O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turistik sanoat va turistik bozor infrastrukturasi



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

9.4. Turistik sanoat va turistik bozor infrastrukturasi 
Turistik  sanoat 
–  iqtisodiyotning  shunday  tarmog„i  bo„lib,  unda  odamlarning 
kasbiy faoliyat bilan shug„ullanishidan tashqari har qanday maqsadda ular keladigan 
mamlakatda  pul  to„lab  bir  joydan  ikkkinchi  joyga  vaqtincha  o„tib  yurishlari 
paytidagi  ehtiyojlarini  qonirishni  ta‟minlovi  ishlab  chiqarish  komplekslari 
mujassamlashgan. 
Turizm sanoatini bir qator tovarlar va xizmatlar chiqarvchi korxonalar majmui 
tashkil qiladi. Bu tovarlar va xizmatlarsiz tarmoq faoliyat ko„rsatishi mumkin emas. 
Ular sirasiga quyidagilar kiradi: 
1) 
joylashtirish  bo„yicha  xizmat  ko„rsatadigan  korxonalar:  mehmonxonalar, 
motellar, kempinglar, ijaraga beriladigan xususiy tuzilmalar, pansionatlar, dam olish 
uylari va h.k.); 
2) 
agar  joylashtirish  korxonalarining  ajralmas  qismi  bo„lsa,  umumiy 
ovqtlanish  korxonalari  (mehmonxonalardagi  restoranlar,  pansionatlar  va  dam  olish 
uylaridagi oshxonalar); 
3) 
turistik  yo„llanmalarni  tashkil  qilish  va  sotish  bilan  shug„ullanadigan 
turistik firmalar; 


 
123 
4) 
turistik tashishlarni ta‟minlaydigan transport tashkilotlari; 
5) 
turistik sanoat mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo„yicha 
o„quv yurtlari; 
6) 
turizm sohasidagi axborot va reklama xizmatlari; 
7) 
turizmni  boshqarish  organlari:  davlat  organlari  (mamlakatda  turizmni 
rivojlantirishni  boshqarish),  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlari,  tijorat  v  xususiy 
tashkilotlar; 
8) 
turistik talabga ega tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar; 
9) 
turistik talabga ega chakana sotish bilan shug„ullanuvchi korxonalar. 
Turizm  sanoati  uchun,  boshqa  tarmoqlarda  bo„lgani  kabi  ishlab  chiqarishning 
ixtisoslashuvi, kooperatsiyalashuvi va jamlanishi xosdir. 
Ixtisoslashuv
  turli  shakllarda  namoyon  bo„ladi  (joylashtirish,  ovqatlanish, 
ko„ngil  ochish,  yangi  turistik  xizmatlar  va  sh.k.).  Turistik  xizmatlarni  yaratish  va 
ularni realizatsiya qilish tobora ko„payib borayotgan har biri o„z faoliyatini alohida 
tovarlarni, yarimfabrikatlarni tayyorlash, xizmatlarning konkret turini taqdim etish, 
turistik  xizmat  ko„rsatishning  ma‟lum  funktsiyalarini  bajarishda  jamlaydigan 
tarmoqlar, korxonalar, firmalar va tashkilotlarning ishiga aylanib bormoqda. 
Turizmga  chegaradosh  tarmoqlarda  ham  ixtisoslashuv  jarayoni  kechmoqda: 
qurilish  va  arxitektura,  engil  va  oziq-ovqat  sanoati,  qishloq  xo„jaligi,  transport 
shular  jumlasidandir.  Ular  turistlarga  xizmat  ko„rsatishda  ishtirok  etayotgan 
korxonalar  o„rtasidagi  xo„jalik  aloqalarining  murakkablashuviga  olib  keladi. 
Ixtisoslashgan  ishlab  chiqaruvchilarni  birlashtirish  zarurati  yuzaga  keladi,  ya‟ni 
ularning koopreatsiyalashuvi zarurati. 
Turizm  sanoatidagi 
koopretsiyalashuv
  turistik  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab 
chiqarish  va  taqdim  etishga  ixtisoslashgan,    lekin  mustaqil  bo„lgan  korxonalar 
o„rtasida  doimiy  iqtisodiy  aloqalarni  tashkil  qilish  shaklidir.  Bu  predmetli, 
funktsional,  mintaqaviy,  milliy  va  xalqaro  asoslarda  uzoq  muddatli  hamkorlik 
shaklida namoyon bo„ladi.  
Kooperatsiyalashuvni amalga oshirishda tashabbuskor rolni turistik korxonalar 
o„ynaydi, chunki ular turistik mahsulotni yaratadilar, taklif qiladilar va realizatsiya 


 
124 
qiladilar.  Koopreatsiyalashuv  –  shunchaki  maqsad  emas,  balki  turistik  xizmat 
ko„rsatish sifatini yaxshilash, vaqtni, kuch va mablag„larni tejash vositasidir. 
Turistik  ishlab  chiqarish  va  iste‟mol  sohasidagi  kooperatsiyalashayotgan 
tomonlar  o„rtasidagi  hamkorlikning  asosiy  metodi  ularning  mustaqil  iqtisodiy 
faoliyatini muvofiqlashtirishdir. 
Kooperatsiyalashuv mintaqa ichida va mintaqalararo bo„lishi mumkin. Birinchi 
holatda  iqtisodiy  aloqalar  bitta  turistik  mintaqa  hududi  bilan  chegaralanib  qolishi 
mumkin, ikkinchi holatda esa – ikki yoki undan ortiq mintaqani qamrab oladi.  
Tarmoqqa  taalluqliligiga  qarab  kooperatsiyalashuv  mintaqa  ichidagi  va 
tarmoqlararo,  qanday  maqsadni  ko„zlavb  amalga  oshirilayotganligiga  qarab  esa  – 
ishlab  chiqarish  (turistik  mahsulotni  yaratish)  va  mahsulot  o„tkazuvchi  (turistik 
mahsulotni ilgari surish va realizatsiya qilish) bo„lishi mumkin.  
Turistik 
xizmatlar 
ko„rsatuvchi  korxonalarning  koopreatsiyalashuvini 
murakkab  deb  atashadi.  Bunga  sabab  o„z  ixtisoslashganligining  xususiyatiga  ko„ra 
ular 
bir-biri 
bilan 
mustahkam 
ishlab 
chiqarish 
aloqasida 
bo„ladilar. 
Kooperatsiyalashuv  vositachilik  korxonalari  va  turizmni  tashkil  qilish  korxonalari 
orasida,  masalan  maxsus  turistik  transport  korxonalari  o„rtasida  bo„lishi  mumkin. 
Murakkab  kooperatsiyalashuv  odatda  korxonalar  o„rtasidagi  aloqalarning 
barqarorligi va doimiyligi bilan (tomonlar o„rtasidagi qaramlikning zaif darajadaligi 
tufayli)  ajralib  turadi,  oddiy  kooperatsiyalashuv,  qoida  tariqasida,  vaqtinchalik 
xususiyatga ega.  
Xalqaro 
miqyosda 
turistik 
korxonalar 
va 
tashkilotlar 
o„rtasidagi 
kooperatsiyalashuv qo„shma korxonalar tuzish shaklida amalga oshiriladi.  

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish