Turizmda kooperatsiyalashuv
– turli ixtisoslashgan, lekin mustaqil bo„lgan
korxonalar o„rtasida turistik xizmatlar va tovarlar ishlab chiqish va realizatsiya
qilish bo„yicha doimiy iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish shakli.
Turizmda menejment
– turistik firmalarda ishlab chiqarish-xizmat ko„rsatish
xodimlarini boshqarish printsiplari, metodlari vositalari va shakllarining yig„indisi
Turizmda tadbirkor
– turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiradigan shaxs yoki shaxslar guruhi.
Turizmni barqaror rivojlantirishni rejalashtirish
– tabiiy, madaniy va
turizmning boshqa resurslari kelgusida jamiyatga foyda keltirgan holda foydalanish
to„g„risidagi talablarni belgilab beruvchi kontseptsiya.
Turizmni ilgari surish
– turistik mahsulot sotishga talabni shakllantirish va
uni ko„paytirishga qaratilgan rejalashtirilayotgan tadbirlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |