11.2. Firmani uzoq muddatli va strategik rejalashtirishning mohiyati,
bosqichlari va ko„rsatkichlari
Turistik firmaning tadbirkorlik reasi doimiy amal qiluvchi hujjat bo„lib, uni
amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan ob‟ektiv sharoitlardan kelib chiqib, unga
tuzatishlar kiritilish mumkin. Rejalarni bajarish muddatlari yarim yil, bir yil, 3-5 yil
va undan ko„proqni tashkil qiladi. Yillik rejani oylar bo„yicha va choraklar bo„yicha
rejalashtirish tavsiya qilinadi.
Turistik firmaning yuridik maqomi, faoliyatining xususiyati, xizmatlar, mehnat
bozorining holati, davlat tomonidan yordam mavjudligi va uning hajmidan kelib
chiqib, turistik firmani rejalashtirishning strategik kontseptsiyasi iqtisodiy, firmaga
oid va ijtimoiy maqsadlarni o„z ichiga olishi kerak. Rejalashtirilayotgan natijalarga
erishish uchta asosiy omillar bilan belgilanadi: tanlangan strategiya, tashkiliy
struktura va uning faoliyat ko„rsatishining usullari.
Strategiya
– maqsadlarga erishish vositasi, eng ko„p foyda olish uchun
resurslardan qanday foydalanish zarurligi kontseptsiyasidir. U operativ maqsadlar –
ishlab chiqarish operatsiyalarini joriy rejalashtirish, narxlarni shakllantirish, reklama
loyihalarini, tadqiqot ishlarini amalga oshirishni ham nazarda tutadi. Strategiya
moslashuvchanlik elementlarini ham o„z ichiga olishi kerak, ya‟ni mahsulot eskirsa,
texnologiyalar o„zgarsa, ijtimoiy va huquqiy cheklashlar yuzaga kelsa, firma bu
o„zgarishlarga tezkor va ianiq aks-ta‟sir ko„rsatishi va mahsulotning
nomenklaturasini takomillashtirish, mahsulot o„tkazish bozorlarini o„zgartirish,
xizmatlarning sifatini yaxshilash bo„yicha choralar ko„rishi shart.
Firma oldiga qo„yilgan strategik maqsadlarga erishish bozor, ma‟muriy va
tezkor muammolarni hal qilishni talab etadi.
Bozorga oid muammolar
– ishlab chiqarilish lozim bo„lgan tovarlar va
xizmatlarni, shuningdek, bu turistik mahsulotni sotish mumkin bo„lgan bozorlar va
iste‟molchilarni tanlashdir.
Ma’muriy
muammolarga quyidagilarni kiritishadi:
firmani tashkil qilish, rahbarlar o„rtasida vakolatlar va javobgarliklarni taqsimlash,
ishlarning hajmi va ketma-ketligini belgilash, axborot oqimlari va hisobotlarni
145
belgilash.
Tezkor muammolar
– ishlab chiqarish operatsiyalarini rejalashtirish,
narxlarni shakllantirish, reklama operatsiyalari, tadqiqot ishlaridir.
Strategiyanig moslashuvchanligi firmanig tashkiliy tuzilishiga katta talablar
qo„yadi. Unga ko„ra firmaning tuzilishing o„zgarayotgan holatga qarab moslashtirib
borish kerak. Turistik firmalarning tashkiliy tuzilishi ishlab chiqarishning tezkor
moslashuvini ta‟minlashi kerak. Bunday o„zagirshlar talabning pasayib ketishi yoki
raqobatchilarning harakati tufayli, narxlarning tushib ketishi, firmanig bozordagi
ulushi kamayib ketishi, yangi turdagi qandaydir mahsulotning misli ko„rilmagan
muvaffaqiyat qozonishi kabilar sababli yuzaga kelishi mumkin.
Turizmdagi strategik kontseptsiyaning eng samarali tadbirlarida biri hujumkor
taktika o„tkazish va resurslarni tejash choralari bilan birga quyidagilarni amalga
oshirish hisoblanadi: faol marketing, yangi bozorlarni o„rganish va o„zlashtirish,
turistik
mahsulotlarni
takomillashtirishga xarajatlarni ko„paytirish
(ularni
zamonaviylashtirish hisobiga), yangi istiqbolli turlar va sayohatlarni joriy qilish
hisoblanadi.
Bir vaqtning o„zida firma rahbariyati almashtiriladi va mustahkamlanib boradi,
kompleks tahlil va vaziyatni baholash amalga oshiriladi, zarurat tug„ilsa strategik
rejaga o„zgartirishlar kiritiladi. Shu rejaga muvofiq yangi moliyaviy, marketing,
texnik va investitsiya dasturlari ishlab chiqiladi.
Tuzatishlar kiritilgan strategik reja barja ijrochilar e‟tiboriga yetkaziladi. Firma
ichidagi rejalashtirish faqat uzoq muddatli va strategik darajalardagina amalga
oshirilib qolmaydi. U shuningdek, tezkor (joriy) rejalarni batafsil ishlab chiqishni
ham nazarda tutadi. Kalendar rejalar (yarim yillik, choraklik, oylik) masalalarning
keng doirasini qamrab olishi kerak.
Turistik biznesdagi bozorga asoslangan o„zaro munosabatlar turistik
korxonalarning rahbarlaridan firmadagi iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni kompleks
baholashni, faoliyatning yakuniy ko„rsatkichiga ta‟sir ko„rsatuvchi eng muhim
omillarni tahlil qilishni, modellashtirish asosida firmani rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqishni talab qiladi.
146
Bunday talablarga eng ko„p javob beradigani biznes-rejadir. U turistik
firmaning faoliyat ko„rsatishi va uni rivojlantirishning kompleks iqtisodiy
modelidir. U firma iqtisodiy, moliyaviy holatining kengaytirilgan dasturidir. Biznes-
reja asosida firma rahbariyati u yoki bu turistik mahsulot yoki xizmat ishlab
chiqarish to„g„risida qaror qabul qiladi, mablag„ bilan ta‟minlash va yanada
rivojlantirish masalalari hal qilinadi. Biznes-rejaning afzalliklari va qulayliklari
haqida biz oldingi bo„limlarda gapirib o„tdik.
Alohida turistik firmalar tomonidan reja tizimlarini qurishdagi sezilarli
farqlarga qaramay, har qanday turistik firmaning rejalarida nazarda tutilishi kerak
bo„lgan bir qator ko„rsatkichlar mavjud. Ular quyidagi guruhlarga bo„linadi:
1)
miqdoriy ko„rsatkichlar. Ular talab va taklifning hajmini aks ettiradi.
Umuman, turistlar soni, ularning milliy mansubligi; alohida davrlar bo„yicha
turlarning sotilishini taqsimlash (oylar, choraklar, mavsumlar); turistlarning bir
joyda bo„lishining o„rtacha davomiyligi (kunlarda); firmaning turlarni realizatsiya
qilishdan oladigan daromadi hajmi va h.k.;
2)
turistik
xizmatlarning
iste‟molchisining
o„zini
tavsiflaydigan
ko„rsatkichlar. Bunga yosh, jins, yashash joyi, oilaviy ahvoli, daromadlari darajasi
va h.k.lar kiradi. Bu ko„rsatkichlarni shakllantirish manbai anketa so„rovlari
natijalari va turistlarning pasport ma‟lumotlari hisoblanadi;
3)
turistlarning
biror
joyda
bo„lishdagi xulq-atvorini tavsiflovchi
ko„rsatkichlar. Bunga firmaning qo„shimcha xizmatlardan oladigan daromadlari
hajmi; ekskursiyalar va turli tadbirlardan olinadigan daromadlar hajmi; qo„shimcha
tadbirldarda qatnashgan turistlarning soni; ularning xizmatlardan qoniqqanlik
ko„rsatkichi kiradi;
4)
raqobatchi
(milliy,
mintaqaviy,
mahalliy)
tashkilotlar
haqidagi
ma‟lumotlar. Bunga faoliyatning son va sifat ko„rsatkichlari, ular tashkil qiladigan
turlarning xarakteri, narxi va sh.k.lar kiradi;
5)
turizm haqidagi boshqa axborotlar – xalqaro, milliy, aviatsiya, dengiz,
temir yo„l va avtomobil transporti haqidagi; banklar, va boshqa moliyaviy
147
muassasalar; magazinlar, esdaliklar, gidlar, gid-tarjimonlar va h.k.lar haqidagi
axborotlar;
6)
turli voqealarning, shuningdek, diniy va qonun tomonidan o„rnatilgan
bayramlarning kalendarlari.
Axborotlarning manbai quyidagilar bo„lishi mumkin: turistik firmaning
o„zining ma‟lumotlar bazasi, turizm bo„yicha rasmiy davlat orgnalaridan olingan
turli hujjatlar, turizm bo„yicha assotsiatsiyalar va kasaba uyushmalarining
statistikasi, ixtisoslashgan jurnallar va albatta, Internet saytlarida olingan
ma‟lumotlar.
Turistik biznes bo„yicha axborotlarni tez qayta ishlash uchun axborotlarni
tezkor ishlashga va rejalashtirish vazifalarini hal qilishga imkon beradigan
kompyuter tizimlarini qo„llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bosqichda quyidagi
operatsiyalar kompyuterlashtirishni talab qiladi:
marketingga oid va boshqa axborotlarni to„plash va tahlil qilish;
o„tkazish, talab hajmlarini, turistik bozor sig„imini, bozordagi narxlar
holatini, o„tkazish potentsialini bashorat qilish;
turizm bo„yicha to„plangan axbortlarni saqlash;
turli algoritmlar, matematik modellar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |