo„lgan talab; 

 
turistik  diqqatga  sazovor  joylar,  ob‟ektlar  va  xizmatlarni  rivojlantirishning 
maqsadga muvofiqligi; 

 
tegishli rayonlarning iqtisodiy holati; 

 
turistik  zonlarda  yashayotgan  aholi  tomonidan  turizmni  rivojlantirishni 
ijtimoiy qabul qilish. 
Bosqichma-bosqich  rivojlantirish  dasturi  nazarda  tutilayotgan  turistik 
faoliyatning barcha turlari va shakllarini davlat, mintaqaviy va mahalliy darajalarda 
qamrab oladi. Unda shuningdek rejani bajarish uchun zarur bo„lgan boshqa tadbirlar 
ham  nazarda  tutilishi  zarur.  Masalan,  tegishli  turistik  struturalarni  yaratish,  turizm 
sohasidagi  qo„shimcha  me‟yoriy  hujjatlar,  iqtisodiy,  ekologik  va  ijtimoiy-madaniy 
dasturlarni amalga oshirish va sh.k.  
Harakatlar  dasturini  ishlab  chiqishda  birinchi  navbatda  batafsil  rejalashtirish, 
loyihalash va texnik-iqtisodiy  asoslash  bo„yicha  kichik bosqichlar  nazarda tutiladi. 


 
134 
Rivojlantirish loyihasining umumiy hisob-kitobi chiqariladi, shuningdek tadbirlarni 
bajaruvchi tashkilotlar ko„rsatiladi.  
Turizmni  rivojlantirish  bosqichlari trnasport,  park xo„jaligi,  madaniyat  va shu 
kabi  faoliyatlar  bilan  shug„ullanadigan  yondosh  sohalardagi  tashkilotlar  va 
muassasalarning dasturlari bilan muvofiqlashtirib olinishi kerak.  
Dasturning birinchi bosqichi nazarda tutilayotgan rejalashtirishni tadqiqi qilish 
elementlarini o„z ichiga oladi. Reja umuman qabul qilingandan keyin (bunda unga 
kichik  tuzatishlar  kiritish  mumkin)  keyingi  bosqichlarning  dasturi,  shuningdek 
qo„shimcha  tadbirlar  va  loyihalar  tayyorlanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda 
«sirg„aluvchan reja» olinadi. U deyarli hamma vaqt ushbu davrda amal qilayotgan 
sharoitlarga mos keladi.  
Turizmni  bosqichma-bosqich  rivolantirish  grafigi  jihatdan  tasavvur  qilganda 
faoliyatning  eng  maqbul  traektoriyasini  qurish  yo„li  bilan  namoyon  bo„ladi.  Bu 
traektoriya  doirachalar  va  yoylardan  tashkil  topgan  chizma  (to„r)  shaklida  bo„ladi. 
Bunda 
doirachalar 
bilan 
rivojlantirish 
ob‟ektlari,  masalan  qurilayotgan 
mehmonxona,  bu  dasturni  amalga  oshirish  bo„yicha  tadbirlar  esa    yoylar  bilan 
tasvirlanadi. Barcha doirachalar muntazam ravishda yoylar bilan birlashadi. Har bir 
tadbir  uchun  tugallanishining  vaqtinchalik  ko„rsatkichi  belgilanadi  (bajarilish 
muddati).  Eng  qiyin  yo„ldagi  muddatlar  yig„indisi  loyihani  tugatishning  eng  qisqa 
vaqtini belgilab beradi.  
Rejalashtirish  va  eng  maqbul  traektoriyalarni  ishlab  chiqishni  tezlashtirish 
uchun kompyuter texnologiyasi qo„llaniladi.  

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish