O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

6.3.Turizmni 
rivojlantirishga 
ekologik 
ta‟sirlarning  turlari  va 
rejalashtirishda ularni hisobga olish 
Turizm  va  atrof-muhit  o„zaro  bog„langan.  Jismoniy  muhit  (tabiiy  va  inson 
tomonidan  yaratilgan)  ko„plab  xushmanzara  elementlarga  ega.  Lekin  turistik 
faoliyat  bu  muhitga  ham  ijobiy,  ham  salbiy  ekologik  ta‟sir  ko„rsatishi  mumkin. 
Turizmni  rivojlantirish  va  uni  boshqarishni  shunday  amalga  oshirish  kerakki,  toki 
o„tkazilgan  jarayonlar  atrof-muhitni  buzishga  xizmat  qilmasin,  balki  u  bilan 
uyg„unlashib  ketsin.  Agar  turizm  zarur  darajada  rejalashtirilsa,  rivojlansa  va 
boshqarib  borilsa,  u  katta  ekologik  ijobiy  ta‟sirlar  ko„rsatishi  mumkin.  Ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi. 
1. 
Tabiiy hududlarni, o„simliklar va hayvonot olamini  muhofaza qilish, milliy 
(mintaqaviy)  parklar  va  qo„riqxonalarni,  boshqa  turistik  diqqatga  sazovor  joylarni 
rivojlantirishni  asoslash  va  mablag„  bilan  ta‟minlashga  xizmat  qilish.  Bu  chora 
atrof-muhitni  muhofaza  qilish  uchun  cheklangan  mablag„larga ega  mamlakatlar  va 
mintaqalarda, ayniqsa, samara beradi.  
2. 
 
Arxeologik  va  tarixiy  ob‟ektlarni  saqlashni  ular  buzilib  ketmasligi  yoki 
umuman yo„qolib ketmasligi uchun asoslab berish va mablag„ bilan ta‟minlash. 
3. 
 
Turistlar keladigan  joylarnining  jozibadorligi, tozaligi va ifloslanmasligini 
ta‟minlay  borib,  atrof-muhitning  sifatini  yaxshilash.  Muvaffaqiyatli  joylashgan 
turistik  ob‟ektlar  ham  shahar,  ham  qishloq  ko„rinishini  bezashi  mumkin.  Atrof-
muhitning  sifatini  yaxshilash,  o„z  navbatida,  infrastrukturaning  (suv  ta‟minoti, 
kanalizatsiya, qattiq chiqitlarni yo„q qilish va takomillashuviga ko„maklashadi. 
4. 
 
Mahalliy  aholi,  ayniqsa,  yoshlarning  ekologik  ma‟rifati  darajasi  oshishiga 
ko„maklashish. 


 
85 
Turizmning salbiy ta‟sirlariga quyidailar kiradi: 
1. 
Kanalizatsiya  va  qattiq  chiqindilarni  yo„q  qilish  tizimining  noto„g„ri 
rivojlanishi oqibatida suvlarning ifloslanishi.  
2. 
 
Noto„g„ri  joylashgan  turistik  ob‟ektlar,  ularning  mahalliy  landshaft  va 
chiroyli  ko„rinishlar  bilan  uyg„unlashmaganligi,  juda  katta  va  yaltiroq  reklama 
peshlavhalaridan  foydalanish  va  sh.k.lar  tufayli  landshaftlar  estetikasining 
yomonlashuvi.  
3. 
 
Turistik  zonalarda  ichki  yonish  dvigateliga  ega  transport  vositalaridan 
haddan  ortiq  foydalanish,  shuningdek,  shovqinlarning  ko„pligi  (samolyotlar, 
katerlar,  suvda  foydalaniadigan  qanotlarga  ega  kemalar,  turistlar,  transport 
vositalarining haddan ortiq ko„p to„planishi va sh.k.). 
4. 
 
Tabiy  joylar  va  turistik  ob‟ektlardan  axlatlarni  olib  chiqib  ketish 
muammosi. 
5. 
 
Turistlar  oqimi  foyda  keltirmaydigan  bo„lgani,  turistik  ob‟ektlarning 
asoslanmagan  holda  qurilishi  oqibatida  tabiiy  zonalar  ekologiyasining  buzilishi. 
Ekologik  jihatdan  alohida  zaif  bo„lgan  qirg„oqbo„yi,  dengiz,  tog„  va  sahro 
ekotizimlari. 
6. 
 
 Noto„g„ri  foydalanish,  turistlar  oqimining  haddan  ortiq  ko„payib  ketishi 
yoki  maqsadga  muvofiq  bo„lmagan  qurilishlar  tufayli  arxeologik  va  tarixiy 
yodgorliklarga zarar etishi. 
7. 
 
Yerdan  foydalanish  bilan  bog„liq  bo„lgan  va  turistik  ob‟ektlar  va 
korxonalarni  muvaffaqiyatsiz  rejalashtirish,  joylashtirish,  loyihalash  va  qurish 
oqibatida yuzaga keladigan ekologik tavakkallar va muammolar.  
Shunday  qilib,  barcha  bosqichlarda  turizmni  rivojlantirishni  rejalashtira  turib, 
ekologiyaga  salbiy  ta‟sirlarni  kamaytirish  bo„yicha  har  tomonlama  tadbirlarni 
nazarda tutish, moliyaviy ta‟minlash va amalga oshirish zarur.  

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish